Jafarov Botir Sattarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kodeks kumanikus” hamda “Tarjumon turkiy va ajamiy va mo‘g‘liy va forsiy” qo‘lyozmalarining qiyosiy tahlili, 10.00.06 – Qiysiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fil173.
Ilmiy maslahatchi: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.032021.Fil.76.05 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Muzaffar Raxmonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukirivich, filologiya fanlari doktori, professor; Pier Giorgio Borbona, Italiya davlatining Piza universiteti professori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Kodeks kumanikus” va “Tarjumon turkiy” obidalarini adabiy-lisoniy manba sifatidagi tarkibi va mazmuni ochib berish, ulardagi quman tiliga yozilgan lotincha, turkiy (qipchoq) tilga yozilgan arabcha izohlarni tarjimalarini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oltin O‘rda hamda Mamluklar davrida turkiy adabiyot ravnaqi tarixida alohida o‘rin tutadigan “Kodeks kumanikus” va “Tarjumon turkiy” obidalaridagi turkiy lug‘atlar asosida qo‘lyozmalarning o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tarixidagi lisoniy, adabiy hamda madaniy jihatdan nodir va noyob manba ekanligi aniqlangan;
qo‘lyozmalardagi lug‘atchilik an’analarini muqoyasa qilish orqali XIV asr lug‘atchilik an’anasi tarixida lug‘atlar tarkibida grammatik izohlar berish tamoyili mavjud bo‘lgani asoslangan;
“Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasida berilgan quman (turkiy) tili grammatikasiga lotin tilida yozilgan hamda “Tarjumon turkiy” qo‘lyozmasida turkiy (qipchoq) tili grammatikasiga arab tilida yozilgan izohlar ilk marotaba o‘zbek tilida ilmiy muomalaga kiritilgan;
“Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasi lotin, fors, quman (turkiy) va nemis, “Tarjumon turkiy” qo‘lyozmasi esa, arab, turkiy (qipchoq), fors va mo‘g‘il tillarida yozilganligi aniqlangan;
“Kodeks kumanikus” obidasining birinchi qismi to‘rtta kotib tomonidan, ikkinchi qismi esa o‘n oltita kotib tomonidan, “Tarjumon turkiy” obidasi esa yagona kotib tomonidan kitobat qilinganligi dalillangan;
“Kodeks kumanikus” tarkibidagi qumancha so‘zlarning 780 dan ortig‘i, “Tarjumon turkiy”dagi turkiy (qipchoq) so‘zlarning 1400 dan ortig‘i bugungi o‘zbek adabiy tilida istifoda etilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. “Kodeks kumanikus” va “Tarjumon turkiy” qo‘lyozmalarini lisoniy, adabiy hamda madaniy jihatdan muqoyasa qilish asosida:
Oltin O‘rda hamda Mamluklar davrida turkiy adabiyot ravnaqi tarixida alohida o‘rin tutadigan “Kodeks kumanikus” va “Tarjumon turkiy” obidalaridagi turkiy lug‘atlar asosida qo‘lyozmalarning o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tarixidagi lisoniy, adabiy hamda madaniy o‘rni va ahamiyati aniqlash jarayonida olingan ilmiy natijalardan, qo‘lyozmalardagi lug‘atchilik an’analarini muqoyasa qilish orqali XIV asr lug‘atchilik an’anasi tarixida lug‘atlar tarkibida grammatik izohlar berish tamoyillari haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari" mavzusidagi OT-F1-76 raqamli fundamental ilmiy loyihani (20-65 jildlar) bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili adabiyoti va folklori institutining 2022-yil 4-noyabrdagi 127-son malumotnomasi). Natijada “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish taraqqiyotini asoslash va davriylashtirish masalasini yoritish to‘g‘risidagi xuloslarni hamda o‘lan, lapar va xalq qo‘shiqlari jildlarining lug‘at qismlarini dissertatsiyion tadqiqot jarayonidan olingan ilmiy ma’lumotlar bilan boyitgan;
“Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasida berilgan quman (turkiy) tili grammatikasiga lotin tilida yozilgan hamda “Tarjumon turkiy” qo‘lyozmasida turkiy (qipchoq) tili grammatikasiga arab tilida yozilgan izohlarning qiyosiy tadqiqi asosida olingan xulosalar hamda qo‘lyozmalar tili borasidagi tadqiqotlar natijasida “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasi lotin, fors, quman (turkiy) va nemis, “Tarjumon turkiy” qo‘lyozmasi esa, arab, turkiy (qipchoq), fors va mo‘g‘il tillarida yozilganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida “Tarjumon turkiy” qo‘lyozmasining faksimil nusxasi ekspozisiyalar bo‘limida asarlarning topilishi va o‘rganilish tarixi, uning turkiy lug‘atchilik tarixidagi ahamiyatini yoritib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyining 2022-yil 24-oktyabrdagi 221-son maʼlumotnomasi). Natijada ekspozisiyaga qo‘yilgan qo‘lyozma faksimili asosida muzeyning ekspozision fondi yani materiallar bilan boyigan;
qo‘lyozmalardagi yozuvlarning qiyosiy tadqiqi asosida “Kodeks kumanikus” obidasining birinchi qismi to‘rtta kotib tomonidan, ikkinchi qismi esa o‘n oltita kotib tomonidan, “Tarjumon turkiy” obidasi esa yagona kotib tomonidan kitobat qilinganligini dalillash asosida olingan natijalar hamda “Kodeks kumanikus” tarkibidagi qumancha so‘zlarning 780 dan ortig‘i, “Tarjumon turkiy”dagi turkiy (qipchoq) so‘zlarning 1400 dan ortig‘i bugungi o‘zbek adabiy tilida istifoda etilishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Namangan viloyat televideniesining 2022-yil 7-sentyabrdagi “Guldasta” dasturida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio-kompaniyasining Namangan viloyat teleradiokompaniyasi 2022-yil 3-noyabrdagi 02-04-503-son maʼlumotnomasi). Natijada qo‘lyozmalarning nodir va noyob adabiy manbalari asosidagi va ularning qadimgi adabiyot taraqqiyotidagi ahamiyati to‘g‘risida foydali ma’lumotlar ushbu ko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy va amaliy jihatdan boyitgan.