Sodiqova Iroda Ilhomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda o‘quv faoliyatini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari (ingliz tili misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3449.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karliboeva Guljahon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda o‘quv faoliyatini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari tarixiy- pedagogik adabiyotlarni solishtirma o‘rganish, emperik tizimli ta’lim muhitini yaratish, testologik va axborot texnologiyalari davrlarining mohiyatini qiyosiy aniqlash hamda ta’lim faoliyati tendensiyalarining adekvat shakllari kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda o‘quv faoliyatini takomillashtirish samaradorligi sub’ekt-sub’ekt munosabatlarini faol boshqarish, juftlashgan ta’lim imkoniyatlarining yangi tekisligini kiritish hamda ma’lumotlarni to‘plash, chetlanishlarni tuzatish, bilimdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish tamoyillari uyg‘unligini ratsional ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda o‘quv faoliyatini takomillashtirish jarayoni motivatsion-qiymatli va sabab-oqibatli munosabatlarni faollashtirish, terminologiyaning fonetik tuzulishiga ko‘ra dialogik xarakterini bosqichma-bosqich kuchaytirish hamda o‘quv maydonlarini xaritalashning navigatsiya dasturlarini intensiv kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda o‘quv faoliyatini takomillashtirish modeli nutq faoliyati turlarini mazmunga ko‘ra yaxlitlash, o‘quv faoliyati natijalarini differensiyalash hamda o‘zlashtirish dinamikasini izchil kuzatishga ko‘ra individual to‘siqlarni didaktik bartaraf etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik imkoniyatlardan foydalangan holda talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarda o‘quv faoliyatini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari tarixiy- pedagogik adabiyotlarni solishtirma o‘rganish, emperik tizimli ta’lim muhitini yaratish, testologik va axborot texnologiyalari davrlarining mohiyatini qiyosiy aniqlash hamda ta’lim faoliyati tendensiyalarining adekvat shakllarini tizimli tahlil qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Iqtisodiyot yo‘nalishidagilar uchun ingliz tili (ingliz tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-son buyrug‘i asosida berilgan 328-090 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mutaxassislikka doir ingliz tilini o‘rganish jarayonida talabalarning o‘quv faoliyati samaradorligini takomillashtirish imkoni kengaytirlgan;
talabalarda o‘quv faoliyatini takomillashtirish samaradorligi sub’ekt-sub’ekt munosabatlarini faol boshqarish, juftlashgan ta’lim imkoniyatlarining yangi tekisligini kiritish hamda ma’lumotlarni to‘plash, chetlanishlarni tuzatish, bilimdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish tamoyillari uyg‘unligini ratsional ta’minlash asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Iqtisodiyot yo‘nalishidagilar uchun ingliz tili (ingliz tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-son buyrug‘i asosida berilgan 328-090 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mutaxassislikka doir ingliz tilini erkin muloqot qila olish qobiliyatini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
talabalarda o‘quv faoliyatini takomillashtirish jarayoni motivatsion-qiymatli va sabab-oqibatli munosabatlarni faollashtirish, terminologiyaning fonetik tuzulishiga ko‘ra dialogik xarakterini bosqichma-bosqich kuchaytirish hamda o‘quv maydonlarini xaritalashning navigatsiya dasturlarini intensiv kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Iqtisodiyot yo‘nalishidagilar uchun ingliz tili (ingliz tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-son buyrug‘i asosida berilgan 328-090 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning auditoriyada “o‘zlashtirishi yuqori-o‘zlashtirishi past”ning belgilangan juftliklarida ishlashi, o‘quv jarayoniga nazoratni o‘rganish imkoni kengaytirilgan;
talabalarda o‘quv faoliyatini takomillashtirish modeli nutq faoliyati turlarini mazmunga ko‘ra yaxlitlash, o‘quv faoliyati natijalarini differensiyalash hamda o‘zlashtirish dinamikasini izchil kuzatishga ko‘ra individual to‘siqlarni didaktik bartaraf etish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Iqtisodiyot yo‘nalishidagilar uchun ingliz tili (ingliz tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-son buyrug‘i asosida berilgan 328-090 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni o‘quv faoliyatini nazorat qilishga jalb qilish, talabalarning nazorat jarayoniga bo‘lgan taʼsirini kuchaytirishga imkoni yaratilgan.