Ibaev Anvar Jo‘rabekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida komparativ sintaktik qurilmalar derivatsiyasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1143.
Ilmiy rahbar: Turniyozov Ne’mat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi ingliz va o‘zbek tillarida sintaktik qurilmalarning derivatsion tamoyillari, o‘ziga xos hamda farqli xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari sintaktik kengligida sintaktik qurilmalarning derivatsion xossalari gapning mantiqiy urg‘u, so‘z tartibi, kontekst va ohang vositasida kommunikativ yoki aktual bo‘laklarga ajralishida namoyon bo‘lishi, fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazini belgilash funksiyasining gap qurilmasidagi o‘rni, o‘zi aniqlab kelgan so‘zga nisbatan joylashuvi bilan bog‘liqlikda amalga oshishi dalillangan;
qiyoslanayotgan tillardagi sodda gaplar qolipidagi komparativ sintaktik qurilmalarning operator, operand, derivat xususiyatlari; tub, tayanch, hosila strukturali turlari hamda transformatsiya va applikativ modellari gap yoki fikr tema va remasini belgilashda ustuvorlik qilishi aniqlangan;
har ikkala tilda tobe komponentli komparativ murakkab sintaktik qurilmalarning derivatsion shakllanishidagi kompleks tasnifi asosida ularning monooperatorli, polioperatorli va dubloperatorli MSQlar derivatsion xarakteri mavjudligi, ushbu qurilmalarning makon va zamon sathida hamda umumiy semantik maydonda o‘zbek tilidagi dubloperatorga tayangan MSQ derivatsiyasi, ingliz tilidagi monooperatorga tayangan derivatsiyasi hosil bo‘lishi isbotlangan;
har ikkala tilda teng komponentli komparativ murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligi, paradigmatik (lisoniy) va sintagmatik (nutqiy) aktuallashuv kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida komparativ sintaktik qurilmalar derivatsiyasini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillari sintaktik kengligida sintaktik qurilmalarning derivatsion xossalari gapning mantiqiy urg‘u, so‘z tartibi, kontekst va ohang vositasida kommunikativ yoki aktual bo‘laklarga ajralishida namoyon bo‘lishi, fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazini belgilash funksiyasining gap qurilmasidagi o‘rni, o‘zi aniqlab kelgan so‘zga nisbatan joylashuvi bilan bog‘liqlikda amalga oshishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” hamda FA-A1-G007- raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 04-oktyabrdagi 17.01/110-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida leksik derivatsiya tamoyillari hamda qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqotlarida mikromatn derivatsion tamoyillari va ularning pragmatik xususiyatlarini asoslashga erishilgan.
qiyoslanayotgan tillardagi sodda gaplar qolipidagi komparativ sintaktik qurilmalarning operator, operand, derivat xususiyatlari; tub, tayanch, hosila strukturali turlari hamda transformatsiya va applikativ modellari gap yoki fikr tema va remasini belgilashda namoyon bo‘lishiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2018-2021 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Developing Interdiceplanary Master Program on Computational Linguistics at Central Asian Universities” (Markaziy Osiyo universitetlarida Kompyuter lingvistikasi magistratura dasturini tayyorlash) mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 19-avgustdagi 2326/30.02.01- son maʼlumotnomasi). Natijada derivatsion jarayonda murakkab sintaktik qurilmalar operatorini aniqlash va uning o‘rnini belgilash mukammallashgan;
har ikkala tilda tobe komponentli komparativ murakkab sintaktik qurilmalarning derivatsion shakllanishidagi kompleks tasnifi asosida ularning monooperatorli, polioperatorli va dubloperatorli MSQlar derivatsion xarakteri mavjudligi, ushbu qurilmalarning makon va zamon sathida hamda umumiy semantik maydonda o‘zbek tilidagi dubloperatorga tayangan MSQ derivatsiyasi, ingliz tilida monooperatorga tayanishi mumkinligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot” “Adabiy jarayon” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 23-dekabrdagi 04-36-2123–son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy xulosalar tinglovchilarning tilshunoslik zamonaviy yo‘nalishlariga, lingvistikaga oid ilmiy-nazariy tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishda alohida ahamiyat kasb etgan.