Qodirova Xalimaxon Nurmuxammad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4PhD/Ped584.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Juraevna, pedagogika fanlari doktori; To‘xtasinov Dadaxon Farxadovich, pedagogika fanlari fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari o‘zini-o‘zi baholash va individual rivojlantiruvchi auto-psixologik treninglar mazmunini kasbiy o‘zlikni anglashning motivasion imkoniyatlari bilan o‘zaro adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini rivojlantirish jarayoni fikrlash va ong darajalarining verbal va noverbal muloqotdagi nutq rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan mantiqiy tafakkurni shakllantirish hamda faol va pozitiv nutqni rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish samaradorligi ob’ektiv va sub’ektiv komponentlarning bir-birini to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi axborot-kommunikatsion hamda madaniy-estetik sifatlarining dinamik namoyon bo‘lishi barqarorligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini rivojlantirish modeli ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan an’anaviy va noan’anaviy didaktik imkoniyatlar mazmunini pedagogik maqsadlar tadbiqiga yo‘naltirilgan imitatsion didaktik o‘yinlar, erkin topshiriqlar mazmuni bilan idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari o‘zini-o‘zi baholash va individual rivojlantiruvchi auto-psixologik treninglar mazmunini kasbiy o‘zlikni anglashning motivasion imkoniyatlari bilan o‘zaro adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-086 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion ta’lim muhitida diagnostik madaniyatning didaktik modeli, diagnostik tafakkur va ongni shaklllantirish bosqichlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini rivojlantirish jarayoni fikrlash va ong darajalarining verbal va noverbal muloqotdagi nutq rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan mantiqiy tafakkurni shakllantirish hamda faol va pozitiv nutqni rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-086 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini innovatsion ta’lim muhitida shakllatirish mohiyatini aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish samaradorligi ob’ektiv va sub’ektiv komponentlarning bir-birini to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi axborot-kommunikatsion, hamda madaniy-estetik sifatlarining dinamik namoyon bo‘lishi barqarorligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-086 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim mazmuni bilan birga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim darajasi oshirilishi hamda diagnostik madaniyatni innovatsion ta’lim muhitida shakllantirish imkoniyatlari aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini rivojlantirish modeli ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan an’anaviy va noan’anaviy didaktik imkoniyatlar mazmunini pedagogik maqsadlar tadbiqiga yo‘naltirilgan imitatsion didaktik o‘yinlar, erkin topshiriqlar mazmuni bilan idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-086 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion ta’lim muhitida diagnostik madaniyatning pedagogik-psixologik shartlari autopsxologik treninglarni qo‘llashga sharoit yaratilgan.