Qosimov Ilxom Maribovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijodkor yoshlarning kasbga yo‘naltirish ilmiy markazi binolarini arxitekturaviy takomillashtirish», 18.00.02– Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/A62.
Ilmiy rahbar: Xasanov Azamat Ozadovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSC.03/30.12.2019.A.11.02
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim; Usmanov Muradxan Saidmaxmudovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: "QIShLOQQURILIShLOYIHA" MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasbga yo‘naltirish ilmiy innovatsion markazlar binolarining arxitekturaviy, tarhiy echimlarini takomillashtirish hamda markazlarni yaratish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysining Axsikent, Munchoqtepa, Mug‘tepa, Buonamozor singari tarixiy shaharlarida ustoz-shogird xonalari, maxsus xom-ashyo ombori, shogirdlar yotoqxonasi, buyumga ishlov berish xonasi, saboqxona kabi xonalarni jamlagan obektlarning mavjudligi ushbu hududlarda kasb-hunar markazlarining o‘rta asrlardanoq shakllanganligidan dalolat berishi aniqlangan;
kasbga yo‘naltirish markazlari tipologiyasida tomosha, ko‘ngil ochar hamda kasbga yo‘naltirish bloklari muhim ahamiyat kasb etishi asoslanib, ushbu tipologiya madaniy dam olish (amfiteatr, teatr) va sotuv bloklarini kiritish hisobiga takomillashtirilgan;
kasbga yonaltirish markazlarining rejaviy-tarkibiy tuzilishi kichik (tuman miqyosida), o‘rta (viloyat miqyosida) va yirik (respublika miqyosida) tiplarga ajratilib, kichik tipda - arxitektura va qurilish, hunarmandchilik, agrar soha, tibbiyot; o‘rta tipda - arxitektura va qurilish, menejment va iqtisodiyot, transport, tibbiyot; yirik tipda - davlat xizmatlari, menejment va iqtisodiyot, madaniyat va san’at, fan va texnika tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan;
zamonaviy shaharsozlikda yoshlarni kasbga yo‘naltirish markazlarini yaratishda o‘quv amaliy laboratoriya (robotsozlik, sun’iy intellekt (AI), kiberxavfsizlik, biolaboratoriya), amfiteatr, kutubxona, sport klubi, suv havzalari, dam olish maskanlarining hajmiy-rejaviy echimlarini milliy arxitekturaning an’anaviy uslubidan foydalangan holda ishlab chiqish tarbiyalanuvchida mahalliy qurilish xomashyolari to‘g‘risida taassurot uyg‘otish ko‘nikmasini shakllantirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ijodkor yoshlarning kasbga yo‘naltirish ilmiy markazi binolarini arxitekturaviy takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysining Axsikent, Munchoqtepa, Mug‘tepa, Buonamozor singari tarixiy shaharlarida ustoz-shogird xonalari, maxsus xom-ashyo ombori, shogirdlar yotoqxonasi, buyumga ishlov berish xonasi, saboqxona kabi xonalarni jamlagan obektlarning mavjudligi ushbu hududlarda kasb-hunar markazlarining o‘rta asrlardanoq shakllanganligidan dalolat berishi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi 09-06/12835-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi qadimgi manbalarda shaharda kasb-hunar markazlarining joylashuvi, shaharsozlik echimlarining muvofiqlashtirilishi kabi tushunchalarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish imkonini bergan;
kasbga yo‘naltirish markazlari tipologiyasida tomosha, ko‘ngil ochar hamda kasbga yo‘naltirish bloklari muhim ahamiyat kasb etishi asoslanib, ushbu tipologiya madaniy dam olish (amfiteatr, teatr) va sotuv bloklarini kiritish hisobiga olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi 09-06/12835-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Farg‘ona vodiysida shaharsozligining genetik asoslarini belgilash hamda arxitektura an’analarining zamonaviy taraqqiy etganligi xususida aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan;
kasbga yonaltirish markazlarining rejaviy-tarkibiy tuzilishi kichik (tuman miqyosida), o‘rta (viloyat miqyosida) va yirik (respublika miqyosida) tiplarga ajratilib, kichik tipda - arxitektura va qurilish, hunarmandchilik, agrar soha, tibbiyot; o‘rta tipda - arxitektura va qurilish, menejment va iqtisodiyot, transport, tibbiyot; yirik tipda - davlat xizmatlari, menejment va iqtisodiyot, madaniyat va san’at, fan va texnika tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etishi ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi 09-06/12835-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysi tuman, shahar va viloyat markazlari hududlarida kasbga yo‘naltirish markazlari arxitekturaviy kompozisiyasining boyishiga va kasb o‘ganuvchilarga qulay imkoniyatlar yaratilishiga erishilgan;
zamonaviy shaharsozlikda yoshlarni kasbga yo‘naltirish markazlarini yaratishda oquv amaliy laboratoriya (robotsozlik, sun’iy intellekt (AI), kiberxavfsizlik, biolaboratoriya), amfiteatr, kutubxona, sport klubi, suv havzalari, dam olish maskanlarining hajmiy-rejaviy echimlarini milliy arxitekturaning an’anaviy uslubidan foydalangan holda ishlab chiqish tarbiyalanuvchida mahalliy qurilish xomashyolari to‘g‘risida taassurot uyg‘otish ko‘nikmasini shakllantirishi asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi 09-06/12835-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysida qurilgan kasbga yo‘naltirish markazlar tipologiyasi haqidagi ma’lumotlarni yangilanishiga imkoniyat oshgan.