Bijanov Alibi Kdirbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnikaviy oliy ta’lim muassasalarida simulyasion yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish (“Elektr ta’minoti asoslari” fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4091.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc 03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedegogika fanlari doktori, professor; Oteniyazov Rashit Idirisovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnikaviy oliy ta’lim muassasalarida simulyasion yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish imkoniyatlari texnikaviy oliy ta’lim muassasalarida “Elektr ta’miynoti asoslari” fanining nazariyasi va amaliyotini texnik jarayonlar bilan o‘zaro integratsiyalash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish tamoyillariga (tajriba, sifat, teskari aloqa, individual muloqat) ustuvirlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish mazmuni “Talaba = ta’lim + simulyasion muhit + ishlab chiqarish”ning uzviyligini ta’miynlashga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlarda nostandart va murakkab texnologik vaziyatlarni yaratish asosida muhandislik jarayonlarni immersiv sezishga doir simulyativ ta’limning an’anaviy ta’lim bilan identivligini ta’miynlash orqali takomillashtirilgan;   
texnikaviy oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik modeli tarkiviy, tashkiliy va tashxis komponentlarining yaxlitligini ta’miynlashga yo‘naltirilgan “Elektr ta’miynoti asoslari” fanining o‘quv materillarini simulyasion taqdim etishga doir amaliy va virtual simulyasion laboratoriya mashg‘ulotlari hamda mustaqil ishlarni uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
muhandislik bilimlarning fundamentalligi tamoyiliga ustuvorlik berish asosida “Elektr ta’miynoti asoslari” fanini o‘qitish metodikasi virtual simulyasion laboratoriya ishlab chiqish, uni veb tizim ko‘rinishida faollashtirish, o‘quv kontentlarini takibiy boyitish va o‘qitishning integrativ tizimlarini texnik ta’lim jarayonlariga qo‘llashning dasturiy algoritmini yaratish orqali mobil gadjet va kompyuterlarga moslashtirilgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnikaviy oliy ta’lim muassasalarida simulyasion yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish imkoniyatlari texnikaviy oliy ta’lim muassasalarida “Elektr ta’miynoti asoslari” fanining nazariyasi va amaliyotini texnik jarayonlar bilan o‘zaro integratsiyalash orqali o‘qitish samarasorligini oshirish tamoyillariga (tajriba, sifat, teskari aloqa, individual muloqat) ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5310200 – Elektr energetikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Elektr ta’miynoti asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-93-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish mazmuni “Talaba = ta’lim + simulyasion muhit + ishlab chiqarish” ning uzviyligini ta’miynlashga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlarda nostandart va murakkab texnologik vaziyatlarni yaratish asosida muhandislik jarayonlarni immersiv sezishga doir simulyativ ta’limning an’anaviy ta’lim bilan identivligini ta’miynlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat texnika universitetida bajarilgan IOT-2021-23 raqamli “Sanoat korxonalarining energiya iste’moli monitoringi uchun avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot yaratish” (2021-2023 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat texnika universitetining 2022 yil 9 noyabrdagi 01/9-14-3711-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnikaviy oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetenligini oshirish samaradorligini oshirishga doir dasturiy ta’miynot kontentlari takomillashtirilgan;
texnikaviy oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda “Elektr ta’miynoti asoslari” fanini o‘qitish metodikasini va o‘quv materillarini simulyasion taqdim etishga doir amaliy va virtual simulyasion laboratoriya mashg‘ulotlari hamda mustaqil ishlarni uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga, virtual simulyasion laboratoriyalar ishlab chiqish va ularni texnik ta’lim jarayonlarida qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat texnika universitetida bajarilgan A-3-82 raqamli “Qora metallurgiya korxonalarining elektrda po‘lat eritish pechlarida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish usullari” (2017-2019 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat texnika universitetining 2023 yil 6 maydagi 01/9-14-1389-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarning loyihalash-konstruktorlik kompetentligini shakllantirish samarodorligini oshirishga erishilgan.  
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish