Toshpo‘latova Mehriniso Qilichevnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘qitishda korpusga asoslangan yondashuvning nazariy va amaliy asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2279.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Saimnazarova Dilnoza Abdune’matovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda korpusga asoslangan yondashuvning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish va mazkur yondashuvning samaradorligini dalillash, ushbu yondashuvni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til korpusi, uning turlari va korpusga oid tushunchalarining pedagogik mazmuni hamda ahamiyati til o‘qitishda foydalanish imkonini beruvchi “BNC”, “BAWE”, “Longman Learner Corpus” kabi til korpuslarini ingliz tili o‘qitishda leksik va grammatik kompetensiyalarni rivojlantirishning korpusga asoslangan yondashuvini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish asosida aniqlashtirilgan;
ingliz tilini korpusga asoslangan yondashuv asosida o‘qitish tizimi talabalarning ingliz tilidagi lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishda korpusga asoslangan yondashuvning samaradorligini ta’minlovchi algoritmi hamda pedagogik jarayonini ishlab chiqish hamda uning o‘ziga xos xususiyatlarini metodik jihatdan tavsiflash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda talabalarning leksik va grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi OTMlarda filolog mutaxassislarni tayyorlashga qo‘yiladigan malaka talablari, fan dasturlari va darsliklarni korpus lingviatikasini hamda korpusga asoslangan yondashuvning til o‘rganish aspektidagi pedagogik mohiyatini asoslash orqali takomillashtirilgan;
talabalarining lingvistik kompetensiyalarini korpusga asoslangan yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyasi korpus lingviatikasiga asoslangan “Data-driven learning” (“Ma’lumotlarga asoslangan o‘rganish”) hamda “Do it yourself” (“O‘zing bajar”) kabi yangi metodikalarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda korpusga asoslangan yondashuvning nazariy va amaliy asoslari mavzusi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
til o‘qitishda foydalanish imkonini beruvchi “BNC”, “BAWE”, “Longman Learner Corpus” kabi til korpuslarini ingliz tili o‘qitishda leksik va grammatik kompetensiyalarni rivojlantirishning korpusga asoslangan yondashuvini ta’lim amaliyotiga amaliy tatbiq etish asosida aniqlashtirilgan til korpusi, uning turlari va korpusga oid tushunchalarining pedagogik mazmuni hamda ahamiyatiga oid tavsiyalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 21 dekabrdagi 01/4-3525-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili mashg‘ulotlarida pedagogik korpus turlaridan foydalanishni ommalashtirishga erishilgan;
talabalarning ingliz tilidagi lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishda korpusga asoslangan yondashuvning samaradorligini ta’minlovchi algoritmi hamda pedagogik modelini ishlab chiqish hamda uning o‘ziga xos xususiyatlarini metodik jihatdan tavsiflash asosida takomillashtirilgan ingliz tilini korpusga asoslangan yondashuv asosida o‘qitish tizimi bo‘yicha tavsiyalardan Erasmus+ 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP PAWER loyihasi dasturi (Italiya) hamda Erasmus+ 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP PAWER loyihasi dasturi (Italiya) doirasida «PAWER –Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash» mavzusidagi loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan treninglarda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023 yil 8 fevraldagi 02/01-01-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, korpusga asoslangan yondashuv orqali talabalarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan;
korpus lingviatikasiga asoslangan “Data-driven learning” (“Ma’lumotlarga asoslangan o‘rganish”) hamda “Do it yourself” (“O‘zing bajar”) kabi yangi mualliflik metodikalarini ishlab chiqish hamda uni o‘qitish jarayoniga tatbiq etish mexanizmini taklif etish asosida takomillashtirilgan talabalarining lingvistik kompetensiyalarini korpusga asoslangan yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyasiga oid tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 21 dekabrdagi 01/4-3525-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning leksik va grammatik kompetensiyalari korpusga asoslangan yondashuv orqali rivojlanishini ta’minladi va modullar bo‘yicha yaratilgan o‘quv-uslubiy majmualar va dars ishlanmalar mazmunan boyitilgan;
OTMlarda filolog mutaxassislarni tayyorlashga qo‘yiladigan malaka talablari, fan dasturlari va darsliklarni korpus lingviatikasi nuqtai nazaridan tahlil qilish hamda korpusga asoslangan yondashuvning til o‘rganish aspektidagi pedagogik mohiyatini metodik jihatdan asoslash orqali takomillashtirilgan ingliz tilini o‘qitishda talabalarning leksik va grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasiga doir mulohazalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasida bevosita efirga uzatilib kelinayotgan “Hududlar hayoti” va “Millat va ma’naviyat” dasturini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokomraniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023 yil 3 fevraldagi O‘z\Rv- 23-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning bilim darajasining oshishiga va zamonaviy til o‘qitish va o‘rganish vositalaridan foydalanishni o‘quv jarayoniga kiritish, til o‘rganish qobiliyati, lingvistik kompetensiyalarining rivojlanishiga xizmat qilgan.