Babojonov Dilmurod Kamilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi tarixi (1920–2020 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar848.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saribaev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, professor; Xudayberganov Komiljon, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zR FA Qoraqalpogʻiston bo‘limi, Qoraqalpogʻiston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasini tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Ichanqal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi tashkil etilguniga qadar, Xiva xonligi va Xorazm xalq respublikalari davrida ham tarixiy obidalarni saqlash, osori-atiqalarni to‘plash amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi, shu maqsaddagi ishlarga alohida mablag‘larning yo‘naltirilganligi vohada keyinchalik muzeylar faoliyatini shakllanishiga xizmat qilgani isbotlangan;
XX asr boshiga kelib, mahalliy ziyoli qatlam vakillaring faoliyatida madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishga e’tiborning kuchayganligi vohada muzeylar va turli mavzulardagi ekspozisiyalarni tashkil etish, jamiyatda muzeylarning rolini oshirishga hissa qo‘shgani ochib berilgan;
sovet davrida muzeylarni sotsialistik qurilish xizmatiga jalb etilishi va “madaniy inqilob” quroliga aylantirilishi oqibatida XX asrning 30-yillariga kelib, muzeylar madaniyat sohasining ikkinchi darajali tarmog‘iga aylanib qolganligi, teatrlar sahnalarida eksponatlardan foydalanish va muzey fondlari omborxonalarining tugatilishi muzey kolleksiyalarida yo‘qotishlarga olib kelgani dalillangan;
mustaqillik yillarida “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyatining tubdan yaxshilanishi, ko‘plab tarixiy-me'moriy obidalarning ta’mirlanishi, muzey fondi eksponatlarining boyitilishi va zamonaviy muzeyshunoslik tamoyillari asosida yangi ekspozisiyalarning tashkil etilishiga e’tiborning davlat siyosati darajasida kuchayganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi tarixi (1920–2020 yy.) masalasini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
“Ichanqal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi tashkil etilguniga qadar, Xiva xonligi va Xorazm xalq respublikalari davrida ham tarixiy obidalarni saqlash, osori-atiqalarni to‘plash amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi, shu maqsaddagi ishlarga alohida mablag‘larning yo‘naltirilganligi vohada keyinchalik muzeylar faoliyatini shakllanishiga xizmat qilgani isbotlanganligi yuzasidan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasining “Qadimgi Xorazm tarixi”, “Xorazm kulolchilik tarixi”, “Xorazm tasviriy san’ati”, “Xudaybergan Devanov” va “Ogahiy uy muzeyi” ekspozisiyalarini boyitishda, bir qator o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 5 avgustdagi 03-17-02G‘4727-son ma’lumotnomasi). Natijada Xiva shahri bo‘ylab ekskursiyalar o‘tkazuvchi gid-ekskursavodlar, ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar, muzey ilmiy xodimlari ish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
XX asr boshiga kelib, mahalliy ziyoli qatlam vakillaring faoliyatida madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishga e’tiborning kuchayganligi vohada muzeylar va turli mavzulardagi ekspozisiyalarni tashkil etish, jamiyatda muzeylarning rolini oshirishga hissa qo‘shgani ochib berilganligi yuzasidan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti tomonidan “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida saqlanayotgan eksponatlarning ilmiy ma’lumotnoma apparatlarini shakllantirish xususan ilmiy pasportlarini tayyorlashda, noyob fotolarni sharhlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2021 yil 23 iyuldagi 01-02-6MG‘1313-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan ma’lumotlar Xorazm viloyatining turistik salohiyatini oshirishga xizmat qilgan;
sovet davrida muzeylarni sotsialistik qurilish xizmatiga jalb etilishi va “madaniy inqilob” quroliga aylantirilishi oqibatida XX asrning 30-yillariga kelib, muzeylar madaniyat sohasining ikkinchi darajali tarmog‘iga aylanib qolganligi, teatrlar sahnalarida eksponatlardan foydalanish va muzey fondlari omborxonalarining tugatilishi muzey kolleksiyalarida yo‘qotishlarga olib kelgani dalillanganligi yuzasidan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “Ichan-qal’a” arxitektura yodgorliklarini saqlash va ta’mirlash jaryonlari borasidagi ilmiy ma’lumotlardan Xivada muzey tashkil etilganligining 100 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 1 iyuldagi 02-40-1108-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvda Xiva xonligi Qo‘ng‘irotlar davriga oid madaniy yodgorliklar, tarixiy eksponatlarning tarixiy xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyatining tubdan yaxshilanishi, ko‘plab tarixiy-me'moriy obidalarning ta'mirlanishi, muzey fondi eksponatlarining boyitilishi va zamonaviy muzeyshunoslik tamoyillari asosida yangi ekspozisiyalarning tashkil etilishiga e’tiborning davlat siyosati darajasida kuchayganligi ochib berilganligi yuzasidan xulosalar Qadimgi Xorazm va zardushtiylik dini tarixiga oid eksponatlarning ilmiy pasportlarini yozishda, shuningdek, fondda saqlanayotgan qo‘lyozma manbalar asosida ilmiy burchaklarni tashkil etishda va Avesto kitobining ekspozisiyalarda aks ettirilishi bo‘yicha tadqiqot natijalaridan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limida yangi ko‘rgazmalar tashkil qilish va sayyohlarga axborot berishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 18.08.2021 yil 18 avgustdagi 01-16-son ma’lumotnomasi). Natijada “Avesto” muzeyi faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etgan.