Xashimova Xurshida Djuraxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilidagi sohalararo terminologiyaning leksikografik tadqiqi (texnik terminlar misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1560.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Umidjon Yandashalievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilining ensiklopedik, izohli va terminologik lug‘atlari asosida texnik terminlarni sohalararo leksikografik nuqtayi nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnik terminlarning zamonaviy o‘zbek lug‘atlari, xususan, tarmoqqa ensiklopedik, izohli, terminologik lug‘atlarda berilgan shakliy-mazmuniy leksikografik izohlari va makon va zamonga moslashgan zamonaviy xususiyat talqinlari ochib berilgan;
bar, vanna, gamma, delta, diafragma, jism, izolyator, izolyasiya, ildiz, indikator kabi texnik terminlarning qo‘llanishdagi lingvistik mazmuni, ifodalagan ma’nolari ko‘lami, ularning sohalararo mohiyat-mazmun jihatidan ko‘chish yo‘llari va etimologik va leksikografik tavsifi isbotlangan;
o‘zbek tilidagi qator (analizator, apparat, bank, fon, shina, amfibiya, batareya, dinamika, izotermalar, optika, organ kabi) texnik terminlar ma’no ifodasidagi ixchamlik, chegaralanganlik, ijtimoiy kelishilgan semalarnigina ifodalashi masalalari uning ilmiy nutqqa xoslanganligi, lug‘atlardagi izohiy berilish holatlari dalillangan;
texnik terminlarning zamonaviy leksikografik tavsiflarini berish, ularning lug‘at turlari bo‘yicha berilish ifodasining leksikografik tamoyillari modellarini mukammallashtirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili izohli va ensiklopedik lug‘atlaridagi texnik terminlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnik terminlarning zamonaviy o‘zbek lug‘atlari, xususan, tarmoqqa ensiklopedik, izohli, terminologik lug‘atlarda berilgan shakliy-mazmuniy leksikografik izohlari va makon va zamonga moslashgan zamonaviy xususiyat talqinlari ochib berilgan tahliliga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2019-2022-yilda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 16-sentyabrdagi 01-259-son dalolatnomasi). Natijada loyihada terminologik qatlamida semantik jihatdan bir necha tarmoqlarda qo‘llanadigan sohalararo terminlarning salmog‘ini aniqlash, ularning leksikografik va semantik tavsifini amalga oshirishda, yangi sohalarning vujudga kelishi bilan milliy terminlarning yuzaga kelish omillarini yoritish borasidagi tavsiflarning boyitilishiga erishilgan;
texnik terminlarning zamonaviy leksikografik tavsiflarini berish, ularning lug‘at turlari bo‘yicha berilish ifodasining leksikografik tamoyillari modellarini ishlab chiqish va mukammallashtirishga doir ishlab chiqilgan tavsiyalardan Akademik liseylarning “Aniq va tabiiy fanlar” tayyorlov yo‘nalishi o‘quvchilari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 10-martdagi 110-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ona tili” fani ishchi dasturi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 21-oktyabrdagi 02/01-01-56-son dalolatnomasi). Natijada akademik lisey o‘quvchilarining o‘zbek tili lug‘aviy qatlamida terminlarning tutgan o‘rni, o‘zbek tili bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarda terminologiya sohasining ahamiyati haqidagi bilimlari chuqurlashtirishga erishilgan;
o‘zbek tilida ko‘p qo‘llanuvchi texnik terminlarning vujudga kelishi, qo‘llanishidagi takomillashuvining tarixiy-etimologik manbasi, asl (etimologik) va terminologik ma’nolari, ularning sinonimlari, muqobillari, variantlari, sohaviy mansubligi (xosligi) zamonaviy leksikografiya tamoyillari, o‘zbek tilidagi bir qator (analizator, apparat, bank, fon, shina, amfibiya, batareya, dinamika, izotermalar, optika, organ kabi) texnik terminlar ma’no ifodasidagi ixchamlik, chegaralanganlik, ijtimoiy kelishilgan semalarnigina ifodalashi masalalari uning ilmiy nutqqa xoslanganligi, lug‘atlardagi izohiy berilish holatlari misollarni komponent tahlilga tortish usullari orqali zidlanish, qiyoslanish asoslari tavsifiy dalillarga oid ilmiy xulosa va fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati teleradiokompaniyasida 2022-yil 25-avgust kuni televidenie va radio orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilgan “Guldasta” informatsion musiqiy ko‘rsatuvi ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 29-avgustdagi 02-4-35-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy-ommaviy teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning mavzuiy va mazmuniy mundarijasi kengaygan.