Namazbaeva Lola Zakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4678.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash mazmuni va metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash metodikasi shaxsiy pozisiyasini faollashtirishga yo‘naltirilgan, o‘z-o‘zini rivojlantirish va rag‘batlantirishning individual faoliyat traektoriyasini intellektual sifatlarining namoyon bo‘lish izchilligiga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash metodikasini rivojlantirish jarayoni izlanuvchanlik kompetensiyasining tashkiliy-maqsadli, mantiqiy-tizimli, didaktik-diagnostik yondashuvlariga ustuvorlik berish hamda fasilitatsion ta’lim muhitini yaratish, ijodkorlikni rivojlantirishning ichki va tashqi omillari integrativligini izchil yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash modeli evristik-produktiv faoliyatli ta’lim texnologiyalarining tadqiqotchilikka yo‘naltiruvchi muammoli vaziyat yaratish hamda qiyosiylik, o‘lchamlilik tamoyillari integrativ kombinatsiyasidan foydalanish hamda amaliy natijalarni nazorat qilish va ragʼbatlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning didaktik taminoti tahliliy va evristik ko‘nikmalarni rivojlantirishning transformatsion komponentlarini ilmiy tafakkurdan-amaliy tafakkurga moslashtirish hamda tezkor qarorlar qabul qilish, qo‘llash, muammoli va ijodiy mashqlar ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash metodikasi shaxsiy pozisiyasini faollashtirishga yo‘naltirilgan, o‘z-o‘zini rivojlantirish va rag‘batlantirishning individual faoliyat traektoriyasini intellektual sifatlarining namoyon bo‘lish izchilligiga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Bolalarni tabiat bilan tanishtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 133-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0235 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash metodikasini rivojlantirish jarayoni izlanuvchanlik kompetensiyasining tashkiliy-maqsadli, mantiqiy-tizimli, didaktik-diagnostik yondashuvlariga ustuvorlik berish hamda fasilitatsion ta’lim muhitini yaratish, ijodkorlikni rivojlantirishning ichki va tashqi omillari integrativligini izchil yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Bolalarni tabiat bilan tanishtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 133-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0235 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash modeli evristik-produktiv faoliyatli ta’lim texnologiyalarining tadqiqotchilikka yo‘naltiruvchi muammoli vaziyat yaratish hamda qiyosiylik, o‘lchamlilik tamoyillari integrativ kombinatsiyasidan foydalanish hamda amaliy natijalarni nazorat qilish va rag‘batlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Bolalarni tabiat bilan tanishtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 133-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0235 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar va tarbiyachilarning tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning didaktik taminoti tahliliy va evristik ko‘nikmalarini rivojlantirishning transformatsion komponentlarini ilmiy tafakkurdan-amaliy tafakkurga moslashtirish hamda tezkor qarorlar qabul qilish, qo‘llash, muammoli va ijodiy mashqlar ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Bolalarni tabiat bilan tanishtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 133-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0235 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish