Nuralieva Kamola Isaqali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ salohiyatni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2125.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Kurbaniyozova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Najmiddinova Hilola Yoqubjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ salohiyatni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kreativ salohiyat shaxsning yosh va individual o‘ziga xosliklari uyg‘unlashadigan o‘quvchilarning ijodiy faolligi va o‘z-o‘zini rivojlantirishga tayyorlik darajasini ifoda etishi hamda kognitiv (intellekt, bilimlar), konativ (kognitiv uslub, shaxsiy xususiyatlar, motivatsiya), emotsional, kreativ muhit kabi omillar ta’sirida shakllanishi funksional yondashuvga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda kreativ salohiyatni shakllantirish texnologiyasi “4K” (kritik (tanqidiy) fikrlash), kreativlik, kommunikatsiya, kooperatsiya) kompetensiyalari asosida kreativ va tanqidiy fikrlashning taksonomik parametrlariga (tadqiq etish, tasavvur qilish, bajarish, tahlil qilish va baholash) muvofiq ravishda topshiriqlarning qiyinlik darajasiga ko‘ra shartli uch guruhiga (sodda, o‘rtacha murakkablikka ega, murakkab) doir pedagogik texnikalarni adaptiv loyihalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda kreativ darslarni loyihalash texnologiyasi uzlyuksiz kreativ ta’limning ko‘p darajali (IFUSh (NFTM)-IVHEN (TRIZ) pedagogik tizimiga asoslangan didaktik model asosida etti blokli (motivatsion, mazmunli, ruhiy tetiklik, mantiqiy fikrlash, intellektual daqiqa, kompyuterli ko‘makchi tizim, refleksiya) axborot xaritasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
badiiy o‘qish darslarida o‘quvchilarning kreativ salohiyatini shakllantirishning asar mazmunini qayta so‘zlab berish, illyustratsiyalash, sahnalashtirish, mualliflik matni va shaxsiy o‘y-fikrlarini yaratish kabi texnologik usullari jamoaviy ijodiy ishni amalga oshirishga yo‘naltirilgan olti bosqichli (tayyorlov, manbalarni tanlash, materialni o‘rganish va rejalashtirish, ishni bajarish, himoya, refleksiya) o‘quv loyihasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ salohiyatni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
kreativ salohiyat shaxsning yosh va individual o‘ziga xosliklari uyg‘unlashadigan o‘quvchilarning ijodiy faolligi va o‘z-o‘zini rivojlantirishga tayyorlik darajasini ifoda etib, kognitiv, konativ, emotsional, kreativ muhit kabi omillar ta’sirida shakllanishi funksional yondashuvga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasida 2022-yil 6-oktyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishning 3-sonli bayoniga asosan Finliyandiya tajribasi asosida 1-4-sinf uchun darsliklarni yaratishda foydalanilgan  (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 18-apreldagi 01/11-02/2-265-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kreativ salohiyatini shakllantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga  xizmat qilgan;
o‘quvchilarda kreativ salohiyatni shakllantirish texnologiyasini “4K” kompetensiyalari asosida kreativ va tanqidiy fikrlashning taksonomik parametrlariga muvofiq ravishda topshiriqlarning qiyinlik darajasiga ko‘ra shartli uch guruhiga doir pedagogik texnikalarni adaptiv loyihalash, boshlang‘ich ta’limda kreativ darslarni loyihalash texnologiyasini uzlyuksiz kreativ ta’limning ko‘p darajali pedagogik tizimiga asoslangan didaktik model asosida etti blokli axborot xaritasi va algoritmni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari uchun “Matematika o‘qitish metodikasi” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i, 388-132-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda kreativ salohiyatni shakllantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
badiiy o‘qish darslarida o‘quvchilarning kreativ salohiyatini shakllantirishning asar mazmunini qayta so‘zlab berish, illyustratsiyalash, sahnalashtirish, mualliflik matni va shaxsiy o‘y-fikrlarini yaratish kabi texnologik usullari jamoaviy ijodiy ishni amalga oshirishga yo‘naltirilgan olti bosqichli o‘quv loyihasini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Respublika ta’lim markazi va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Pandemiya sharoitida sifatli ta’lim sari birgalikda” nomli qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 4-martdagi 01/11-02/2-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining moslashuvchan ko‘nikmalarini (soft skills) shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish