Zaribova Nafisa Umirbay qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya si himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya  mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlarida yangi va istiqbolli yasmiq navlarining mahsuldorligini o‘rganish”, 06.01.08- O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx603
Ilmiy rahbar: Sotipov G‘oyibnazar Matvapaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isroilov Inomjon Abduraxmonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida yasmiqning Darmon va Sarbon navlari urug‘larini ekish me’yorlari hamda fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish miqdorlarini o‘sishi, rivojlanishi, don hosildorligi va donning sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida yasmiqning Sarbon va Darmon navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul urug‘ sarf me’yori hamda fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish miqdorlari aniqlangan;
yasmiq navlari urug‘larini gektariga 1,5 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning P80K50 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish poya balandligini mineral o‘g‘itlar qo‘llanilmagan maydonga nisbatan “Sarbon” navida shonalash fazasida 8,0 sm, gullash fazasida 9,6 sm, dukkaklash fazasida 9,1 sm, pishish fazasida 8,2 sm gacha, “Darmon” navida esa shonalash fazasida 7,3 sm, gullash fazasida 8,5 sm, dukkaklash fazasida 10,0 sm, pishish fazasida 9,1 sm gacha, barg sathi “Sarbon” navida shonalash fazasida 37,5 sm2/tup, gullash fazasida 32,5 sm2/tup, dukkaklash fazasida 38,0 sm2/tup, pishish fazasida 36,1 sm2/tup gacha, “Darmon” navida esa shonalash fazasida 41,2 sm2/tup, gullash fazasida 37,9 sm2/tup, dukkaklash fazasida 48,7 sm2/tup, pishish fazasida 41,4 sm2/tup gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
yasmiq navlarida yuqori quruq massa to‘planishi gektariga 1,5 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning P80K50 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilgan variantlarda boshqa variantlarga nisbatan maysalash fazasida 0,08-0,15 t/ga, shoxlanish fazasida 0,31-1,43 t/ga, gullash fazasida 1,48-1,51 t/ga, dukkaklash fazasida 1,93-2,16 t/ga, pishish fazasida 2,37-2,54 t/ga gacha, fotosintez sof mahsuldorlik 3,3-3,7 g/m2/kungacha yuqori natija olinishi isbotlangan;
yasmiq navlari urug‘larini gektariga 1,5 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning P80K50 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish boshqa ekish me’yorlarida ekib, mineral o‘g‘itlar qo‘llanilgan variantlarga nisbatan o‘zining samarali ekanligini ko‘rsatib, nazorat variantga nisbatan bir tup o‘simlikda dukkaklar soni 2,6-3,8 donagacha, bir tup o‘simlikda urug‘ vazni 1,12-2,20 gr, 1000 dona don vazni 3,17-3,97 gr gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyati sharoitida yasmiqning mahalliy “Sarbon” va “Darmon” navlarini maqbul ekish me’yorlarini aniqlan va ekish me’yorlariga bog‘liq holda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Xorazm viloyatida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari uchun “Yasmiq etishtirish agrotexnikasi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 05.09.2022 yildagi №07/23-04/6241-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida yasmiqning mahalliy navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
yasmiqning mahalliy “Sarbon” va “Darmon” navlari Gurlan tumani “Baynal sohili” fermer xo‘jaligida 7 gektar, Yangiariq tumani “Adamboeva Chamangul” fermer xo‘jaligida 5 gektar, Shovot tumani “Ruslon Usmon Sardor” fermer xo‘jaligida 4 gektar, jami 16 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 05.09.2022 yildagi №07/23-04/6241-son ma’lumotnomasi). Natijada yasmiq navlari urug‘larini gektariga 1,5 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
yasmiqning “Sarbon” va “Darmon” navlarini gektariga 1,5 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib, mineral o‘g‘itlarning P80K50 me’yorlari bilan oziqlantirish texnologiyasi Gurlan tumanida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 05.09.2022 yildagi №07/23-04/6241-son ma’lumotnomasi). Natijada “Sarbon” navidan 8421 ming so‘m/ga, “Darmon” navidan 7662 ming so‘m/ga sof daromad olishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish