Xajiev Lazizbek Ozodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yod-125, yod-131, lutesiy-177 asosidagi radiofarmatsevtik dori vositalarini nazorat qilish uslublarini ishlab chiqish va ularni validatsiya qilish”, 01.04.01 – Eksperimental fizikaning asboblari va usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/3553
Ilmiy rahbar: Sadikov Ilxam Ismailovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti “Radiopreparat” davlat korxonasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Xujaev Saydaxmad, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Babaev Baxrom Nurullaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA akademik A.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yod-125, yod-131 va lutesiy-177 asosidagi radiofarmatsevtik dori vositalarining radiokimyoviy tozaligi hamda solishtirma radioaktivligini aniqlashning ekspress, yuqori sezgir va ishonchli uslublarini ishlab chiqish va validatsiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosfatli bufer va natriy karbonat eritmasidan foydalangan holda natriy yodid shaklidagi tahlil vaqtini 4-6 soatdan 40-50 minutgacha qisqartirish hamda tozalikni aniqlash darajasini 99 %dan 99,5 %gacha oshirish imkonini beruvchi yod-125 radionuklidining radiokimyoviy tozaligini elektroforetik aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
birinchi marta yonaki reaksiyalar mahsulotlarining salbiy ta’sirini yo‘qotish hamda yod-125 va yod-131 radionuklidlarining solishtirma radioaktivligini mos ravishda 2,2 % hamda 2,7 % xatolik bilan aniqlash imkonini beruvchi uslublar ishlab chiqarilgan;
qog‘oz xromatografiyasi yordamida mahsulotlarning tozaligini aniqlashning yuqori chegarasini 92,5 %dan 99,2 %gacha oshirishga imkon beruvchi natriy yodid ko‘rinishidagi yod-131 radionuklidining radiokimyoviy tozaligini aniqlash tartibi ishlab chiqilgan;
birinchi marta yupqa qatlam va qog‘oz xromatografiyasi yordamida preparatning radiokimyoviy tozaligini 0,048 % nisbiy xatolik hamda 0,09 % umumiy noaniqlik bilan 99,7 %gacha aniqlash imkonini beruvchi lutesiy xlorid ko‘rinishidagi lutesiy-177 ning radiokimyoviy tozaligini aniqlash uslublari ishlab chiqarilgan;
birinchi marta Arsenazo III yordamida lutesiy-177 radionuklidining solishtirma radioaktivligini 3,28 % xatolik bilan aniqlash imkonini beruvchi spektrofotometrik uslub ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Radiofarmatsevtika vositalarining sifatini nazorat qilish uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan asosiy natijalar “Radiopreparat” davlat korxonasida yod-125, yod-131 va lutesiy-177 radionuklidlari asosidagi radiofarmatsevtik preparatlar hamda substansiyalar ishlab chiqarishga joriy etilgan (“Radiopreparat” davlat korxonasining 2023-yil 1-martdagi dalolatnomasi asosidagi O‘zR Fanlar akademiyasining 2023-yilning 7-iyuldagi №2/1255-1450-sonli xati), xususan:
natriy yodid shaklidagi yod-125 radionuklidining radiokimyoviy tozaligini fosfat bufer va natriy karbonat eritmalaridan foydalangan holda elektroforetik aniqlash uslubi;
yod-125 va yod-131 radionuklidlarining solishtirma radioaktivligini aniqlashning spektrofotometrik uslubi;
natriy yodid shaklidagi yod-131 radionuklidining radiokimyoviy tozaligini aniqlashning qog‘oz xromatografiya uslubi;
lutesiy xlorid shaklidagi lutesiy-177 radionuklidining radiokimyoviy tozaligini aniqlashning yupqa qatlam va qog‘oz xromatografiya uslubi;
Arsenazo-III reaktivi yordamida lutesiy-177 radionuklidining solishtirma radioaktivligini aniqlashning spektrofotometrik uslubi.
Ishlab chiqilgan usullarning qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi klinikalarida foydalanish uchun sifatli va foydalanishga tayyor radiofarmatsevtik dori vositalarini hamda radioaktiv moddalarni ishlab chiqarish va eksportga sotish imkonini bergan.