Ismoilov Elmurod Olloberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4343.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sultanova Ug‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rahmatova Feruza Abulqosimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari emotsional-qadriyatli munosabatlarni rivojlantirishning mantiqiy va semantik darajalarni aniqlash hamda individual ta’lim ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ijodiy-faol muhitini pedagogik modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni ta’lim sub’ektlari harakatchanligini izchil ta’minlash hamda kognitiv-pragmatik munosabatlarning konseptual darajalarini tahliliy kuzatuvga ko‘ra ratsional aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integratsiyasining informatsion-ixtisoslashgan ontologiyasi hamda MathLAB, MathCAD, MapleV, AutoCAD va C++ elektron dasturlarining ichki mazmunini talabalarning ijodiy va aks etuvchi qobiliyatlariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi kasbga yo‘naltirishning didaktik ta’minotini konsolidatsiya, federalizatsiya va ma’lumot tarqatish usullarining o‘zaro maqbul integratsiyasini tadrijiy rivojlantirish hamda o‘z-o‘ziga motivatsiya berishga intensiv yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari emotsional-qadriyatli munosabatlarni rivojlantirishning mantiqiy va semantik darajalarini aniqlash hamda individual ta’lim ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ijodiy-faol muhitini pedagogik modellashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Matematika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0200 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni ta’lim sub’ektlari harakatchanligini izchil ta’minlash hamda kognitiv-pragmatik munosabatlarning konseptual darajalarini tahliliy kuzatuvga ko‘ra ratsional aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0200 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integratsiyasining informatsion-ixtisoslashgan ontologiyasi hamda MathLAB, MathCAD, MapleV, AutoCAD va C++ elektron dasturlarining ichki mazmunini talabalarning ijodiy va aks etuvchi qobiliyatlariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Matematika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0200 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mutaxassislik faoliyati mazmunini dasturiy imkoniyatlardan foydalanib takomillashtirishga imkon yaratilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi kasbga yo‘naltirishning didaktik ta’minotini konsolidatsiya, federalizatsiya va ma’lumot tarqatish usullarining o‘zaro maqbul integratsiyasini tadrijiy rivojlantirish hamda o‘z-o‘ziga motivatsiya berishga intensiv yo‘naltirish asosida takomillashtirish yuzasidan ma’lumotlar “Matematika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0200 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar kasbiy kompetensiyalarini kasbga yo‘naltirilgan metodik ta’minot vositasida takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish