Raxmatullaeva Durdona Ravshanovnaning
Fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion  yondashuv asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.3.DSc/Ped238.    
Ilmiy maslahatchi:       Xodjabaev Anarboy Rustamovich,    pedagogika fanlari doktori, 
professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldashev Maqsudjon Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning amaliyotga yo‘naltirilgan tuzilmasi komponentlar mazmuni pedagogik tamoyillar va innovatsion metodologik yondashuvlarni kiritish asosida integratsiyalashgan tadbirkorlik  komponentlar mazmuni takomillashtirilgan; 
professional ta’lim tizimi o‘quvchilarida tadbirkorlik kompetensiyasini shakllantirish usullari, vositalari (rolli o‘yinlar, start-up loyihalar, biznes sayohatlar, amaliy ish daftari, iqtisodiy masalalar to‘plami) va ilmiu pedagogik, metodik-texnik, axborot-dasturiu didaktik shart-sharoitlarni takomillashtirish orqali o‘quvchilarning tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy tuzilmaviy modeli mazmunan modernizatsiyalashtirilgan; 
professional ta’lim tizimida o‘quvchilarni “Mobile-learning”, BOYD (Bring your own device – ta’limda mobil qurilmadan foydalanish) texnologiyalari orqali ta’limni raqamlashtirish tamoyillari asosida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan biznestadbir.uz elektron platformasi hamda uning multimedia resurslaridan iborat tashkiliy komponentlar mazmuni takomillashtirilgan; 
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tayanch, metakompetensiya va maxsus tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan tarkibiy komponentlar ierarxiyasini ishlab chiqish orqali innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalari (“Tadbirkorlik g‘ildiragi” “5 W”, blended learning, filipped class, case study va iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qilish, mediata’lim, dasturlashtirilgan ta’lim va b.q.) integratsiyasini ta’minlash asosida o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi hamda mobil-didaktik ta’minoti takomillashtirilgan; 
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllanganligini baholashning didaktik hamda motivatsion, intelektual, amaliy-faoliyatli, refleksiya va kreativ mezonlari, kreativ, produktiv, reproduktiv darajalari va ko‘rsatkichlarini aniqlashga  qaratilgan mobil didaktik resurslar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion  yondashuv asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda integratsiyalashgan tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning amaliyotga yo‘naltirilgan tuzilmasi komponentlari mazmuni pedagogik tamoyillar, innovatsion metodologik yondoshuvlarni takomillshatirishga doir takliflari “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 89-05-179-son ma’lumotnomasi). Mazkur, takliflar professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim tizimida o‘quvchilarni “Mobile-learning”, BOYD (Bring your own device – ta’limda mobil qurilmadan foydalanish) texnologiyalari orqali ta’limni raqamlashtirish tamoyillari asosida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan biznestadbir.uz elektron platformasidan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalardan “Yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirish va o‘z o‘zini bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini (onlayn veb-portal) yaratish” nomli innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 89-05-179-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan platformaning multimedia resurslaridan iborat tashkiliy komponentlari ishlab chiqilgan; 
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tayanch, metakompetensiya va maxsus tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan tarkibiy komponentlar iaerarxiyasini ishlab chiqish orqali innovatsion ta’lim metodlari (“Tadbirkorlik g‘ildiragi” “5 W”, blended learning, filipped class, case study va iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qilish, mediata’lim, dasturlashtirilgan ta’lim va b.q.) integratsiyasini ta’minlash asosida o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi “Yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirish va o‘z o‘zini bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini (onlayn veb-portal) yaratish” nomli innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 89-05-179-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion yondoshuv asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tadbirkorlik kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning metodik va didaktik ta’minoti takomillshatirilgan;
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllanganligini baholashning didaktik hamda motivatsion, intelektual, amaliy-faoliyatli, refleksiya va kreativ mezonlari, kreativ, produktiv, reproduktiv darajalari va ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan takliflar “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 89-05-179-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tadbirkorlik kompetensiyasini shakllanganlik darajalarini baholash imkoniyatlari kengaytirilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish