Eshatov Ikrom Qo‘zievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston viloyatlari markazlarida savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini arxitektura-loyihaviy shakllantirish xususiyatlari” 18.00.02 -Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/A46.
Ilmiy rahbar: Xidirov Muxsin Mixaylovich, arxitektura nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim; Usmanov Muradxan Saidmaxmudovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zshaharsozlik LITI DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston viloyatlarida savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini shakllantirishda me’moriy-rejaviy tashkillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston viloyatlarida piyodalar va transport harakatini ratsional tashkil qilish, tirbandliklarning oldini olish hamda vaqt sarfini tejash maqsadida markaziy shaharlarga kirish va chiqish yo‘llarida zamonaviy savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini kompleks tarzda shakllantirish samaradorligi asoslangan;
aglomeratsiya doirasida savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini eng yaqin (shahar yoki tuman hududlaridan chiqish joylarida), oraliq (shaharlararo yoki tumanlararo) hamda mintaqaviy (viloyatlararo) hududlarda rejalashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
viloyatlarning tabiiy-geografik jihatdan turli mintaqalarda joylashganligi, ko‘proq quruq va jazirama issiq iqlimning barcha mintaqalarga xos ekanligiga ko‘ra savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini loyihalashda ochiq (Jizzax shahri), yarim ochiq (Qarshi shahri) va yopiq (Urganch shahri) turdagi arxitektura-fazoviy echimlardan foydalanish zarurati asoslab berilgan;
Qarshi, Jizzax va Urganch shaharlarida savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini hududlarning oziga xos shaharsozlik talablari (hududiy joylashuvi, iqlimi, rejaviy tuzilishi) asosida funksional-rejaviy (jamoat, shaxsiy, xo‘jalik, transport) jihatdan samarali sxema zonasi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston viloyatlari markazlarida savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini arxitektura-loyihaviy shakllantirish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston viloyatlarida piyodalar va transport harakatini ratsional tashkil qilish, tirbandliklarning oldini olish hamda vaqt sarfini tejash maqsadida markaziy shaharlarga kirish va chiqish yo‘llarida zamonaviy savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini kompleks tarzda shakllantirish samaradorligi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 maydagi 09-06/5481-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi hozirgi davrning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, mazkur sohalarda yangi sahifalarni ochib berish imkonini bergan;
aglomeratsiya doirasida savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini eng yaqin (shahar yoki tuman hududlaridan chiqish joylarida), oraliq (shaharlararo yoki tumanlararo) hamda mintaqaviy (viloyatlararo) hududlarda rejalashtirish yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 maydagi 09-06/5481-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi xususan, aglomeratsion savdo majmualarini tashkil etganligi Samarqand shahridagi ko‘ksaroy savdo majmuasi loyiha ishlarida qatnashish orqali aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan;
viloyatlarning tabiiy-geografik jihatdan turli mintaqalarda joylashganligi, ko‘proq quruq va jazirama issiq iqlimning barcha mintaqalarga xos ekanligiga ko‘ra savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini loyihalashda ochiq (Jizzax shahri), yarim ochiq (Qarshi shahri) va yopiq (Urganch shahri) turdagi arxitektura-fazoviy echimlardan foydalanish yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 maydagi 09-06/5481-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi qadimgi tarixiy shaharlarda joylashuvi, shaharsozlikning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish imkonini bergan;
Qarshi, Jizzax va Urganch shaharlarida savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini hududlarning oziga xos shaharsozlik talablari (hududiy joylashuvi, iqlimi, rejaviy tuzilishi) asosida funksional-rejaviy (jamoat, shaxsiy, xo‘jalik, transport) jihatdan samarali sxema zonasi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 maydagi 09-06/5481-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi eksperimental loyihalarning viloyat markaziy shaharlarga kirish va chiqish qismlar asosida shakllanishi, shaharsozligining asoslarini belgilash imkonini bergan.