Karimova Feruza Mo‘minovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot.         
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “O‘zbek folklorida olovga aloqador qarashlarning badiiy talqin xususiyatlari”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil 2738.
Ilmiy rahbar: Hayitov Shavkat Ahmadovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Sariev San’atjon Matjonboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nurmanov Furqat, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek folklorida olov kultiga aloqador qadimgi qarashlar asosida shakllangan obraz, motiv, ramz, timsollar hamda olov analoglarining badiiy talqin xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek folklorida olov kultiga ishonchning  xalq og‘zaki poetik ijodidagi turli ma’no munosabat ifodalashi, olov kulti, olov magiyasi, olovga e’tiqodning qadimiy ildizlari hamda olovga xos rudimentlar, olov atributlari, olov xos anologlarning badiiy talqin asoslari, shakllanish ildizlari ochib berilgan;
olovning suv, daraxt, qush, ot kabilar bilan bog‘liqlikdagi folklor namunasi matnlarida estetik ifoda xususiyatlari, uning diniy-etnografik hamda folkloristik     jihatdan mantiqiy omillari, epik va xalq qo‘shiqlaridagi umummilliy, etnomadaniy,  lirik talqin xususiyatlari aniqlangan;
o‘zbek folklorida olov va uning analoglari xalq og‘zaki ijodining paremik, epik, liroepik turlar doirasida,  afsona, rivoyat, ertak, naql va dostonlarda ramziy-timsoliy obraz hamda epik motiv sifatida keltirilishi dalillangan;
tug‘ilish, to‘y, motam, davolash jarayonlariga oid o‘zbek xalq marosim folklorida olovga ritual munosabatlarning qadimiy etnomadaniy hamda etnofolkloristik ifodasi va unga ishonch bilan bog‘liq marosimiy qo‘shiqlar matnidagi e’tiqodiy qarashlar bilan bog‘liq  poetik xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek folklorida olov kultiga ishonchning  xalq og‘zaki poetik ijodidagi turli ma’no munosabat ifodalashi, olov kulti, olov magiyasi, olovga e’tiqodning qadimiy ildizlari hamda olovga xos rudimentlar, olov atributlari, olov xos anologlarning  badiiy talqin asoslari, shakllanish ildizlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1- 005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 y.y) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 17-yanvardagi 212-son ma’lumotnomasi). Natijada olov kultiga ishonch bilan bog‘liq obrazlarning ramziy-timsoliy belgilari, poetik vazifalarini ochib berishda manba sifatida xizmat qilgan;
olovning suv, daraxt, qush, ot kabilar bilan bog‘liqlikdagi folklor namunasi matnlarida estetik ifoda xususiyatlari, uning diniy-etnografik hamda folkloristik     jihatdan mantiqiy omillari, epik va xalq qo‘shiqlaridagi umummilliy, etnomadaniy,  lirik talqin xususiyatlari ilmiy-nazariy qarashlardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan A-OT-2021-2 raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” (20120-20201 y.y.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 7-yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada inson ruhini poklashdagi o‘rni, xalqning davolash magiyasiga ishonchi asosida an’anaga aylanib, hozirgacha saqlanib kelayotgani fikrlar, ayrim misollar tibbiy evfemizmlar lug‘atiga singdirilgan;
o‘zbek folklorida olov va uning analoglari xalq og‘zaki ijodining paremik, epik, liroepik turlar doirasida,  afsona, rivoyat, ertak, naql va dostonlarda ramziy-timsoliy obraz hamda epik motiv sifatida keltirilishi “Buxoro” telekanalining “Jahon tamadduni durdonalari”, “Asrlarning asraganlari”, “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvlarida tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borish orqali unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat bo‘limining 2022-yil 6-oktyabrdagi 1/259-son ma’lumotnomasi). Natijada  ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish