Alimxanov Olimxon Omilxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik oyoq panja sindromining neyropatik shakli kompleks davosining yaqin va uzoq kelajakdagi natijalari» 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1137.
Ilmiy rahbar: Kamalov Telman Tulyaganovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yusupova Shaxnoza Kadirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diabetik polineyropatiyaning kechki asoratlari kuzatilgan bemorlarda kompleks davolashning bevosita va uzoq muddatli natijalarini tahlil qilish asosida kasallik oqibatlarini bashorat qilish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba diabetik polineyropatiyada pastki muchchalar funksional shkalasidan foydalangan holda davolash usuliga bog‘liq ravishda yaqin va uzoq muddatli davrlarida bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlari dinamikasi aniqlangan;
pastki muchchalar diabetik polineyropatiyasi bilan asortalangan 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda BDNF neyromarkerining yarali oyoq nuqsonlarini shakllanishidagi diagnostik va prognostik ahamiyati isbotlangan;
diabetik polineyropatiyaning klinik belgilari, laborator va instrumental, elektroneyromiografiya, pastki muchchalar ultratovush doplerografiya tekshirish usullari natijalarining multifaktorial tahlili asosida bemorlarda yaraning qaytalanishini bashorat qiluvchi kalkulyator ishlab chiqilgan;
diabetik oyoq panja sindromi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashda BDNF neyromarkerining qondagi miqdoriga, pastki muchchalar funksional shkala va kalkulyator natijalariga bog‘liq ravishda yara qaytalanish xavfi va ularni oldini olish usullari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 5 iyuldagi № 7 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: diabetik polineyropatiya mavjud bemorlarda o‘tkazilgan davo muolajalaridan so‘ng pastki muchchalar funksional shkalasidan foydalanib, dinamikada ularning hayot sifati ko‘rsatkichlarini adekvat baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyat endokrinologiya dispanseri (2021-yil 30 dekabrdagi №132 sonli buyrug‘i) va Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali (2021-yil 18-avgust №71/1 sonli buyrug‘i) amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-r/67-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondashuv diabetik polineyropatiyada o‘zgarishlarni erta tashxislash, davo choralari samaradorligini baholash imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik polineyropatiyaning kechki asoratlari bo‘lgan bemorlarda barmoq, oyoq, oyoq-qo‘l amputatsiyasining bevosita va uzoq muddatli natijalarini o‘rganish uchun pastki oyoq-qo‘llarning funksional shkalasi so‘rovnomasidan foydalanish differensial tashhislash uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar, asbobiy tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha sarf-xarajatlarni iqtisod qilishga olib keladi. Xulosa: diabetik polineyropatiyada pastki muchchalar funksional shkalasidan foydalangan holda davolash usuliga bog‘liq ravishda yaqin va uzoq muddatli davrlarida bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlari dinamikasi aniqlash natijasida 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ning o‘rtacha 320.000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Alimxanov Olimxon Omilxon o‘g‘lining “Diabetik oyoq panja sindromining neyropatik shakli kompleks davosining yaqin va uzoq kelajakdagi natijalari” mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-r/67-son xulosasi.
ikkinchi ilmiy yangilik: diabetik oyoq panja sindromida oyoq panja yarasi qaytalanishining takrorlanishini o‘z vaqtida bashorat qilish uchun qonda miyadan kelib chiqqan miya neyrotrofik omilini (BDNF) aniqlash va uning qondagi miqdoridan kelib chiqib kompleks davo algoritmini o‘tkazish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyat endokrinologiya dispanseri (2021-yil 30 dekabrdagi №132 sonli buyrug‘i) va Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali (2021-yil 18-avgust №71/1 sonli buyrug‘i) amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-r/67-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Olingan natijalar diabetik polineyropatiya sindromi rivojlangan bemorlarni erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlarda qonda BDNF markerini aniqlash va monand davo muolajalarini olib borish ularning davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bir nafar bemor uchun bir kunga kerak bo‘ladigan davolanish summasi o‘rtacha 450.000 so‘mni tashkil etadi. Shifoxonaga davolanish muddatini 10 kundan 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun 900.000 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: Diabetik polineyropatiya mavjud bemorlarda qonda BDNF markerini aniqlash ularda tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarda, shifoxonaga davolanish uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning bir nafar bemor hisobiga 900.000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Alimxanov Olimxon Omilxon o‘g‘lining “Diabetik oyoq panja sindromining neyropatik shakli kompleks davosining yaqin va uzoq kelajakdagi natijalari” mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-r/67-son xulosasi.
uchinchi ilmiy yangilik: diabetik polineyropatiya mavjud bemorlarda mahsus kalkulyatordan foydalanish ularning salomatligini yaxshilash va yara qaytalanishini bashorat qilishda muhim amaliy ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyat endokrinologiya dispanseri (2021-yil 30 dekabrdagi №132 sonli buyrug‘i) va Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali (2021-yil 18-avgust №71/1 sonli buyrug‘i) amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-r/67-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik polineyropatiya mavjud bemorlarda mahsus kalkulyatordan foydalanib oyoq panjasi yarasining qaytalanishini bashoratlash, bemorlarda og‘ir asoratlar, jumladan pastki muchchalar amputatsiyasini keskin kamaytiradi va ularning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlar ortiqcha asbobiy va laborator tekshiruvlarining tejalishi; Maqsadsiz dori-darmonlar va jarrohlik aralashuvlarining qo‘llanilishini oldini olish bemorlar shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga olib keladi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. Shifoxonaga davolanish muddatining 10 kundan 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun 900.000 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: diabetik polineyropatiyaning klinik belgilari, laborator va instrumental, elektroneyromiografiya, pastki muchchalar ultratovush doplerografiya tekshirish usullari natijalarining multifaktorial tahlili asosida bemorlarda yaraning qaytalanishini bashorat qiluvchi kalkulyatordan foydalanish muhim ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Alimxanov Olimxon Omilxon o‘g‘lining “Diabetik oyoq panja sindromining neyropatik shakli kompleks davosining yaqin va uzoq kelajakdagi natijalari” mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-r/67-son xulosasi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diabetik oyoq panja sindromi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashda BDNF neyromarkerining qondagi miqdorini aniqlash, pastki muchchalar funksional shkalasi va kalkulyator natijalaridan foydalanish, yara qaytalanish xavfini kamaytiradi hamda uni oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyat endokrinologiya dispanseri (2021-yil 30 dekabrdagi №132 sonli buyrug‘i) va Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali (2021-yil 18-avgust №71/1 sonli buyrug‘i) amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-r/67-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik oyoq panja sindromi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashda BDNF neyromarkerining qondagi miqdorini aniqlash, pastki muchchalar funksional shkalasi va kalkulyator natijalaridan foydalanish, ularning sog‘liqlarini tez tiklashga yordam beradi va jismoniy yuklamalarga chidamliligini hamda hayot sifati oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik polineyropatiya mavjud bemorlarda davo muolajalarini optimallashtirish orqali har bir bemor uchun o‘rta hisobda 900.000 so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi. Shuningdek, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar soni kamayganligi sababli har bir bemordan yil davomida qo‘shimcha 3.240.000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Diabetik oyoq panja sindromining neyropatik shakli aniqlangan bemorlarda tashhislash va davolash muolajalarini kompleks olib borish, sarf xarajati uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejash imkonini beradi. Bu mablag‘ bir bemor uchun o‘rta hisobda 1 mln. 360 ming so‘mni tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik oyoq panja sindromida bemorlar xayot sifatini baxolash funksional shkalasini tadbiq qilish uslubi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 26 yanvardagi 01-06/49 -sonli xat yuborilgan.