Ruziboev Tolibjon Xolmatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Taxmis genezisi, tadriji, janr xususiyatlari va poetikasi (Alisher Navoiy an’analari asosida), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1579.
Ilmiy rahbar: Djuraev Xabibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Ilyos Abduqayumovich, filologiya fanlari doktori, (DSc); Olimov Sultonmurod Hoshimovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotida, xususan, Alisher Navoiy ijodida taxmis janrining shakllanishi, rivojlanishi, poetikasini, janriy belgilarini aniqlash hamda adabiy jarayon taraqqiyotida tutgan o‘rniga baho berish orqali turli davr ijodkorlari asarlaridagi eng xarakterli qirralarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyatida muxammas va taxmis janrining keng tarqalish sabablari, omillari, vositalari, mustaqil janr sifatida shakllanishi, takomillashuvi va rivojlanish taraqqiyotining tarixiy-tadrijiy tizimi va bosqichlari, o‘zbek mumtoz adabiyoti janrlari ichida alohida o‘ringa egaligi ochib berilgan;
muxammas va taxmisning kelib chiqish genezisi, shakliy tuzilishi, so‘z san’ati darajasiga ko‘tarilishidagi asosiy lisoniy belgilar, uning voqelikka munosabati asosidagi biografik, ijtimoiy-psixologik omillar orqali badiiy adabiyotda voqelanuvchi o‘ziga xosligi, mushtarak va farqli tomonlari ochib berilgan;
mustaqil muxammas va taxmis janrining o‘z tarixiy taraqqiyot bosqichlarida har bir davr Sharq va o‘zbek adabiyotidagi shakliy-mazmuniy yangilanishlari, g‘oyaviy o‘zgarishlarining zamon va makonga xos har bir shoirning individual ijod mahsuli sifatida uning tazmin, tashtir, tardiya, tazmini muxammas kabi janrlarinig vujudga kelganligi dalillangan; 
Navoiy taxmislari badiiy-tafakkuriy genezisi, ularda aks etgan har bir ijodkorning individual yondashuvli badiiy mahoratining poetik xususiyatlari Sharq, xususan, o‘zbek yozma adabiyoti hamda xalq og‘zaki ijodi namunalar bilan taqqoslangan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy an’analari asosidagi  taxmis genezisi, tadriji, janr xususiyatlari va poetikasi mavzu doirasi va badiiy xususiyatlarini tadqiq etish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Navoiy taxmislari badiiy-tafakkuriy genezisi, ularda aks etgan har bir ijodkorning individual yondashuvli badiiy mahoratining poetik xususiyatlari Sharq, xususan, o‘zbek yozma adabiyoti hamda xalq og‘zaki ijodi namunalar bilan solishtirgan va taqqoslangan holda asoslangan fikr va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining P3-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi (XX-XXI asrlar)” mavzusidagi loyihasida  foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 19-fevraldagi 01/4-30-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada Alisher Navoiy taxmislari va ularning keyingi davrlar o‘zbek adabiyotiga ta’siri, taxmisnavislik an’analalari haqidagi ma’lumotlar yangi ilmiy-nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
o‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyatida muxammas va taxmis janrining keng tarqalish sabablari, omillari, vositalari, mustaqil janr sifatida shakllanishi, takomillashuvi va rivojlanish taraqqiyotining tarixiy-tadrijiy tizimi va bosqichlari, o‘zbek mumtoz adabiyoti janrlari ichida alohida tutgan o‘rni ochib berilgan fikrlarning to‘xtam va xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasi 7 jildligini chop etish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 19-fevraldagi 01/4-309-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiyaning A.Navoiy ijodiga taalluqli boblari shoir ijodida taxmisnavislik an’anasining vujudga kelishi va taxmislar poetikasiga oid ilmiy-nazariy xulosalar ko‘lami kengaygan;
muxammas va taxmisning kelib chiqish genezisi, shakliy tuzilishi, so‘z san’ati darajasiga ko‘tarilishidagi asosiy lisoniy belgilari, uning voqelikka munosabati asosidagi biografik, ijtimoiy-psixologik omillar orqali badiiy adabiyotda voqelanuvchi o‘ziga xosligi, mushtarak jihatlari va farqli tomonlari ko‘rsatib berilgan fikr va chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalardan o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Alisher Navoiy, Muhammadrizo Ogahiy, Zokirjon Furqat, G‘afur G‘ulom, Erkin Vohidov kabi taniqli namoyandalari ijodini targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida  foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 24-yanvardagi 01/01/6-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ta’sirchanligi sezilarli darajada ortgan, badiiy adabiyotning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, taniqli ijodkorlar va ularning bizga qoldirgan ulkan ma’naviy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish imkoniyatlari oshgan;
Navoiy taxmislari badiiy-tafakkuriy genezisi, ularda aks etgan har bir ijodkorning individual yondashuvli badiiy mahoratining poetik xususiyatlari Sharq, xususan, o‘zbek yozma adabiyoti hamda xalq og‘zaki ijodi namunalar bilan solishtirgan va taqqoslangan holda asoslanib, chiqarilgan tahliliy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali 2020-2021-yillarda efirga uzatilgan “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali rahbariyatining 2022-yil 21-yanvardagi 04-36-13-son ma’lumotnomasi). Natijada taxmislar matnlarining badiiy-estetik, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy-axloqiy xususiyatlari orqali kishilarni badiiy adabiyotga mehr-u muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning emotsional-estetik his-tuyg‘ularni uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lami ortgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish