Ismatov Xayrulla Dilmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft va gaz sanoatida burg‘ulash qorishmalari uchun takomillashgan xususiyatlarga ega barit og‘irlatgichlarini modifikatsiyalash hamda lignin asosli ishqor quyqasini ingibitor sifatida qayta ishlash texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3027.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Murodovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Arslanov Sharafutdin Sultanovich, texnika fanlari doktori, professor; Turdiboeva Nilufar Uktamovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft` va gaz sanoatida burg‘ulash qorishmalari uchun takomillashgan xususiyatlarga ega barit og‘irlatgichlarini modifikatsiyalash hamda lignin asosli ishqor quyqasini ingibitor sifatida materiallar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo g‘o‘za poyasi asosida turli markali sellyulozalar olingan hamda ularni kimyoviy qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik korxonalarining tolali chiqindilari (TKTCh)  asosida olingan turli markali sellyulozalarning fizik-kimeviy hamda mexanik xossalari aniqlangan;
Na-KMS hamda  PASdan burg‘ulash qorishmalari uchun stabillovchi reagent olingan va uning fizik-kimeviy xossalari aniqlangan;
neft va gaz sanoatida burg‘ulash qorishmalari uchun takomillashgan xususiyatlarga ega barit og‘irlatgichlarini modifikatsiyalashda stabillovchi reagentlar hamda lignin asosli ishqor quyqasini ingibitor sifatida qayta ishlash texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za poya va to‘qimachilik korxonalarining tolali chiqindilari asosida turli markali sellyulozalar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
to‘qimachilik korxonalarining tolali chiqindilari asosidagi sellyulozadan olingan Na-KMS hamda PASdan burg‘ulash qorishmalari uchun stabillovchi reagent olish texnologiyasi “INNOVATIVE CHEMICAL TECHNOLOGIES” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2023 yil 26 apreldagi 239-01/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo g‘o‘za poya tarkibidan olingan sellyuloza asosida burg‘ulash qorishmalari uchun asosiy reagent – stabilizator texnik KMS (karboksimetilsellyuloza) “INNOVATIVE CHEMICAL TECHNOLOGIES” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2023 yil 26 apreldagi 239-01/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta lintidan burg‘ulash eritmalari uchun stabilizator sifatida ishlatiladigan polianionli sellyuloza olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish