Jumaeva Shohida Chorievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda chorvachilikning rivojlanishi va taraqqiy etishi: natijalar va muammolar (Mustaqillik yillarida Surxon vohasi misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1087.
Ilmiy rahbar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akram Mo‘minovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Axmedov Bekzod Abdiraxmonovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Surxon vohasida chorvachilikning rivojlanish va taraqqiy etish jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotga ko‘rsatgan ta’siri, sohadagi muammolarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati hududida chorvachilik uchun eng qulay joylar Boysun, Ko‘hitang, Bobotog‘ tizmasi va Tebat dashtidagi yaylovlar ekanligi, bu hududlarda Evropadan olib kelingan qora-ola, shves, bushuev, santa-gertruda zotli qoramollar hamda mahalliy chibalang, isliqi, hisori, ko‘rg‘o‘za kabi qo‘y turlari boqilayotganligi aniqlangan;
chet davlatlardan keltirilgan angor zotli echki turlarini urchitish ishlari Denov, Termiz tumanlarida yo‘lga qo‘yganligi, Boysun va Sariosiyo tumanlarida qulay suv va iqlim sharoitlari borligi sababli baliqning farel, oq amur, do‘ng peshona, sudak va zog‘ora turlari ko‘paytirilib, eksport qilinayotganligi dalillangan;
mustaqillikning ilk yillarida Navro‘z, Oqqapchig‘ay, Sayxon, Bobotog‘, Hisor chorvachilik xo‘jaliklari hamda Sayrob naslchilik zavodida zootexnik, veterinar va naslchilik bo‘yicha mutaxassislarning etishmasligi natijasida Termiz, Boysun va Qumqo‘rg‘on qishloq xo‘jalik kollejlarida chorvachilik sohasida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar tayyorlash tizimining yo‘lga qo‘yilganligi dalillangan;
Surxondaryoning tabiiy sharoitidan kelib chiqib keng yaproqli tut navlari yaratilishi natijasida voha pillachilari ipak qurtidan yiliga uch marta hosil olayotganliklari, tovuqning “sisarka”, “avikolor”, “avstralorp”, “azil”, “amroks”, “ankona” singari turlari ko‘paytirilishi natijasida chorvador aholi daromad olayotgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda chorvachilikning rivojlanishi va taraqqiy etishi: natijalar va muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Surxondaryo viloyati hududida chorvachilik uchun eng qulay joylar Boysun, Ko‘hitang, Bobotog‘ tizmasi va Tebat dashtidagi yaylovlar ekanligi, bu hududlarda Evropadan olib kelingan qora-ola, shves, bushuev, santa-gertruda zotli qoramollar hamda mahalliy chibalang, isliqi, hisori, ko‘rg‘o‘za kabi qo‘y turlari boqilayotganligi, mustaqillikning ilk yillarida Navro‘z, Oqqapchig‘ay, Sayxon, Bobotog‘, Hisor chorvachilik xo‘jaliklari hamda Sayrob naslchilik zavodida zootexnik, veterinar va naslchilik bo‘yicha mutaxassislarning etishmasligi natijasida Termiz, Boysun va Qumqo‘rg‘on qishloq xo‘jalik kollejlarida chorvachilik sohasida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar tayyorlash tizimining yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 oktyabrdagi 02-31-1678-son ma’lumotnomasi). Natijalar, mintaqada fermer xo‘jaliklari va klaster tizimi uchun mutaxassislarini ko‘proq ish bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, sotish, qayta ishlash bilan bog‘liq jihatlarini ochib berishda xizmat qilgan;
chet davlatlardan keltirilgan angor zotli echki turlarini urchitish ishlari Denov, Termiz tumanlarida yo‘lga qo‘yganligi, Boysun va Sariosiyo tumanlarida qulay suv va iqlim sharoitlari borligi sababli baliqning farel, oq amur, do‘ng peshona, sudak va zog‘ora turlari ko‘paytirilib, eksport qilinayotganligi, Surxondaryoning tabiiy sharoitidan kelib chiqib keng yaproqli tut navlari yaratilishi natijasida voha pillachilari ipak qurtidan yiliga uch marta hosil olayotganliklari, tovuqning “sisarka”, “avikolor”, “avstralorp”, “azil”, “amroks”, “ankona” singari turlari ko‘paytirilishi natijasida chorvador aholi daromad olayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 21 dekabrdagi 400-son ma’lumotnomasi). Bu esa, eksport bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari rahbar va xodimlarning kasbiy malakalarini oshirishga xizmat qilgan.