Abdullaev Saidazim Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida iqlimlashtirilgan zaytun (Olea Europae L.) navlarini morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyoviy ko‘rsatkichlarini baholash”, 06.01.07-Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx967
Ilmiy rahbar: Buriev Xasan Chutboevich biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Normuratov Ilxom Turg‘unovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Yuldasheva Xavasxon Tojidinovna, qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining keskin-iqlim sharoitiga mos, sovuqqa bardoshli, zaytun navlarini morfo-biologik, xo‘jalik, fiziologik, biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish va etishtirish agrotexnologiyasini ayrim elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyati sharoitida introduksiya qilingan 15 ta navdan fenologik fazalari, o‘sish dinamikasi, morfologik belgilari va qishga chidamliligi bo‘yicha Krimskaya 172, Nikiskaya I, Nikiskaya II navlari ajratib olingan;
tanlab olingan zaytun navlarini (Krimskaya 172 navida o‘rtacha foydali harorat yig‘indisi 1163 °S bo‘lganda o‘suv davri 191 kun, hosildorlik 3,8 t/ga; Nikiskaya I navida mos ravishda 1182 °S; 187; 4,0 t/ga; Nikiskaya II navida esa 1286 °S; 192; 4,6 t/ga) vegetatsiya fazalari davomiyligi va hosildorligi foydali harorat yig‘indisiga bog‘liqligi isbotlangan;
tanlab olingan zaytun navlarini turli manfiy haroratlarda sovuqqa chidamliligi laboratoriya (-18°S) sharoitida zararlanish darajasi o‘rtacha 18-23 % yoki 5 ball, dala sharoitida sovuqqa chidamliligi 95-98 % yoki 0 balga tengligi aniqlangan;
barglarda umumiy qand va askarbin kislotasi miqdorining ko‘p bo‘lishi zaytun o‘simligini sovuqqa chidamliligini belgilaydi: o‘rganilgan navlarda Nikiskaya II navida (barglarida “meva tugish” fazasida glyukoza miqdori 0,82±0,1 %, saxaroza miqdori “g‘unchalash” fazasida 2,11±0,2 % va askarbin kislotasi 158,1±0,16 mg/%) nazoratga nisbatan mos ravishda: 0,58; 56,8 mg/% yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
sovuqqa chidamli zaytun o‘simligini O‘zbekistonning janubiy mintaqasi sharoitida etishtirishning namunaviy texnologik kartasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida iqlimlashtirilgan zaytun (Olea europae L.) navlarini morfo-biologiyasi, fiziologiyasi va biokimyoviy ko‘rsatkichlarini baholash va etishtirish texnologiyasini ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
zaytun etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Zaytun ko‘chatlarini yashil qalamchalardan ko‘paytirish” bo‘yicha tavsiyanoma (2017), “Zaytun ko‘chatlarini yarim moyochlashgan yashil qalamchadan etishtirish” bo‘yicha texnologik karta (2018), “Surxondaryo viloyati sharoitida ekstremal omillarga chidamli zaytun (Olea europae L.) nav namunalarini iqlimlashtirish va etishtirish” bo‘yicha (2022) tavsiyanomalari tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 yanvardagi 07/23-06/56 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ishlanmalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan zaytun fermer xo‘jaliklarida navlarni etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
zaytun etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Surxondaryo viloyati sharoitiga mos istiqbolli zaytun navlarini tanlash” ishlanmasi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Sunbul Sulton Moviya” fermer xo‘jaligida 0,10 ga maydonda joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 yanvardagi 07/23-06/56 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan ishlanma asosida 3 ta zaytun navi ajratib olingan (Nikiskaya I, Nikitkaya II va Krimskaya 172 navlari). Naitijada Nikiskaya I navida xosildorlik 2,0 t/ga, iqtisodiy samaradorlik 60 000 000 so‘m, sof foyda 30 000 000 so‘m, rentabellik 100% ni, Nikitkaya II navida xosildorlik 2,7 t/ga, iqtisodiy samaradorlik 81 000 000 so‘m, sof foyda 51 000 000 so‘m, rentabellik 170% ni, Krimskaya 172 navida xosildorlik 1,9 t/ga, iqtisodiy samaradorlik 57 000 000 so‘m, sof foyda 27 000 000 so‘m, rentabellik 90% ni tashkil etgan;
zaytun etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Surxondaryo viloyati sharoitida ajratib olingan zaytun navlarini sovuqqa chidamliligi va xo‘jalik belgilarini o‘rganish” ishlanmasi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Sunbul Sulton Moviya” fermer xo‘jaligida 0,10 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 yanvardagi 07/23-06/56 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Nikitkaya II navidan 2,8 t/ga hosil olinib, iqtisodiy samaradorlik 84 000 000 so‘m, sof foyda 54 000 000 so‘m, rentabellik 180% ni tashkil etgan.
zaytun etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Surxondaryo viloyati sharoitiga mos istiqbolli zaytun navlarni tanlash” ishlanmasi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasida 0,10 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 yanvardagi 07/23-06/56 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan ishlanma asosida 3 ta zaytun navi ajratib olingan (Nikiskaya I, Nikitkaya II va Krimskaya 172 navlari). Naitijada Nikiskaya I navida xosildorlik 2,0 t/ga, iqtisodiy samaradorlik 60 000 000 so‘m, sof foyda 30 000 000 so‘m, rentabellik 100% ni, Nikitkaya II navida xosildorlik 2,7 t/ga, iqtisodiy samaradorlik 81 000 000 so‘m, sof foyda 51 000 000 so‘m, rentabellik 170% ni, Krimskaya 172 navida xosildorlik 1,9 t/ga, iqtisodiy samaradorlik 57 000 000 so‘m, sof foyda 27 000 000 so‘m, rentabellik 90% ni tashkil etgan;
zaytun etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Surxondaryo viloyati sharoitida ajratib olingan zaytun navlarini sovuqqa chidamliligi va xo‘jalik belgilarini o‘rganish” ishlanmasi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasida 0,10 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 yanvardagi 07/23-06/56 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Nikitkaya II navidan 2,8 t/ga hosil olinib, iqtisodiy samaradorlik 84 000 000 so‘m, sof foyda 54 000 000 so‘m, rentabellik 180 % ni tashkil etgan.