Nabieva Zilola Azimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “G‘arb antropologiyasida kognitiv - psixologik g‘oyalarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi (XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning birinchi yarmi)”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar114.
Ilmiy rahbar: Xan Valeriy Sergeevich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Qurbonova Manzila Boqievna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G‘arb ijtimoiy-madaniy antropologiyasida kognitiv va psixologik g‘oyalarning paydo bo‘lishi hamda taraqqiyotining tarixiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida G‘arb antropologiyasida kognitiv-psixologik g‘oyalarning shakllanishida ijtimoiy va jamoaviy ong hamda antroposentrizm kabi kognitiv munosabatlarning muhim o‘rin tutganligi asoslangan;
kognitiv psixologiya odamni kognitiv tizim deb hisoblaganligi, aqliy jarayonlarning hissiyot, e’tibor, idrok etish, xotira, tasavvur va xulq-atvorning barcha ko‘rinishlarini qamrab olganligi asosida bilimlarni assimilyasiyalashda ijtimoiy antropologiyaning bir qismi sifatida muhim o‘rin tutganligi dalillangan;
Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya va Fransiya antropologiyasida kognitiv-psixologik g‘oyalar paydo bo‘lishida «inson ongining birligi» va «yovvoyilar» ongining qoloqligi kabi jihatlarda hududiy va lingvistik prinsiplarga nisbatan tarixiy jihatdan yondoshuvning muhim o‘rin tutganligi aniqlangan;
nemis va fransuz kognitiv-psixologik g‘oyalar haqidagi madaniy antropologiya Rossiyadagi madaniyatshunoslik va etnografiyaning analogi ekanligiga qaramay uzoq vaqt davomida o‘ziga xos tarzda rivojlanganligi, shu asosda jahon etnologiyasida psixologik tendensiyaning shakllanishiga asos bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘arb antropologiyasida kognitiv - psixologik g‘oyalarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasini yoritish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya va Fransiya antropologiyasida kognitiv-psixologik g‘oyalar paydo bo‘lishida «inson ongining birligi» va «yovvoyilar» ongining qoloqligi kabi jihatlarini tasniflashda hududiy va lingvistik prinsiplarga nisbatan tarixiy jihatdan yondoshuvning muhim o‘rin tutganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Etno» ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-maydagi 02-30-747-son ma’lumotnomasi.). Natijalar, O‘zbekistonda G‘arb kognitiv-psixologik g‘oyalar rivojlanish holatini keng ommaga yetkazishda xizmat qilgan;
kognitiv psixologiya odamni kognitiv tizim deb hisoblab, aqliy jarayonlarning hissiyot, e’tibor, idrok etish, xotira, tasavvur va xulq-atvorning barcha ko‘rinishlarini qamrab olganligi, shu asosda bilimlarni assimilyasiyalash va tasniflashda ijtimoiy antropologiyaning bir qismi sifatida muhim o‘rin tutganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 25-iyuldagi 205-son ma’lumotnomasi). Bu esa, G‘arb antropologiyasi kognitiv psixologiyasi shakllanishini yoritishga xizmat qilgan;
nemis va fransuz kognitiv-psixologik g‘oyalar haqidagi madaniy antropologiya Rossiyadagi madaniyatshunoslik va etnografiyaning analogi ekanligi, biroq uzoq vaqt davomida o‘ziga xos tarzda rivojlanganligi, shu asosda jahon etnologiyasida psixologik tendensiyaning shakllanishiga asos bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari» qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari» Qo‘mitasining 2022-yil 25-iyuldagi 14-07-1275-son ma’lumotnomasi). Natijalar, G‘arb madaniy antropologiyasining jahon etnologiyasida tutgan o‘rni bilan bog‘liq jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan.