Mo‘minov Oybek Alisher O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gidroinshootlarning suv chiqarish tizimidagi vibratsiya dinamikasini modellashtirish”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3408
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xudaykulov Savet Ishankulovich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Fatxullaev Alisher Mirzatilloevich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Gidromelioratsiya fakul`teti dekani, texnika fanlari doktori, professor.,
Seytov Oybek Jumaboevich – O‘zbekiston Milliy universiteti, Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari kafedrasi dotsenti, DSc., dots.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura – qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Suv omborining ishlash rejimiga bog‘liq holda, to‘g‘onlarining suv chiqarish traktlarida vujudga keladigan kavitatsiya jarayonlari boshlanish chegaralarini aniqlash usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental tadqiqotlar asosida Karkidon suv ombori to‘g‘onining suv chiqarish quvuridagi kavitatsiya zahirasini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan;
nazariy tadqiqotlar asosida suv ombori to‘g‘onining suv chiqarish traktidagi quvur uzunligi bo‘ylab tarqaladigan vibratsiya to‘lqinning hosil bo‘lish qonuniyatlari tokomillshtirilgan;
bosimli quvurlardagi gidrodinamik bosim, quvur uzunligi, quvur diametri va mahalliy qarshiliklarni bog‘lovchi Bernulli tenglamasi asosida vibratsiyali kavitatsiya vaqtida paydo bo‘ladigan shiddatli bosimni aniqlash ifodasi ishlab chiqilgan;
suv omborining ishlash rejimiga bog‘liq holda suv chiqarish traktlarida vujudga keladigan kavitatsiya jarayonlarini boshlanish chegaralarini aniqlash mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv omborining ishlash rejimiga bog‘liq holda to‘g‘onlarining suv chiqarish traktlarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kavitatsiya jarayonlarini boshlanish chegaralarini hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv omborining ishlash rejimiga bog‘liq holda suv chiqarish traktlarida vujudga keladigan kavitatsiya jarayonlarini boshlanish chegaralarini aniqlash mezonlari asosida quvurlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vibratsiya jarayonlarining oldini olish va suv omborlari suv chiqarish quvurlarining ishonchliligi oshirildi. (Suv xo‘jaligi Vazirligining 2022 yil 21 oktyabr №03/26-2100 sonli ma’lumotnoma). Natijada suv chiqarish traktlarida vujudga keladigan vibratsiyani jarayonini 17 foizgacha kamaytirishga erishilgan.
Karkidon suvombori suv chiqarish inshootidagi turbulent oqimining burilish qismidagi vibratsiyalarni baholash dasturi uchun algoritm ishlab chiqilgan. (Suv xo‘jaligi Vazirligining 2022 yil 21 oktyabr №03/26-2100 sonli ma’lumotnoma). Natijada bosimli quvurlarda kavitatsiya jarayonini hosil bo‘lish nuqtalarini oldindan aniqlash ikoniyati yaratilgan.