Qoraboev Jasurbek Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida “mardlik” konseptini ifodalovchi birliklarning kognitiv va lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil66.
Ilmiy rahbar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurotovich, filologiya fanlari doktori, professor; G‘anieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “mardlik” konseptining kognitiv va lingvoqulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, o‘zbek tillarida «mardlik» kontseptual semantikasini voqelantiruvchi tilning barcha sathlariga daxldor lisoniy vositalarning invariant turlari tizimi orqali voqelantirilishi qiyosiy kognitiv tipologik asnoda isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida «mardlik» konseptini ifodalovchi til birliklarining (verbalizatorlarning) izomorfik-o‘xshash va allomorfik-farqli xususiyatlari ochib berilgan;
«mardlik» konseptini ifodalovchi leksemalarning badiiy matnlarda, shuningdek, maqol va matallardagi invariant turlari tizimining kommunikativ-pragmatik hamda struktural-semantik tahlil metodlari samaradorligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida «mardlik» kontseptini ifodalovchi til va nutq birliklarining maydon tabiati ochib berilib, undagi yadro, dominanta va periferiyaga xos verbolizatorlarning tarkibiy qismlar maqomi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida “mardlik” konsepti qo‘llanishining lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlariga doir ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
ingliz, o‘zbek tillarida «mardlik» kontseptual semantikasini voqelantiruvchi tilning barcha sathlariga daxldor lisoniy vositalarning invariant turlari tizimi orqali voqelantirilishi, ingliz va o‘zbek tillarida «mardlik» konseptining ifoda vositalarining (izomorfik) o‘xshash va (allomorfik) farqli xususiyatlariga oid ilmiy xulosalar va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar agentligi faoliyatida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 18 oktyabridagi FTA 02-11/895-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida “mardlik” konseptini ifodalovchi birliklar qiyosiy tipologik jihatdan tasniflangan hamda ularning lingvodidaktik aspektlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga tegishli echimlar berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida «mardlik» konseptini ifodalovchi birliklarning maydon tabiati va undagi yadro, dominanta va periferiyaga xos tarkibiy qismlar maqomiga doir xulosalardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 mayidagi 124-son “Uzlyuksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan o‘quv me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 martdagi 89-03-972-son ma’lumotnomasi). Natijada “Stilistika”, “Dialektologiya”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Adabiy-badiiy tahlil metodlari”, “Qiyosiy adabiyotshunoslik” va “Qiyosiy tilshunoslik” fanlarini takomillashtirish hamda o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan ingliz va o‘zbek tillarida «mardlik» konseptini ifodalovchi birliklarning qiyosiy, kognitiv-tipologik nuqtai nazardan o‘rganish tamoyillari va metodikasiga oid ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston” teleradiokanali, “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”kabi turkum ko‘rsatuvlar va eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 28 fevralidagi 04-36/318-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar mazmunli lisoniy faktlar bilan boyitildi va tomoshabinlar “mardlik” konseptini muloqotni to‘laqonli kechishidagi ahamiyati to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
ingliz, o‘zbek tillarida «mardlik» kontseptini voqelantiruvchi tilning barcha sathlariga daxldor lisoniy vositalarning invariant turlari tizimi orqali voqelantirilishi qiyosiy kognitiv tipologik asnoda isbotlanganligi Evropa ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUSQCBHE IMEP: “O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 23 fevraldagi 30-02-01/380-son ma’lumotnomasi). Natijada tilshunoslikda “konsept” tushunchasini o‘rganishda ikkita asosiy yondashuv kognitiv va lingvokulturologiyaning zamonaviy tilshunoslik fanidagi o‘rni nazariy jixatdan keng yoyilgan.