Kodirov Jasur Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ta’lim uzviyligida o‘quvchilarda algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligi misolida). 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5063
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Oripova Nodima Halilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirishni ta’minlaydigan ta’lim metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida o‘quvchilarda algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirilish jarayonining asosiy komponentlari shaxsning kognitiv motivasiyaga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik kabi individual xususiyatlarining psixosemantik jihatlariga ko‘ra aniqlashtrilgan;
algoritmik ko‘nikmalarning motivatsion, kognitiv, texnologik, kommunikativ tuzilmaviy tarkibi aniqlanib, ta’lim uzviyligida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muammolarning kognitiv asoslarini anglash, hal etish dinamikasini rejalashtirish, jarayonni regulyasiyalash ko‘nikmalarini shakllantirilish metodlarining sikllilik hamda izchillik aspektlariga variativ yondashuv asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ta’limiy o‘yin faoliyatining chiziqli, tarmoqlanuvchi, davriy algoritm modullari muammoli ta’lim kontekstida evristik suhbatlar, qoidali, muammoli, to‘liq bo‘lmagan harakatlar to‘plamiga ega bo‘lgan ta’limiy-o‘yinlar, elementar algoritmik blok sxemalarni tuzish modellari kommunikativ va texnologik yondashuvlarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ta’limiy o‘yin faoliyati orqali algoritmik ko‘nikmalarning bilish, rejalashtirish, muloqotga kirishish hamda tartiblash komponentlarini ierarxik tarkiblashtiruvchi funksional modeli shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli va integrativ metodologik yondashuvlarga tayanilgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida o‘quvchilarda algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirilish jarayonining asosiy komponentlari shaxsning kognitiv motivasiyaga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik kabi individual xususiyatlarining psixosemantik tahlillari asosida aniqlashtrilganligiga doir xulosalar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik o‘yinlarni tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 29-apreldagi 10-son qaroriga asosan 527-son guvohnomasi). Natijada o‘quvchilarda algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirishning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
algoritmik ko‘nikmalarning motivatsion, kognitiv, texnologik, kommunikativ tuzilmaviy tarkibi aniqlanib, ta’lim uzviyligida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muammolar kognitiv asoslarini anglash, hal etish dinamikasini rejalashtirish, jarayonni regulyasiyalash ko‘nikmalarini shakllantirilish metodlarining sikllilik hamda izchillik aspektlari variativ yondashuv asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalaridan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173-raqamli «Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti 2023 yil 4 iyuldagi 04/2445-son ma’lumotnomasi). Natijada algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirish muammosi nuqtai nazaridan o‘quvchida shakllanishi lozim bo‘lgan algoritmik ko‘nikmalar tarkibiy komponentlarini yanada rivojlantirish imkonini bergan;
o‘quvchilarda ta’limiy o‘yin faoliyati orqali algoritmik ko‘nikmalarning bilish, rejalashtirish, muloqotga kirishish hamda tartiblash komponentlarini ierarxik tarkiblashtiruvchi funksional modeli shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli va integrativ metodologik yondashuvlarga tayanilgan holda takomillashtirilganligiga oid xulosalardan Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va Samarqand viloyat maktablarida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 26 iyundagi 03-276-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida algoritmik ko‘nikmalarni tashkil etishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkonini bergan.