Alijonov Muslimbek Baxtiyorjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda G‘oziy Yunusning tutgan o‘rni”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1016.
Ilmiy maslahatchi: Hasanov Baxtiyor Vahapovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich tarix fanlari doktori, professor; Boltaboev Hamidulla Ubadullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda G‘oziy Yunusning tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shu vaqtgacha “G‘ozi Yunus” shaklida qayd etilib kelingan adibning ismi, To‘lqin G‘ozievning shaxsiy arxivida saqlanib qolgan qo‘lyozma shaklidagi hujjatlar hamda adibning milliy matbuotdagi maqolalarga qo‘ygan imzolari asosida “G‘oziy Yunus” – غازى يونس ekanligi isbotlangan;
G‘oziy Yunusning milliy va davriy matbuotdagi merosi asosida uning o‘ttiz ettita (37) tahallus ostida ijod faoliyatini olib borganligi, shuningdek ushbu tahalluslarning ba’zilari doimiy tarzda qo‘llanilib, qolganlari vaqtinchalik tahalluslar bo‘lganligi aniqlangan;
XX asr boshlarida nashr etilgan “Najot”, “Turon”, “Ishtirokiyun”, “Zarafshon”, “Qizil bayroq”, “Turkiston”, “Qizil O‘zbekiston” gazetalari  hamda “Ishchilar dunyosi”, “Mushtum”  va “Bilim o‘chog‘i” jurnallarida chop etilgan maqolalar orqali  G‘oziy Yunusning Turkiston milliy va davriy matbuotida muhim o‘rin tutganligi dalillangan;
G‘oziy Yunusning XX asr boshlaridagi o‘zbek dramaturgiya tarixi rivojida tutgan mavqeyi uning Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari instituti hamda To‘lqin G‘ozievning shaxsiy arxivida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlari orqali ilk bor tarixiylik tamoyili asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda G‘oziy Yunusning tutgan o‘rni bo‘yicha tadqiqotning ilmiy-nazariy natijalari asosida:
shu vaqtgacha “G‘ozi Yunus” shaklida qayd etilib kelingan adibning ismi, To‘lqin G‘ozievning shaxsiy arxivida saqlanib qolgan qo‘lyozma shaklidagi hujjatlar hamda adibning milliy matbuotdagi maqolalarga qo‘ygan imzolari asosida “G‘oziy Yunus” – غازى يونس ekanligi isbotlanganligi, G‘oziy Yunusning mustamlaka Turkistonida milliy matbuot va noshirlikni joriy etishdagi o‘rni va roli, u tomonidan e’lon qilingan “Najot”, “Turon”,  “Ishtirokiyun”, “Zarafshon”, “Qizil bayroq”, “Turkiston”, “Zarafshon” gazetalarida hamda “Ishchilar dunyosi”, “Mushtum”  va “Bilim o‘chog‘i” jurnallarida chop etilgan maqolalarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, madaniy va diniy hayotida katta o‘rin tutganligi, G‘oziy Yunusning Baroqxon madrasasida o‘n yil davomida tahsil olgani, arab, fors, turk, tatar, ozar tillarini mukammal bilgani, madrasadagi tahsilini tugatgach bir muddat mudarrislik faoliyati bilan shug‘ullanganligiga doir ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Mavzu” ko‘rsatuvining G‘oziy Yunusga bag‘ishlangan sonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-fevraldagi 02-32-222-son ma’lumotnomasi). Natijada, G‘oziy Yunusning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
G‘oziy Yunusning milliy va davriy matbuotdagi merosi asosida uning o‘ttiz ettita (37) tahallus ostida ijod faoliyatini olib borganligi, shuningdek ushbu tahalluslarning ba’zilari doimiy tarzda qo‘llanilib, qolganlari vaqtinchalik tahalluslar bo‘lganligi aniqlanganligi, G‘oziy Yunusning XX asr boshlaridagi o‘zbek dramaturgiya tarixi rivojida tutgan mavqeyi uning Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari instituti hamda To‘lqin G‘ozievning shaxsiy arxivida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlari orqali ilk bor tarixiylik tamoyili asosida isbotlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-avgustdagi tashabbusi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qarori asosida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining arxiv-fondi va ekspozisiyasini boyitishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari muzeyining 2023-yil 16-fevraldagi 67-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar mazkur davrni faktik materiallar bilan to‘ldirishga ko‘mak berib, Turkiston ziyolilarining namoyondasi bo‘lgan va sovet tuzumi qatag‘oniga uchragan G‘oziy Yunusning ijtimoiy-siyosiy, maorif va madaniy sohalarda olib borgan ishlari va faoliyatini ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan.  
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish