Xoliqov Bobomurod Abdusattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Auditorlik dalillarni to‘plash jarayonini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1816.
Ilmiy rahbar: Meliev Isroil Ismoilovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Auditorlik dalillarni to‘plash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘ziga nisbatan auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subektga auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqishi va mazkur axborot olingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay auditorlik tashkilotini natijalar haqida yozma shaklda xabardor qilish majburiyatini yuklash taklif etilgan;
auditorlik tashkiloti ishi sifatini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari tarkibiga auditorlik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilganligi va auditorlik xizmatlarining natijalari hujjatlashtirilganligi mezonlarini kiritish zururligi asoslangan;
auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi tomonidan o‘z majburiyatlarini kelgusi 12 oyda bajarish orqali faoliyat uzlyuksizligini dalillar asosida baholash taklif etilgan;
firibgarlik yoki moliyaviy hisobotdagi me’yordan chetlanishlarni uchinchi shaxslardan olinadigan dalillar orqali aniqlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Auditorlik dalillarni to‘plash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tekshiruv buyurtmachisining tekshiruvda aniqlangan qoidabuzarliklar ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotini o‘ttiz kundan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilish majburiyati 2021 yil 25 fevraldagi O‘RQ-677 son “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 37 moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda auditorlik tashkilotlari faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati “Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari” qo‘mitasining 2022 yil 16 iyuldagi 05-10/1719-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida auditorlik tashkilotini xo‘jalik yurituvchi subektning tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi munosabatini rasmiy dalil orqali ta’minlash majburiyatlarini qonun yo‘li bilan mustahkamlash imkoniyati ta’minlangan;
auditorlik tashkiloti ishi sifatining asosiy ko‘rsatkichlari tarkibiga auditorlik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilganligi va auditorlik xizmatlarining natijalari hujjatlashtirilganligi kabi mezonlar orqali baholash taklifi 2021 yil 25 fevraldagi O‘RQ-677 son “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 48 moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda auditorlik tashkilotlari faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati “Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari” qo‘mitasining 2022 yil 16 iyuldagi 05-10/1719-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini amalga oshirish mezonlarini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi tomonidan o‘z majburiyatlarini kelgusi 12 oyda bajarish orqali faoliyat uzlyuksizligini dalillar asosida baholash tartibi takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 06/17-02-35/298-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi auditorlar palatasining 2023 yil 7 apreldagi 07-04-1-son ma’lumotnomasi). Natijada auditorlik dalillar asosida korxona majburiyatlarini bajarilishini amaldagi holatini baholash va prognozlashtirish imkoniyati hamda O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan “Auditni hujjatlashtirish” nomli auditorlik tashkilotining ichki standartini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
firibgarlik yoki moliyaviy hisobotdagi me’yordan chetlanishlarni uchinchi shaxslardan olinadigan dalillar orqali aniqlash taklif etilgan. Mazkur taklif asosida tekshiruv buyurtmachisi moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari ishonchliligini tashqi manbalardan olingan dalillar asosida baholash taklif etilib, ulardan auditorlik dalillarni to‘plash amaliyotida va O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik tashkilotlarida tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 06/17-02-35/298-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi auditorlar palatasining 2023 yil 7 apreldagi 07-04-1-son ma’lumotnomasi). Natijada auditorlik dalillar ishonchliligini oshirish imkoniyati yaratilib, auditorlik tekshiruviga sarflanadigan xarajatlarni 10 foizga kamaytirish imkonini bergan. Shuningdek, “auditorlik dalillar” nomli auditorlik tashkilotining ichki standarti ishlab chiqilib, auditorlik amaliyotiga uslubiy qo‘llanma sifatida joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish