Shamshetova Anjim Karamaddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Orolbuyi mintaqasi aholisiga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish faoliyatini  takomillashtirish», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/P77.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shamsiev O‘ktam Baxriddinovich, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent; Akromov Mirmuxsin Rustamovich, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi mintaqasi aholisiga psixologik xizmat ko‘rsatishining ilmiy-amaliy asoslari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi aholisidagi shaxslararo munosabatlarga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar «inson-tabiat» munosabatlaridagi o‘zaro identifikatsiyaning ustuvor harakterga ega ekanligi barqaror ekopsixologik integratsiyani ta’minlashi tufayli «maqsad-jarayon-natija», «Men-hayot-hayotni anglaganlik» mezonlariga muvofiq differensiallashtirilgan;
Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi aholi qatlamlari (uyushmagan yoshlar, oilalilar)ining shaxslararo munosabatlariga «nizoli vaziyatlarni hal etish»da atrof-muhit ekologiyasiga bog‘liq munosabatlar integratsiyalashuvi tufayli «mas’uliyatlilik xususiyatlari”ni ijtimoiy-psixologik omil sifatida differensial namoyon bo‘lishi isbotlangan;
Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi shaxslarning o‘zini-o‘zi hissiy baholashida xotirjamlikning sub’ektiv ong darajasida hissiy ko‘tarinkilik, o‘ziga ishonchni yuqoriligi bilan ijobiy bog‘lanishlarga ega ekanligi tufayli emotsional holatni namoyon bo‘lishi ijtimoiy muhitga moslashishning regulyativ funksiyasi sifatida ustuvor omil ekanligi dalillangan;
Orolbo‘yi aholisiga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari «inson-tabiat-inson» munosabatlari tizimida ijtimoiy adolat mezonining reprezentatsiyalanishi hamda shaxsiy «Men»ning o‘z-o‘zini qadrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, «omadli inson» konstruktlariga pozitiv yondashuv nuqtai nazaridan refleksiv rivojlanishiga korreksion ta’sir etish muhimligi tufayli shaxs tayanch e’tiqodlaridan «sog‘lom xavfsizlik hissi»ning kognitiv jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
Orolbo‘yi aholisiga psixologik xizmat ko‘rsatishning kompleks modeli shaxs ekologik ongini «antropotsentrik» darajadan «inson-tabiat» tizimini uyg‘un rivojlanishiga olib keladigan «ekotsentrik» va «sinergetik» darajaga transformatsiyalanishi muhimligi tufayli ekopsixologik shakllanishga integrativ ta’sir etuvchi differensial yondashuvni kiritish asosda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orolbuyi mintaqasi aholisiga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish faoliyatini  takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Orolbo‘yi aholisiga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari «inson-tabiat-inson» munosabatlari tizimida ijtimoiy adolat mezonining reprezentatsiyalanishi hamda shaxsiy «Men»ning o‘z-o‘zini qadrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, «omadli inson» konstruktlariga pozitiv yondashuv nuqtai nazaridan refleksiv rivojlanishiga korreksion ta’sir etish muhimligi tufayli shaxs tayanch e’tiqodlaridan «sog‘lom xavfsizlik hissi»ning kognitiv jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-28-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM28-M-son ma’lumotnomasi). Natijada Orolbo‘yi aholisiga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik  mexanizmlari takomillashtirishga erishilgan;
Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi aholi qatlamlari (uyushmagan yoshlar, oilalilar)ining shaxslararo munosabatlariga «nizoli vaziyatlarni hal etish»da atrof-muhit ekologiyasiga bog‘liq munosabatlar integratsiyalashuvi tufayli «mas’uliyatlilik xususiyatlari”ni ijtimoiy-psixologik omil sifatida differensial namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-28-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM28-M-son ma’lumotnomasi).  Natijada Orolbo‘yi aholisidagi shaxslararo munosabatlarga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlashga erishilgan;
Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi shaxslarning o‘zini-o‘zi hissiy baholashida xotirjamlikning sub’ektiv ong darajasida hissiy ko‘tarinkilik, o‘ziga ishonchni yuqoriligi bilan ijobiy bog‘lanishlarga ega ekanligi tufayli emotsional holatni namoyon bo‘lishi ijtimoiy muhitga moslashishning regulyativ funksiyasi sifatida ustuvor omil ekanligi dalillanganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-28-sonli buyrug‘i bilan «Psixogigiena» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM28-M-son ma’lumotnomasi). Natijada Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi shaxslarning emotsional holatni namoyon bo‘lishi ijtimoiy muhitga moslashishning regulyativ funksiyasiyalari ochib berilgan.
Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi aholi qatlamlari (uyushmagan yoshlar, oilalilar)ining shaxslararo munosabatlariga «nizoli vaziyatlarni hal etish»da atrof-muhit ekologiyasiga bog‘liq munosabatlar integratsiyalashuvi tufayli «mas’uliyatlilik xususiyatlari”ni ijtimoiy-psixologik omil sifatida differensial namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-28-sonli buyrug‘i bilan «Psixologik korreksiya va psixologik maslahat» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM28-M-son ma’lumotnomasi). Natijada Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi aholi qatlamlari ijtimoiy-psixologik omillarni namoyon bo‘lish darajalari ochib berilgan;
Orolbo‘yi aholisiga psixologik xizmat ko‘rsatishning kompleks modeli shaxs ekologik ongini «antropotsentrik» darajadan «inson-tabiat» tizimini uyg‘un rivojlanishiga olib keladigan «ekotsentrik» va «sinergetik» darajaga transformatsiyalanishi muhimligi tufayli ekopsixologik shakllanishga integrativ ta’sir etuvchi differensial yondashuvni kiritish asosda takomillashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-28-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» va «Psixogigiena» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM28-M-son ma’lumotnomasi). Natijada Orolbo‘yi aholisiga psixologik xizmat ko‘rsatishning kompleks tizim tuzilmasi orqali ularning ekologik ongini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish