Saidova Nigora Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped 3031.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isaqulova Nilufar Janiqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning axborot – kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari loyihaviy-tadqiqot faolligini oshirish, dasturiy-kommunikatsion, kasbiy-adaptiv amaliyotga yo‘naltirilgan faol-ijodiy pedagogik muhitni bosqichma-bosqich shakllantirish hamda rivojlantiruvchi-didaktik jarayonlarga pedagogik ta’sir imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish xususiyatlari boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan ratsional foydalanishga qaratilgan topshiriq va muammolarning original echimini nostandart usullarda amalga oshirish hamda mantiqiy fikrlashini rivojlantirish ko‘rsatkichlarining darajalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish modeli praksiologik yondashuv, o‘quv muxitining fazoviy va semantik tarkibiy qismlariga moslashtirish hamda muammoli vaziyatlarda o‘quv va pedagogik vazifalarni ratsional echimini topishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish samaradorligi to‘plami-darajali va motivatsion-ehtiyojga asoslangan, faoliyatli operatsion, nazorat-korreksion, refleksiv- prognostik omillarning integrativ xususiyatlarini yaxlitlash hamda multimedia ta’lim vositalaridan foydalanishga maqbul sharoit yaratish asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari loyihaviy-tadqiqot faolligini oshirish, dasturiy-kommunikatsion, kasbiy-adaptiv amaliyotga yo‘naltirilgan faol-ijodiy pedagogik muhitni bosqichma-bosqich shakllantirish hamda rivojlantiruvchi-didaktik jarayonlarga pedagogik ta’sir imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i asosida berilgan 166-098 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik, psixologik imkoniyatlarini tahlil qilish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish xususiyatlari boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan ratsional foydalanishga qaratilgan topshiriq va muammolarning original echimini nostandart usullarda amalga oshirish hamda mantiqiy fikrlashini rivojlantirish ko‘rsatkichlarining darajalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 1-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 166-098 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish modeli praksiologik yondashuv, o‘quv muhitining fazoviy va semantik tarkibiy qismlariga moslashtirish hamda muammoli vaziyatlarda o‘quv va pedagogik vazifalarni ratsional echimini topishga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 1-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 166-098 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishning tuzulmaviy – funksional modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish samaradorligi to‘plami-darajali va motivatsion-ehtiyojga asoslangan, faoliyatli operatsion, nazorat-korreksion, refleksiv-prognostik omillarning integrativ xususiyatlarini yaxlitlash hamda multimedia ta’lim vositalaridan foydalanishga maqbul sharoit yaratish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 1-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 166-098 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini axborot-kommunikativ kompetentliligini sifat daraja ko‘rsatkichlarini baholash mezonlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.