Tasheva Gulchexra Sulyaymanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tez-tez kasallanadigan bolalarda odontogen yallig‘lanish kasalliklari kechishi va davolash xususiyatlari», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2141.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Akbar Axadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Sankt-Peterburg davlat universiteti» (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tez-tez kasallanadigan bolalarda odontogen yallig‘lanish kasalliklari kechishi va davolashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tez-tez kasallanadigan bolalarda odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklaridan abssess va flegmonalar 4,1 marta, periostit 6,63 marta, osteomielit 2,22 martaga qiyoslanayotgan guruhlarga nisbatan ishonchli darajada ko‘p uchragani isbotlangan;
tez-tez kasal bo‘ladigan bolalarda kechayotgan odontogen yallig‘lanish kasalliklarida ular stomatoloogik salomatligi va odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklari uchrash darajasi orasidagi bog‘liqlik to‘g‘ri proporsional bo‘lganligi aniqlangan;
ushbu kategoriyaga mansub bemor bolalar qon zardobida S-reaktiv oqsil va prokal`sitonin konsentratsiyalarining 1,6-2,05 martagacha ishonarli oshganligi aniqlangan, tavsiya etilgan kompleks davodan so‘ng ular miqdori ishonarli darajada kamayib, yiringli-yallig‘lanish jarayoni yakuni istiqbolini belgilovchi prognostik mezon ekanligi asoslangan;
tez-tez kasallanadigan bolalarda odontogen yallig‘lanish kasalliklari va uning asoratlari bor bemorlarda patogen, shartli patogen grammusbat kokklar hamda grammanfiy bakteriyalar ko‘p uchragani holda tavsiya etilgan kompleks davolash oqibatida ushbu etiologik agentlar miqdori ishonarli darajada kamayganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2023 yil 5 iyun`dagi №23-Z/043-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan bolalarda hamroh kasalliklar bilan kasallanib turishini inobatga olgan holda kasallikning klinik kechishini bashoratlash imkonini beradi, bunda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatining emas balki hamroh kasalliklar ta’sirining davomi ekanligi asoslangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.10.2022 y.; № 22/7) bilan, G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (15.10.2022 y.; № 27/6) bilan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.09.2022 y.; № 27/7) bilan hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.09.2022 y.; № 24/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemor bolalarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash uchun xarajatlar miqdori – 40 000 so‘m; bir kunlik statsionarda davolash harajati 110 000 so‘m. kompleks davolashda davo muddati abssess va flegmonalarda 4 kunga (440 000 so‘m), periostitda 2 kunga (220 000 so‘m), osteomielitda 5 kunga (550 000 so‘m), qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilandi va o‘rtacha bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 362 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: yangi tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 362 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tez-tez kasal bo‘ladigan bolalarda kechayotgan odontogen yallig‘lanish kasalliklarida tish qattiq to‘qimalari kasalliklari bunday patologiyalar kuzatilmagan bemorlarga qaraganda ko‘proq uchrashi hamda klinik-prognostik ehtimolini bashoratlash imkonini beradi. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.10.2022 y.; № 22/7) bilan, G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (15.10.2022 y.; № 27/6) bilan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.09.2022 y.; № 27/7) bilan hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.09.2022 y.; № 24/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemor bolalarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash uchun xarajatlar miqdori – 40 000 so‘m; bir kunlik statsionarda davolash harajati 110 000 so‘m. kompleks davolashda davo muddati abssess va flegmonalarda 4 kunga (440 000 so‘m), periostitda 2 kunga (220 000 so‘m), osteomielitda 5 kunga (550 000 so‘m), qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilandi va o‘rtacha bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 362 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: yangi tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 362 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. ushbu kategoriyaga mansub bemor bolalar qon zardobida S-reaktiv oqsil va prokalsitonin konsentratsiyalarining 1,6-2,05 martagacha ishonarli oshganligi aniqlangan, tavsiya etilgan kompleks davodan so‘ng ular miqdori ishonarli darajada kamayib, yiringli-yallig‘lanish jarayoni yakuni istiqbolini belgilovchi prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: tez-tez kasal bo‘ladigan bolalarda kechayotgan odontogen yiringli yallig‘lanish kasalliklarini tashxislashda C-reaktiv oqsil va prokalsitonin miqdorini dinamikada kuzatish kasallik kechishini bashoratlash hamda davo samarasini belgilashda diagnostik me’zon bo‘lishi belgilangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.10.2022 y.; № 22/7) bilan, G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (15.10.2022 y.; № 27/6) bilan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.09.2022 y.; № 27/7) bilan hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.09.2022 y.; № 24/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemor bolalarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash uchun xarajatlar miqdori – 40 000 so‘m; bir kunlik statsionarda davolash harajati 110 000 so‘m. kompleks davolashda davo muddati abssess va flegmonalarda 4 kunga (440 000 so‘m), periostitda 2 kunga (220 000 so‘m), osteomielitda 5 kunga (550 000 so‘m), qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilandi va o‘rtacha bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 362 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: yangi tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 362 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tez-tez kasal bo‘ladigan bolalarda kechayotgan odontogen yiringli yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolashda tavsiya etilgan piobakteriofagning samarali bakterisid ta’siri va mikrobiologik samarasi yuqori ekanligi isbotlangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.10.2022 y.; № 22/7) bilan, G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (15.10.2022 y.; № 27/6) bilan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.09.2022 y.; № 27/7) bilan hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.09.2022 y.; № 24/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemor bolalarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash uchun xarajatlar miqdori – 40 000 so‘m; bir kunlik statsionarda davolash harajati 110 000 so‘m. kompleks davolashda davo muddati abssess va flegmonalarda 4 kunga, periostitda 2 kunga, osteomielitda 5 kunga qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilandi va umumiy tadqiqot hisobiga byudjet mablag‘larini 44 220 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: yangi tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 362 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.