Samatov Dilshod Karimovichning
falsafa doktor (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bemorlarda oshqozon-ichak trakti yuqori qismi patologiyasining kechishi, diagnostikasi va davolashni o‘ziga xos xususiyatlari” 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1408.
Ilmiy raxbar: Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01. 
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xolmurod Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘ini uchun biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida oshqozon-ichak traktining yuqori qismi patologiyasi mavjud bemorlarni erta tashxislashni va olib borish chora tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bilan kasallangan bemorlarda oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining klinik kechishi va chandiqlanish davri davomiyligining xususiyatlari aniqlangan;
biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida oshqozon-ichak trakti kasalliklari rivojlanishi va kechishining patogenetik mexanizmlari (magniy ionlari konsentratsiyasi, kollagen metabolizmi, endotelial funksiyaning buzilishi) isbotlangan;
oshqozon-ichak trakti yuqori qismi patologiyasi bo‘lgan bemorlarda qizilo‘ngach, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning fiksatsiya holati va biriktiruvchi to‘qima displaziyasi og‘irlik darajasi orasida bog‘liqlik aniqlangan;
BTD fonida oshqozon-ichak kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi, magniy ionlarining miqdori, angiogenezning buzilishi va endotelial disfunksiya darajasini e’tiborga olgan xolda bemorlarni olib borish va ananaviy davolash usuliga qo‘shimcha magniy va L-arginin dori vositalirini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 2 iyul 37-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: BTD fonida oshqozon-ichak trakti yuqori qismi patologiyasi bo‘lgan bemorlar uchun terapevtik va profilaktik chora-tadbirlar, shu jumladan asosiy kasallikni davolash usullari, biriktiruvchi to‘qimaning metabolizmiga umumiy qabul qilingan ta’sirlar majmuasi taklif qilish orkali bemorlarda kasallikni erta chandiklanishi kuzatildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali 16.06.2022 yildagi 172/1-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Denov tumani tibbiyot birlashmasi 11.06.2022 yildagi 94/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BTD fonida oshqozon-ichak trakti yuqori qismi patologiyalarini tashxislash va davolash uchun ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanish bemorlarning 96 foizida patologiyani erta tashxislash, 78 foizi birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini berdi va ambulator sharoitida davolanishni amalga oshirishga ko‘mak bo‘ldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)Biriktiruvchi tukima displaziyasi bulgan bemorlarda yuqori oshkozon ichak patologiyalarini davolash standartiga taklif kilingan farmakologik tavsiyalar bemorlar yotok kunini 2 kunga kiskarganligi xisobiga yotok kunidan 346000 sum iqtisod qilingan 2) Ambulator sharoida davolangan bemorlar kasallik varaqasi kuni kamayishi xisobiga 156000sum davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga imkon berdi. Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 156 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 346 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ushbu bemorlarda kasallik kechish davomiyligini erta aniklash klinik kechish xusuiyatlari,magniy ionlarining pasayishi, AOS tizimidagi buzilishlar, endoteliy disfunksiyasi kasallikni og‘ir kechishini isbotladi BTB belgilari bor OIT yuqori qismi patologiyalari bor bemorlarni erta bashoratlash va davolash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 16.06.2022 yildagi 172/1-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Denov tumani tibbiyot birlashmasi 11.06.2022 yildagi 94/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Biriktiruvchi tuqima displaziyasi fonida yuqori oshkozon ichak tizimi patologiyalarini og‘ir kechishini oldini oladi, turmush tarzi yaxshilanadi, kasalxonaga murojatlar sonini kamayadi, kasallik ustidan to‘liq nazoratga erishiladi va ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda kasallik kechish davomiyligini erta aniklash klinik kechish xusuiyatlari magniy ionlarining kasayishi AOS tizimidagi buzilishlar, endoteliy disfunksiyasi kasallikni og‘ir kechishi isbotlanganda 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan 2) shifoxonada bo‘lish davrining qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 90 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 140 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: BTD bor bemorlarda yukori oshkozon ichak trakti patologiyasi bor bemorlarda kasallikni erta aniklash va xolatini baxolash yuqori oshkozon ichak trakti patologiyalarini biriktiruvchi tuqima displaziyasi fonida ogirroq kechishi asoslandi va shu asosida yaratilgan EHM dasturi (DGU №13615, 16.12.2021) kasallikni erta aniklash va davolash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 16.06.2022 yildagi 172/1-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Denov tumani tibbiyot birlashmasi 11.06.2022 yildagi 94/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: biriktiruvchi tuqima displaziyasi bor oshkozon ichak trakti yuqori qismi patologiyalarini erta tashxislash endoteliy xolati, kologen almashinuvi buzilishlarini erta aniqlash kasalliklarni og‘ir kechishi, asoratlarini oldini olishga erishilgan. Taklif etilgan kompleks yondashuvdan oshqozon ichak trakti kasalliklarini 96% bemorlarda davolash va profilaktika sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorning shifoxonadagi davri uchun: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirtirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 90 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 346 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 156 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: biriktiruvchi tukima displaziyasi bulgan oshkozon ichak trakti yukori kismi patologiyalarini davolash-profilaktika algoritmi asosida bemorlarda biriktiruvchi tukima displaziyasida BT metobolizmining buzilishi, magniy ionlarining kamayishi, eNOS miqdorining kamayishi, endotelial disfunksiya buzilishlarini Magniy va L-arginin preparatlarini qullash ushbu bemorlarda kasallik kechish davomiyligini qisqarishi, davolash samaradorligini oshishi va asoratlarini oldini olishga yordam bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 16.06.2022 yildagi 172/1-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Denov tumani tibbiyot birlashmasi 11.06.2022 yildagi 94/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlarni tug‘ri tashxislash va davolanish natijasida BTD bilan kasallangan oshkozon ichak trakti patologiyasi bor bemorlarning kundalik hayot faoliyati yaxshilanadi, kasalxonalarga murojat sonining kamayishi, ambulator va kasalxonaga yotib davolanish kunini kamaytirishga imkon beradi, kasallik ustidan erta to‘liq nazoratga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 346 ming so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 173.000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 180 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 90 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 1 ta bemor xisobidan 1 kunga 263 000 sumni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida yil davomida yuqori iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 180 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 346 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish