Sharipov Shaxriddin Ziyadullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda milliy-madaniy markazlar faoliyati tarixi (Zarafshon vohasi viloyatlari misolida 1990-2020 yillar)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar552.
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farhod Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda 1990-2020 yillarda milliy-madaniy markazlar faoliyati tarixini Zarafshon vohasi viloyatlari misolida ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatidagi Ozarbayjon, tojik va tojikzabon, rus, “Wiedergeburt” nemis, “Polonez” polyak, “Umirzaya” tatar va boshqirdlar hamda  boshqa madaniy markazlarining hudud madaniy hayotida faol ishtirok etganligi, millatlararo munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, viloyatda turizm va investisiya salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan; 
Navoiy viloyatidagi yahudiylar, qozoq, qoraqalpoqlar, “Nur” tatar-boshqird, “Choson” koreys va boshqa milliy madaniy markazlarning ko‘p millatli hududda millatlararo totuvlikni ta’minlashda muhim o‘ringa egaligi hamda “xalq diplomatiyasi”ni rivojlantirishdagi katta hissa qo‘shganligi asoslab berilgan; 
Buxoro viloyatida “Oftobi So‘g‘diyon” tojik-fors, “Soglasie i miloserdie” rus, “Shalom” yahudiy, “Svetlisa Polska” polyak, turkman milliy madaniy markazlarining “Mustaqillik bayrami”, “Navro‘z”, “Konstitutsiya kuni” va “Yangi yil” kabi umumxalq bayramlaridagi faol ishtiroki asosida viloyatda tolerantlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashga, xalqaro aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shganligi, ularning faoliyati orqali viloyatda ziyorat va biznes turizmini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan; 
Zarafshon vohasi viloyatlari (Samarqand, Navoiy, Buxoro) milliy-madaniy markazlarining ish yuritish hujjatlar asosida tashkiliy jihatdan mustahkamlanganligi, moddiy-texnik bazasining boyitilganligi orqali faoliyat samaradorligi oshganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda 1990-2020 yillarda Zarafshon vohasi viloyatlaridagi milliy-madaniy markazlar faoliyati tarixini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Samarqand viloyatidagi Ozarbayjon, tojik va tojikzabon, rus, “Wiedergeburt” nemis, “Polonez” polyak, “Umirzaya” tatar va boshqirdlar hamda  boshqa madaniy markazlarining hudud madaniy hayotida faol ishtirok etganligi, millatlararo munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, viloyatda turizm va investisiya salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilganligi, Navoiy viloyatidagi yahudiylar, qozoq, qoraqalpoqlar, “Nur” tatar-boshqird, “Choson” koreys va boshqa milliy madaniy markazlarning ko‘p millatli hududda millatlararo totuvlikni ta’minlashda muhim o‘ringa egaligi hamda “xalq diplomatiyasi”ni rivojlantirishdagi katta hissa qo‘shganligi asoslab berilgan xulosalar O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda bajarilgan OT-A1-31 “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov zamondoshlari xotirasida” nomli amaliy loyihasining O‘zbekistonning tashqi siyosati va xalqaro munosabatlari qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 noyabrdagi 3/1255-3181-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning ilmiy xulosalari O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikengik masalalari, bu borada respublikada olib borilgan islohotlar va ularning ijobiy samarasiga olib keladigan ilmiy yondashuvning takomillashishiga xizmat qilgan; 
Buxoro viloyatida “Oftobi So‘g‘diyon” tojik-fors, “Soglasie i miloserdie” rus, “Shalom” yahudiy, “Svetlisa Polska” polyak, turkman milliy madaniy markazlarining “Mustaqillik bayrami”, “Navro‘z”, “Konstitutsiya kuni” va “Yangi yil” kabi umumxalq bayramlaridagi faol ishtiroki asosida viloyatda tolerantlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashga, xalqaro aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shganligi, ularning faoliyati orqali viloyatda ziyorat va biznes turizmini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilganligi yuzasidan xulosalar O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda bajarilgan PZ-20170928749 O‘zbekiston mustaqillikka erishishining tarixiy shart-sharoitlari: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar” nomli amaliy loyihasining O‘zbekistonning tashqi siyosati va xalqaro munosabatlari qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 noyabrdagi 3/1255-3182-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari  O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va milliy-madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish borasidagi islohotlar mazmunini ochib berishga xizmat qilgan; 
Zarafshon vohasi viloyatlari (Samarqand, Navoiy, Buxoro) milliy-madaniy markazlarining ish yuritish hujjatlar asosida tashkiliy jihatdan mustahkamlanganligi, moddiy-texnik bazasining boyitilganligi orqali faoliyat samaradorligi oshganligi isbotlanganligiga oid ilmiy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023 yil 27 yanvardagi 14-07-74-son ma’lumotnomasi).  Taqdim etilgan materiallarning loyihaga joriy etilishi Zarafshon vohasining Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari milliy madaniy markazlari faoliyatini takomillashtirishda, shuningdek, Qo‘mita hamkorligida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etilishiga xizmat qilgan.    


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish