Akbaraliev Islombek Raximberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yong‘oq (Juglans regia L.) navlarining xo‘jalik-biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda ko‘chat yetishtirishda o‘g‘itlarning ta’siri”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx733
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Sultonov Komolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Jo‘raev Erkin Baxtiyorovich, qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi grek yong‘og‘i navlarining xo‘jalik-biologik xususiyatlarini tadqiq etish, istiqbolli navlarni tanlash hamda standart ko‘chat tayyorlashda maqbul o‘g‘itlash me’yorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tog‘ va tog‘oldi mintaqalari sharoitida grek yong‘og‘ini 16 ta navlarining xo‘jalik-biologik belgilari asosida serhosil Kazaxstanskiy, Panfiloves va Mirniy navlari ajratib olingan;
grek yong‘og‘ining yirik mevali – Pioner navida (48,5×38,1 mm), Kazaxstanskiy (47,8×37,3 mm) va Rodina (46,1×36,9 mm), yupqa po‘choqli – Uzbekskiy skoroplodniy (1,0-1,1 mm), mag‘zi seryog‘li – Kazaxstanskiy (72,3 %) va Uzbekskiy skoroplodniy (72,6 %), yuqori qandli – Ideal (4,6 %), Uzbekskiy skoroplodniy (4,6 %) va Pioner (4,5 %) hamda kasalliklarga chidamli Kazaxstanskiy, Istiqlol va Gibridniy navlari aniqlangan;
tog‘li va tog‘oldi hududlarda grek yong‘og‘ining Kazaxstanskiy navidan 18,6 s/ga, Panfiloves navidan 19,2 s/ga va Mirniy navidan 19,4 s/ga hamda sanoat plantatsiyalarida – Uzbekskiy skoroplodniy navidan 16,6 s/ga hosil olishga erishilgan;
standart grek yong‘og‘i ko‘chatlarini etishtirishda N60P30K15 kg (sof holda) va 10 tonna mahalliy o‘g‘it qo‘llash maqbul me’yor ekanligi ilmiy asoslangan;
yong‘oq navlari ko‘chatlarini payvandlab ko‘paytirishda maqbul muddatlar iskana usulida – 10-mart, po‘stloq tagiga qalamcha usulida – 30-aprel hamda xalqasimon kurtak usulida – 10-avgust ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yong‘oq (Juglans regia L.) navlarining xo‘jalik-biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda ko‘chat etishtirishda o‘g‘itlarning ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar natijasida:
«Yong‘oq (Juglans regia L.) navlarining xo‘jalik-biologik xususiyatlari hamda ko‘chat etishtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 6-sentyabrdagi 07/33-04/6267-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar bugungi kunda sanoat plantatsiyalarida, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa egalari ekin maydonlarida grek yong‘og‘ini etishtirish va undan yuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
tanlab olingan grek yong‘oqning serhosil “Ideal”, «Bostandikskiy», «Rodina Grozdevidniy», «Tonkoskorlupniy» navlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Ergash Maxkam Xusniddin” fermer xo‘jaligining 0,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 6-sentyabrdagi 07/33-04/6267-son ma’lumotnomasi). Natijada yong‘oqning Ideal navi mevasining yirikligi, yog‘liligi hamda qandliligi eng yuqori (12,3 g; 69,7%; 3,9%) bo‘lib, gektaridan iqtisodiy samaradorlik 117,4 % va daromad 17386,5 ming so‘mni tashkil qilgan.
grek yong‘og‘i ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Jabborov A” fermer xo‘jaligining 0,30 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 6-sentyabrdagi 07/33-04/6267-son ma’lumotnomasi). Natijada, grek yong‘og‘i ko‘chatini N60P30K15 kg/ga + 10 t mahalliy o‘g‘it qo‘llashda sandart ko‘chatlarni chiqishi 89,5 % yoki gektaridan daromad 92000 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish