Mamadiyarov Muzaffar Umirzaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Paulownia tomentosa, Chitalpa tashkentensis, Vinca minor o‘simliklarining bioekologik xususiyatlari va ulardan atmosfera havosini optimallashtirishda foydalanish (Samarqand shahri misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B842.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori,professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Matjanova Xolida Kazakbaevna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand shahrida Paulownia tomentosa (Thunb.) Steud.), Chitalpa tashkentensis (T.S.Elias & Wisura), Vinca minor (var. typica C.K.Schneid.) o‘simlik turlarining bioekologik tavsifi va bioremediasiya xususiyatlarini asoslash hamda atrof-muhitning og‘ir metallar bilan ifloslanish darajasini monitoring qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Paulownia tomentosa, Chitalpa tashkentensis, Vinca minor turlarining fenologiyasi, sovuqqa chidamliligi, barglari uzoq muddat yashil holda saqlanishi aniqlangan;
kimyoviy ishlab chiqarish hududlari, avtomagistrallar atrofi tuproqlarida (0-20 sm, 20-60 sm) og‘ir metallar (As, Cd, Pb, Zn) yuqori konsentratsiyada to‘planishi hamda Paulownia tomentosa, Chitalpa tashkentensis, Vinca minor o‘simlik turlari vegetativ-generativ organlarida og‘ir metallar spesifik tavsifda, yuqori konsentratsiyada to‘planishi asoslangan;
kimyoviy ishlab chiqarish hududlari, avtomagistrallar hududida Paulownia tomentosa, Chitalpa tashkentensis, Vinca minor bargida suv rejimi ko‘rsatkichlari, mazkur turlarning tashqi-muhit omillari ta’siriga chidamlilik darajasi yuqoriligini ko‘rsatishi hamda xlorofill «a», xlorofill «b», karotinoid miqdori va «a», «b» ko‘rsatkichlari tahlili asosida fotosintetik apparat adaptatsiya darajasi, faolligi yuqoriligi aniqlangan;
atmosfera havosi og‘ir metallar bilan ifloslangan zonalarda Paulownia tomentosa, Chitalpa tashkentensis, Vinca minor turlaridan, pollyutantlarni yuqori konsentratsiyada to‘plagani uchun, Samarqand shahri ekotizimida atrof-muhitning og‘ir metallar bilan ifloslanish darajasi monitoringida bioindikator, fitobioremediasiya maqsadlarida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paulownia tomentosa, Chitalpa tashkentensis, Vinca minor o‘simliklarining bioekologik xususiyatlari va ulardan atmosfera havosini optimallashtirishda foydalanish (Samarqand shahri misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Paulownia tomentosa, Chitalpa tashkentensis, Vinca minor o‘simlik turlari tuproqlarda og‘ir metallarni akkumulyasiyalashi, turli iqlim sharoitlaridagi chidamlilik xususiyatlari, bioekologik xususiyatlari, ekotizim optimizasiyasini ta’minlashi, atmosfera havosini optimallashtirish xususiyatlari Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza kilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 dekabrdagi 0302/7-3552-son ma’lumotnomasi). Natijada, Paulownia tomentosa, Chitalpa tashkentensis, Vinca minor o‘simlik turlari bioremediatsiya xususiyatini namoyon qilib, ekotizim optimizasiyasini ta’minlab atrof-muhitni optimallashtirish imkonini bergan;
Paulownia tomentosa (Thunb.) Steud turining bioekologik tavsiflari turlarining fenologiyasi, barglari uzoq muddat yashil holda saqlanishi og‘ir metallarni yuqori konsentratsiyada to‘planishi, vegetativ-generativ organlarida og‘ir metallarni yuqori konsentratsiyada to‘planishi, xlorofill «a», xlorofill «b», karotinoid miqdori, fotosintetik apparat adaptatsiya darajasi ALM-202107011 raqamli «Sirdaryo viloyatining tabiiy sharoitida moslashtirilgan tarzda pavlovniya o‘simligini etishtirish texnologiyasi» mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 89-02-838-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Paulownia tomentosa (Thunb.) Steud daraxt turini ko‘paytirish usullarini ilmiy asoslash, uning ekologik muhitni optimallashtirishdagi ahamiyatini baholash imkonini bergan.