Ravshanova Muhayyo Maxmanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarda ekonometrik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Ekonometrika fani misolida). 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4164  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ro‘ziev Zafar Ikromovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekonometrika fani asosida talabalarda ekonometrik kompetensiyalarni rivojlantirishning samarali metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda shakllantiriladigan ekonometrik tushunchalarnining iqtisodiy jarayonlar va hodisalardagi miqdoriy jihatlar, iqtisodiy o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi ekonometrik modellar hamda iqtisodiy jarayonlardagi o‘zaro miqdoriy aloqadorliklar kabi asosiy aspektlari tarixiy, dialektik, tizimli-majmuaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
ekonometrikani o‘qitish modelining tashkiliy-mazmuniy bloki vaqtli qatorlar modeli bir tenglamali regression modellar hamda foizli stavkalar modellaridan ekonometrikaga doir omillarning korrelyasion va regression bog‘lanishlarini aniqlashtirish, juft omilli va ko‘p omilli korrelyasion bog‘lanishlar ustida ishlashga faoliyatli tendensiyaga tayanib o‘rgatish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ekonometrik modellashtirishga o‘rgatish metodikasi modulli ta’lim texnologiyalarining gnoseologik, konseptual, konstruktiv, verifikatsion aspektlaridagi ekonometrik tenglamalar hamda foizli stavkalar modelini konstruktiv-dinamik loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan;  
talabalarda ekonometrik tushunchalarni to‘plash, ularning validligini empirik jarayonlarda aniqlash, verifikatsiyalash, ekonometrik diagnostika qilish hamda prognozlash ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasi qisqartirilgan, standartlashtirilgan va chuqurlashtirilgan ekonometrik o‘quv topshiriqlarini bajarishning reproduktiv, kognitiv va ijodiy darajalariga ko‘ra aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: talabalarda ekonometrik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda shakllantiriladigan ekonometrik tushunchalarnining iqtisodiy jarayonlar va hodisalardagi miqdoriy jihatlar, iqtisodiy o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi ekonometrik modellar hamda iqtisodiy jarayonlardagi o‘zaro miqdoriy aloqadorliklar kabi asosiy aspektlari tarixiy, dialektik, tizimli-majmuaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilganligiga doir ma’lumotlardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173-raqamli «Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan berilgan 2023 yil 2 iyundagi 04/2021-son ma’lumotnomasi). Natijada, umummilliy qadriyatlarning talabalar ekonometrik kompetensiyalarini shakllantirish tizimi takomillashtirilgan;
 ekonometrikani o‘qitish modelining tashkiliy-mazmuniy bloki vaqtli qatorlar modeli bir tenglamali regression modellar hamda foizli stavkalar modellaridan ekonometrikaga doir omillarning korrelyasion va regression bog‘lanishlarini aniqlashtirish, juft omilli va ko‘p omilli korrelyasion bog‘lanishlar ustida ishlashga faoliyatli tendensiyaga tayanib o‘rgatish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalar “Ekonometrikaga kirish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-196-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, ekonometrikani o‘qitishning innovatsion modeli ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ekonometrik modellashtirishga o‘rgatish metodikasi modulli ta’lim texnologiyalarining gnoseologik, konseptual, konstruktiv, verifikatsion aspektlaridagi ekonometrik tenglamalar hamda foizli stavkalar modelini konstruktiv-dinamik loyihalashtirish asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalardan AIF -2/15 “O‘zbekistonda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qarshi Muhandislik iqtisodiyot institutining 2023 yil 22 mayda berilgan 04/1-2521-son ma’lumotnoma). Natijada, zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida ekonometrikani o‘qitish metodikasi orqali talabalarning ekonometrik kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish