Ergashev Suxrob Muxiddinovichning 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston maorif tizimida Bosh Vaqf  boshqarmasining o‘rni (XX asrning 20-yillari)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar778.
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; Shodmonova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston maorif tizimida Bosh Vaqf boshqarmasining (XX asrning 20-yillari) jamiyatda tutgan o‘ziga xos o‘rnini ochib berishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Maorif Xalq Komissariati tarkibida Bosh Vaqf boshqarmasining siyosiy boshqaruvi bosqichlari (Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari) aniqlanib, Turkiston ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar sovet markaziy idoralarining maxsus nazoratida bo‘lganligi ochib berilgan;
O‘zbekiston Maorif Xalq Komissariatining Bosh Vaqf boshqarmasi milliy ta’lim tizimini obro‘sizlantirib hamda vaqf mablag‘ining sovet maktablarini tashkil etish orqali an’anaviy xalq ta’limini tugatishi asosiy iqtisodiy omil ekanligi isbotlangan;
Bosh Vaqf boshqarmasining XX asrning 20-yillarida sovet hokimiyatining inqilobiy siyosati (etnik munosabatlar, maorif tizimining transformatsiyasi, ta’limning o‘quv adabiyotlarini yaratilishi) ustidan olib borgan erkinlikni cheklash va mafkuraviy nazoratni o‘rnatish kabi salbiy jihatlari aniqlangan;
Maorif Xalq Komissariatining Bosh Vaqf boshqarmasi ta’lim muassasalarini (eski maktab va madrasalar, yangi usul va rus-tuzem maktab) sovetlashtirish va kadrlar tayyorlash siyosatini amalga oshirishda milliy qadriyat-tolerantlikni hisobga olmay yo‘l qo‘ygan xatoliklari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston maorif tizimida Bosh Vaqf  boshqarmasining o‘rni (XX asrning 20-yillari)”ni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asrning 20-yillarida Bosh Vaqf boshqarmasi ta’lim muassasalarini (eski maktab va madrasalar, yangi usul va rus-tuzem maktabi) sovetlashtirish va kadrlar tayyorlash siyosatini amalga oshirishda milliy qadriyatlarni hisobga olmay xatolikka yo‘l qo‘ygani haqidagi ilmiy yangiliklaridan “Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi”ning ushbu sohaga oid fondlaridagi ashyolar ilmiy tasnifi to‘ldirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 18-noyabrdagi 01-01/3881-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston tarixiga doir ekspozitsiyalarning ekskursiya matnlarini boyitishda hamda hujjatlar fondidagi XX asr boshlariga oid kolleksiyalarni ilmiy tahlil qilishda samara bergan;
O‘zbekiston maorif tizimida Bosh Vaqf boshqarmasining an’anaviy ta’lim muassasalarni sovetlashtirish tarixi, sovet maktablaridan ko‘zlangan maqsad va Turkiston o‘lkasida mavjud eski maktab va madrasalar viloyatlarda faoliyat ko‘rsatgan Vaqf bo‘limlari orqali qayta tashkil etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 18-oktyabrdagi 434-546-422-son ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitishga, teletomoshabinlarning Bosh Vaqf boshqarmasi haqida tasavvurga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
XX asrning 20-yillaridagi siyosiy boshqaruv tizimi Turkiston aholisining milliy tili va ijtimoiy qatlamiga qarab ajratishi, muomaladagi o‘quv adabiyotlari va nashr etiladigan kitoblar ustidan nazoratni kuchaytirishi maorif tizimining transformatsiyasi va ijtimoiy turmushga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgani haqidagi ilmiy yangiligidan Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatida foydalanilgan (Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 13-oktyabrdagi 01-07/156-son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy ta’lim muassasalari tarixiga doir masalalar mohiyati keng ochib berilib, eski maktab va madrasalar haqida xolisona yondashishga erishilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish