Tursunov Ikrom Eshpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4414.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yaxyaev Sobir Jumakulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari ta’lim mazmunini o‘quv materiallariga moslashtirish, mavzuni o‘zlashtirish usulini tanlash, o‘zini boshqarish imkoniyatini kengaytirish, taqdimotning obrazli-vizual shaklini tanlash hamda mashg‘ulotlar intensivligini oddiydan-murakkabga qarab rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish konseptual modeli talabalarning faoliyatini kasbiy tayyorgarlikda muayyan ziddiyatlarning optimal echimlarni topish tezkorligiga o‘rgatish, shaxsiy sifatlarning kasbiy mahoratga bevosita ta’sirining ob’ektiv omillarini prognostik belgilash jarayonini pedagogik modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish modeli professional jihatdan muhim kasbiy fazilatlarni rivojlantirishning ichki motivlarini aniqlash, tashqi ijtimoiy-iqtisodiy va umumiy-madaniy talablarni belgilash hamda matematik modellashtirishning elektron-ta’lim muhitini muqobil va variativ shaklga yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish ta’sirchanligi kasbiy bilimlarni kognitiv-aksiomatik, motivatsion-qadriyati va refleksiv tarzda o‘zlashtirishga erishish hamda kasbiy faoliyatini kompleks rejalashtirishda talab va ehtiyoj, qarash va e’tiqod fazilatlarining integrativ xususiyatlarini kompleks yaxlitlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari ta’lim mazmunini o‘quv materiallariga moslashtirish, mavzuni o‘zlashtirish usulini tanlash, o‘zini boshqarish imkoniyatini kengaytirish, taqdimotning obrazli-vizual shaklini tanlash hamda mashg‘ulotlar intensivligini oddiydan-murakkabga qarab rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo‘yicha masalalar to‘plami va echimlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan berilgan 500-002 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy faoliyatida elektron dasturiy ta’minotdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishga sharoit yaratilgan;
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish konseptual modeli talabalarning faoliyatini kasbiy tayyorgarlikda muayyan ziddiyatlarning optimal echimlarini topish tezkorligiga o‘rgatish, shaxsiy sifatlarning kasbiy mahoratga bevosita ta’sirining ob’ektiv omillarini prognostik belgilash jarayonini pedagogik modellashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Oliy matematika bo‘limlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-maydagi 285-son buyrug‘iga asosan berilgan 285-021 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitidan foydalanish modelini takomillashtirishga erishilgan;
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish modeli professional jihatdan muhim kasbiy fazilatlarni rivojlantirishning ichki motivlarini aniqlash, tashqi ijtimoiy-iqtisodiy va umumiy-madaniy talablarini belgilash hamda matematik modellashtirishning elektron-ta’lim muhitini muqobil va variativ shaklga yaxlitlash asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlar “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo‘yicha masalalar to‘plami va echimlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan berilgan 500-002 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada fan mazmunini mutaxassislarini kasbga yo‘naltirilgan holda foydalanishga sharoit yaratilgan;
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish ta’sirchanligi kasbiy bilimlarni kognitiv-aksiomatik, motivatsion-qadriyati va refleksiv tarzda o‘zlashtirishga erishish hamda kasbiy faoliyatini kompleks rejalashtirishda talab va ehtiyoj, qarash va e’tiqod fazilatlarining integrativ xususiyatlarini kompleks yaxlitlash asosida takomillashtirish yuzasidan takliflar “Oliy matematika bo‘limlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-maydagi 285-son buyrug‘iga asosan berilgan 285-021 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhiti asosida kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.