Tangrikulov Jamshid Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Davriy matbuotda O‘zbekistonning qayta qurish yillaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlari tarixi”, 07.00.01- “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1243.
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Otamuratovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; Isaev Oybek Axmed o‘g‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davriy matbuotda O‘zbekistonning qayta qurish yillaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlari tarixini o‘rganish hamda uni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston SSRda faoliyat olib borgan gazeta va jurnallar 1985-yildan boshlab KPSS va uning hududlardagi organlari rasmiy axborot sahifasi, balandparvoz chaqiriq va shiorlar, barchani yanada ko‘proq ishlash, mehnat qilishga chorlovchi vositadan tanqidiy mulohazalar, zararli illatlar, yutuqlar bilan birga kamchiliklarning oqibatlarini ko‘rsatib beruvchi muhim propaganda vositasiga aylanib borgani ochib berilgan;
nashr etilgan gazeta va jurnallar 1987-yildan boshlab qayta qurishning haqiqiy ijtimoiy quroliga aylanib, jamiyatning fikrini boshqarishga harakat qilganligi, “ko‘proq demokratiya” va “ko‘proq oshkoralik”dan boshlangan islohotlar mamlakatda muholifat kuchlarning birlashishiga sharoit yaratib bergani, matbuotda ko‘tarilgan muammolarning ortib borgani holda ularning echimi bo‘lmasligi oqibatida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga zarar etkazilgani dalillangan;
qayta qurish yillarida matbuot sahifalaridagi doimiy “jadallashtirish” va “qayta qurish”ga da’vat qishloq xo‘jaligi moddiy-texnik bazasining etarli darajada ta’minlanmaganligi, erlarning meliorativ holatining yomonlashuvi, ishlab chiqarishda ekstensiv usullarning ustun bo‘lishi, mahsulot ishlab chiqarishning miqdor va sifati, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib kelgani ochib berilgan;
1985-1990-yillar matbuotining davriy kuzatuvi natijasida ta’qibga uchragan Navro‘z bayrami qayta tiklangani, dinga bo‘lgan munosabat o‘zgargani, milliy til va diniy odob-axloq qoidalari, hadislar OAV orqali xalqqa etkazila boshlangani, sohalarga oid kitoblar nashr etilgani, o‘zlikni anglash jarayoni kuchaygani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qayta qurish yillari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar tarixini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston SSRda faoliyat olib borgan gazeta va jurnallar 1985-yildan boshlab KPSS va uning hududlardagi organlari rasmiy axborot sahifasi, balandparvoz chaqiriq va shiorlar, barchani yanada ko‘proq ishlash, mehnat qilishga chorlovchi vositadan tanqidiy mulohazalar, zararli illatlar, yutuqlar bilan birga kamchiliklarning oqibatlarini ko‘rsatib beruvchi muhim propaganda vositaga aylanib borganligi, Qayta qurish yillarida matbuotdagi doimiy “jadallashtirish” va “qayta qurish”ga da’vat qishloq xo‘jaligi moddiy-texnik bazasining etarli darajada ta’minlanmaganligi, erlarning meliorativ holatining yomonlashuvi, ishlab chiqarishda ekstensiv usullarning ustun bo‘lishi, mahsulot ishlab chiqarishning miqdor va sifati, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib kelganligi to‘g‘risidagi materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining “Taqdimot” ko‘rsativining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 7-noyabrdagi 02-31-1861-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda davriy matbuotda O‘zbekistonning qayta qurish yillaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlari tarixi tahliliy materiallar va nazariy xulosalar asosida jamoatchilikka taqdim qilingan;
Gazeta va jurnallar qayta qurishning haqiqiy ijtimoiy quroliga aylanib, jamiyatning fikrini boshqarishga harakat qilganligi, “ko‘proq demokratiya” va “ko‘proq oshkoralik”dan boshlangan islohotlar mamlakatda muholifat kuchlarning birlashishiga sharoit yaratib bergani, matbuotda ko‘tarilgan muammolarning ortib borgani holda ularning echimi bo‘lmasligi oqibatida O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga zarar etkazilganligi, ta’qibga uchragan Navro‘z bayrami qayta tiklangani, dinga bo‘lgan munosabat o‘zgargani, milliy til va diniy odob-axloq qoidalari, hadislar OAV orqali xalqqa etkazila boshlangani, sohalarga oid kitoblar nashr etilgani, o‘zlikni anglash jarayoni kuchaygani to‘g‘risidagi materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari uchun yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan materiallar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 14-noyabrdagi 4-13-23-3822-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishida keltirilgan ilmiy yangiliklar, amaliy taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan.