Shirinov Otabek Tuvalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni etnomadaniyatga qadiryatli munosabatini shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/P.258.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Isakova Mu’azam Tulkinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim tizimida yoshlarni etnomadaniyatga qadriyatli munosabatini shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini empirik tadqiq etish va amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda tolerantlikning umumiy darajasini namoyon bo‘lishi insonning boshqa millat vakillariga yondashuvi va madaniyatlararo o‘zaro munosabatlardagi ustanovkalarining differensiatsiyasi tufayli uning shaxs xususiyati sifatida etnik tolerantlik bilan uzviy ifodalanishiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
ta’lim tizimi talabalarida tolerantlikning shakllanishi etnik va ijtimoiy tolerantlikning etnonigilizm, etnik indifferentlik, etnoegoizm, etnoizolyasiionizm, etnofanatizm bilan o‘zaro teskari korrelyasiyaga ega ekanligi tufayli etnik identifikatsiya tiplarini rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan;
talabalarda etnik identifikatsiya tiplarining namoyon bo‘lishida o‘g‘il bolalarda milliy qadriyatlarga bog‘liq ravishda o‘z etnosi bilan bir vaqtda boshqa xalqlarga nisbatan ham ijobiy munosabatni etnonigilizmga qaraganda ustuvorligi tufayli differensial farqlarning mavjudligi asoslangan;
talabalarda etnomadaniyatga qadriyatli munosabatni shakllantirishda "mening xalqim" konstruksiyasi prizmasi orqali boshqalarni idrok etishda etnik identifikatsiyaning kuchli namoyon bo‘lishi zarurligi tufayli tolerantlikni shaxs xususiyati sifatida rivojlanishini ta’minlash muhim ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni etnomadaniyatga qadiryatli munosabatini shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda tolerantlikning umumiy darajasini namoyon bo‘lishi insonning boshqa millat vakillariga yondashuvi va madaniyatlararo o‘zaro munosabatlardagi ustanovkalarining differensiatsiyasi tufayli uning shaxs xususiyati sifatida etnik tolerantlik bilan uzviy ifodalanishiga bog‘liq ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-32 son buyrug‘i asosida «Etnopsixologiya va din psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-32-M son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimida etnomadaniyatga qadriyatli munosabatni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni funksional bog‘liqligini ilmiy asoslash hamda empirik tadqiq etisshga sharoit yaratilgan;
ta’lim tizimi talabalarida tolerantlikning shakllanishi etnik va ijtimoiy tolerantlikning etnonigilizm, etnik indifferentlik, etnoegoizm, etnoizolyasiionizm, etnofanatizm bilan o‘zaro teskari korrelyasiyaga ega ekanligi tufayli etnik identifikatsiya tiplarini rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-32-son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-32-M-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimida yoshlarni etnomadaniyatga qadriyatli munosabatni shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarda etnik identifikatsiya tiplarining namoyon bo‘lishida o‘g‘il bolalarda milliy qadriyatlarga bog‘liq ravishda o‘z etnosi bilan bir vaqtda boshqa xalqlarga nisbatan ham ijobiy munosabatni etnonigilizmga qaraganda ustuvorligi tufayli differensial farqlarning mavjudligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-32 son buyrug‘i asosida «Etnopsixologiya va din psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-32-M-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimida yoshlarni etnomadaniyatga qadriyatli munosabatga bo‘lishni shakllantirish motivatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud dasturlarga tayanib, ular o‘rtasidagi aloqadorlikni tavsiyalovchi dasturini ishlab chiqish samaradorligi oshirilgan;
talabalarda etnomadaniyatga qadriyatli munosabatni shakllantirishda "mening xalqim" konstruksiyasi prizmasi orqali boshqalarni idrok etishda etnik identifikatsiyaning kuchli namoyon bo‘lishi zarurligi tufayli tolerantlikni shaxs xususiyati sifatida rivojlanishini ta’minlash muhim ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-32 son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-32-M-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimida yoshlarni etnomadaniyatga qadriyatli munosabatini shakllantirishning ijtimoiy psixologik baholash mezoniga ko‘ra uni takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan.