Abdurahimov Dilmurod Xayitmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘chma qum va tuproqlarda struktura hosil qilish uchun suvda eruvchan polimerlarni yaratishning ilmiy - ekologik jihatlari», 11.00.05 – Atrof - muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K524.
Ilmiy rahbar: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Qobiljon Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduraximov Xojiakbar Abduraxmanovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘chma qum va tuproqlar uchun yuqori samarali strukturantlarni olish uchun mahalliy poliakrilamidni gidrolizlash jarayonlarini amalga oshirish va olingan polielektrolitlar xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poliakrilamid gidroliz tezligining eng yuqori qiymatlari 65-70 ºC da kuzatilishi polimerning qovushqoqlik xususiyatlariga, shuningdek, gidrolizlovchi gidroksid ionining elektrostatik qaytarilishi uchun manfiy zaryadlangan zarrachalarning past konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
0,1 va 0,3 M NaCl eritmalarida PAA gidroliz unumi 46 va 48 %, elektrolisiz eritmada 38 % ni tashkil qilishi reaksiyaga kirishuvchi tizimning ion kuchi ortishi bilan PAA gidroliz darajasining ortishi isbotlangan;
gidrolizlovchi kation tabiatining mahsulot unumiga ta’sirini o‘rganish past konsentratsiyali ishqor eritmalarida (MeOH/PAA=0,5≤1) Li+<Na+=K+ tartibida gidroliz darajasining ortishini, MeOH/PAA>1,2 qiymatida K+ o‘z ichiga olgan tizimda reaksiya unumi yuqoriligi va OH- va COO- ionlarining elektrostatik itarish K+<Na+<Li+ tartibda zaiflashishi aniqlangan;
gidroliz haroratining 80 ºC gacha ko‘tarilishi dastlabki PAA ning molekulyar og‘irligining va qovushqoqligining oshishiga olib kelsa, haroratning yanada oshishi bilan (98 ºC gacha) namunalar eritmalarining qovushqoqligini nisbatan past qiymatlarida katta kislota soniga erishishda olib kelib, bu makromolekula tarkibidagi -C-C- bog‘lari asosiy zanjir bo‘ylab uzilishi va oksidlanish sodir bo‘lishi bilan bo‘g‘likligi aniqlangan;
PAA bilan ishlov berishda tuproq suspenziyasi cho‘kish jarayonining tezligi o‘rtacha 2,5 sm3/min, NPAA70 uchun 3,25 sm3/min qiymatga teng, bu gidrofob namunaga nisbatan gidrolizlangan akrilamidning agregatlash faolligining yuqoriligi isbotlangan;
0,3 % PAA eritmasi bilan tuproqga ishlov berish makroagregatlarning miqdori kamayishi hisobiga tuproq mezoagregatlarini 35 dan 64,9 % gacha, NPAA70 va KPAA70 eritmalarini qo‘llaganda esa mikroagregatlarning kamayishi hisobiga 55,5 va 76,7 % gacha oshishi dastlabki PAA va uning gidrolizlangan shakllarining tuproq zarrachalari agregatlariga ta’siri mexanizmi xar xilligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘chma qum va tuproqlarda struktura hosil qilish uchun suvda eruvchan polimerlarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘chma qum va tuproqlarni mustahkamlash uchun gidrolizlangan polielektrolit asosida strukturantlar olish texnologiyasi “Kimyoviy texnologiyalar” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 12 apreldagi 03/01-21-244-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu strukturant bilan ishlov berish cho‘l hududlari ko‘chma qum va tuproqlarini uchuvchanligini kamaytirish, shamolga, suvga chidamliligini oshirish orqali ekologik muammoni bartaraf etish imkonini bergan;
ko‘chma qumli tuproqlarda mustahkam struktura hosil bo‘lishida fitomeliorasiya (o‘simlik o‘stirish) jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 12 apreldagi 03/01-21-244-son ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘l hududlari ko‘chma qumlarining mustahkamlik darajasi oshadi va cho‘lga chidamli o‘simliklarning zich unishi ta’minlanadi, bu esa ekologik vaziyatni yaxshish imkonini bergan.