Ochilova Dilafruz Baxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Jon Draydenning “Avrangzeb” fojiasi lingvopoetikasi», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1157.
Ilmiy rahbar: Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Saidova Muxayyo Umediloevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jon Draydenning “Avrangzeb” dramasining lingvopoetik o’ziga xosligini, ekspressiv va ekstralingvistik vositalarning xususiyatlarini poetik sintaksisning funksional-semantik aspektda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Evropada klassitsizm davri dramaturglari ijodining spetsifik xususiyatlari antik va Uyg‘onish davri adabiyotining badiiy-estetik an’analariga xos bo‘lgan mimetik yondashuv asosida namoyon bo‘lishi hamda ushbu davr dramalarida uch birlik qonuniyati – harakat, vaqt va makon birliklari kabi yetakchi omillar ustivorligi asoslangan; 
Jon Draydenning qahramon yaratish mahorati, badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, adib asarlarining badiiy estetikasi “Avrangzeb” dramasidagi syujet va kompozitsiya, mavzu va g‘oya, kolliziyaning fojiaviy tabiati mutanosibligi orqali namoyon bo‘lganligi aniqlangan; 
“Avrangzeb” dramasidagi stilistik konvergensiyalar majmuasi tahlili orqali Drayden uslubiga xos metaforik ma’noni asoslash, asarda stilistik konvergensiyalarning lingvopragmatik xususiyatlarini yortib berish, vaziyatning shartliligi va metaforik mohiyati kabi badiiy usullarning mazmunga asoslanishi isbotlangan;
“Avrangzeb” dramasi poetikasiga xos bo‘lgan asosiy badiiy-ifodali vositalar, ramzlar va allyuziyalarning intertekstual vazifasi, transformatsiyasi, funktsionalligi,  individual yondashuv tamoyillari asosida ingliz klassitsizm dramasida intertekstuallikning sharqona motivlari ekstratekstuallik va intratekstuallik orqali ifodalanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jon Draydenning badiiy mahorati, “Avrangzeb” tragediyasi lingvopoetikasining tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida: 
Evropada klassitsizm davri dramaturglari ijodinng spetsifik xususiyatlari antik va Uyg‘onish davri adabiyotining badiiy-estetik tajribalariga asoslanib, qadimgi yunon-rim adiblari ijodiga xos bo’lgan uslubga mimetik yondashuvning mavjudligi hamda dramalarda uch birlik qonuniyati – harakat, vaqt va makon birliklari yetakchi omillar ustivorligiga doir nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 1-dekabrdagi  17.01/223-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha drama matnining lingvopoetik va lingvopragmatik tadqiqi borasidagi yangi ilmiy-nazariy manba va maʼlumotlar bilan boyigan; 
Jon Draydenning qahramon yaratish mahorati, badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, adib asarlarining badiiy estetikasi ilmiy-nazariy jihatdan izohlanib, “Avrangzeb” dramasining syujet va kompozitsiyasi, mavzu va g‘oyasi kolliziyaning fojiaviy tabiati lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi bilan bog‘liq  xulosalardan Qarshi davlat universitetida Evropa Ittifoqining “Erasmus+ Teaching Mobility Project KA-107 Mobility of Individuals between Programme and Partner Countries” mavzusidagi dastur doirasida amalga oshirilgan innovatsion loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 17-fevraldagi 04/578-son ma’lumotnomasi).  Natijada   Jon Drayden tragediyasida qo’llanilgan metafora, metonimiya, epitet, ironiya, sarkazm, o’xshatish, stilistik takror, parallel konstruksiya, inversiya kabi stilistik vositalarning kontekstual va implitsit ma’nolarini dekodlovchi ma’lumotlar xususidagi mulohazalar loyiha mundarijasini kengaytirib, mazmunini mukammallashtirgan; 
“Avrangzeb” dramasida uslubiy vositalarni stilistik konvergensiyalar majmuasi tahlili Drayden uslubiga xos metaforik ma’noni asoslash, asarda stilistik konvergensiyalarning lingvopragmatik xususiyatlarini yortib berish, vaziyatning shartliligi va metaforik mohiyati kabi badiiy usullarning mazmunga mutanosibligida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosalardan Qarshi davlat universitetida AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda SUZ-800-21-GR-3181 raqamli “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022-yil 16-dekabrdagi 04/5128-son ma’lumotnomasi). Natijada “Angliya adabiyoti”, “Adabiyotshunoslik”, “Matn tahlili”, “Stilistika” fanlari asoslarini modernizatsiya qilingan, ta’lim tizimi jarayoni mustahkamlangan, fanlarning amaliy qismlari takomillashtirilgan, ilmiy tadqiqot ishi xalqarolashtirilib hamkor universitetlar bilan fanlararo integratsiya almashinuvi yo’lga qo’yilgan; 
“Avrangzeb” dramasi poetikasiga xos bo‘lgan asosiy badiiy-ifodali vositalar, ramzlar va allyuziyalarning intertekstual vazifasi, transformatsiyasi, funktsionalligi,  individual yondashuv tamoyillari ingliz klassitsizm dramasida intertekstuallikning sharqona motivlari ekstratekstuallik va intratekstuallik negizida ifodalanishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Qashqadaryo viloyati “Oltin voha” radiokanalining “Ayol – millat kelajagi” nomli eshitirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 19-dekabrdagi №17-05/333-son ma’lumotnomasi).  Natijada radiotinglovchilarining O’rta asr Angliya adabiyotida klassitsizm  tendensiyalari, Jon Draydenning uslubi va “Avrangzeb” tragediyasining  badiiy-g‘oyaviy mazmuni to’g‘risidagi bilimlarini va ularning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish