Salaxidinova Xolida Xaliljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqishlar shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P309.
Ilmiy rahbar: Ruhieva Xalida Aribjanovna, psixologiya fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazirova Lola Vosiljanovna, psixologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqishlar shakllanishining psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
     maktabgacha yoshdagi bolalarning kattalar bilan hamkorlikda rasm chizishlari natijasida bolalarning tasviriy san’at asarlariga bo‘lgan ishtiyoq, qiziqishlarining ortishiga, ularning kattalar bilan birgalikdagi faoliyati estetik hislarni shakllanishiga olib kelganligi tufayli boladagi tasviriy san’atga qiziqishlarining shakllanishi tarbiyachi omilining ustivorligiga bog‘liq bo‘lishi dalillangan;
didaktik mashg‘ulotlar ta’sirida maktabgacha yoshidagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqishlarini shakllanish darajasini baholash uchun faoliyatga yo‘nalganlik, tugallanmagan elementni topish va chizish, rasmlarni birlashtirish va mustaqil rasm chizish ko‘nikmalari estetik hislar shakllanishiga identiv ekanligi tufayli «Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’at motivlarini aniqlash» hamda «Tasviriy san’at motivlari shakllanganlik darajasini aniqlash» proektiv metodikalarini qo‘llash samarali ekanligi dalillangan;
bolalarda tasviriy san’atga qiziqishlarining darajaviy ifodalanishiga ko‘ra faoliyatning reproduktiv va ijodiy tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligini ifodalashdagi konstruktiv tafakkurni namoyon bo‘lishidagi maktabga tayyorlik bilan bog‘liq individual jihatlar tufayli rasm chizishning “past” va “o‘rta” darajada shakllanganligi ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqishlar rivojlanishida «tabiatni anglash», «o‘yinchoq va predmetlar bilan muomala qilish» kabi ko‘nikmalarda jins tafovutlari mavjudligi aniqlanib, mazkur yosh kategoriyasidagi o‘g‘il bolalarda faoliyatga tasviriy san’at ob’ektlarini «proeksiya» qilishi ulardagi tasviriy san’atga qiziqishlar ontogenezning bir davridan ikkinchi davriga o‘tishi natijasida amaliy tus olishi bilan xarakterlanib tasviriy san’atga qiziqish yuqori rivojlangan bolalarda maktabga tayyorgarlik darajasi «ideal» bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqishlar shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarning kattalar bilan hamkorlikda rasm chizishlari natijasida bolalarning tasviriy san’at asarlariga bo‘lgan ishtiyoq, qiziqishlarining ortishiga, ularning kattalar bilan birgalikdagi faoliyati estetik hislarni shakllanishiga olib kelganligi tufayli boladagi tasviriy san’atga qiziqishlar shakllanishi tarbiyachi omilining ustivorligiga bog‘liq bo‘lishiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 fevraldagi PM-06 son buyrug‘i asosida «Psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-06 -M son ma’lumotnomasi). Natijada, Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqishlar shaklanishi va ularga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillarni o‘rganishga sharoit yaratilgan;
didaktik mashg‘ulotlar ta’sirida maktabgacha yoshidagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqishlar shakllanish darajasini baholash uchun faoliyatga yo‘nalganlik, tugallanmagan elementni topish va chizish, rasmlarni birlashtirish va mustaqil rasm chizish ko‘nikmalari estetik hislar shakllanishiga identiv ekanligi tufayli «Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’at motivlarini aniqlash» hamda «Tasviriy san’at motivlari shakllanganlik darajasini aniqlash» proektiv metodikalarini qo‘llash samarali ekanligi bo‘yicha olingan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 fevraldagi PM-06 son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-06-M son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bola larda tasviriy san’at motivlari va uning shakllanganlik darajasini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
bolalarda tasviriy san’atga qiziqish shakllanishining darajaviy ifodalanishiga ko‘ra faoliyatning reproduktiv va ijodiy tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligini ifodalashdagi konstruktiv tafakkurni namoyon bo‘lishidagi maktabga tayyorlik bilan bog‘liq individual jihatlar tufayli rasm chizishning “past” va “o‘rta” darajada shakllanganligi ustuvorligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 fevraldagi PM-06-son buyrug‘i asosida «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-06-M son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqish shaklanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash samaradorligi ortgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqish shakllanishida «tabiatni anglash», «o‘yinchoq va predmetlar bilan muomala qilish» kabi ko‘nikmalarda jins tafovutlari mavjudligi aniqlanib, mazkur yosh kategoriyasidagi o‘g‘il bolalarda faoliyatga tasviriy san’at ob’ektlarini «proeksiya» qilishi ulardagi tasviriy san’atga qiziqishlar ontogenezning bir davridan ikkinchi davriga o‘tishi natijasida amaliy tus olishi bilan xarakterlanib tasviriy san’atga qiziqishi yuqori shakllangan bolalarda maktabga tayyorgarlik darajasi «ideal» bo‘lishini dalillashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 fevraldagi PM-06 son buyrug‘i asosida «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-06-M son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga qiziqishlar shakllanishini yuzaga keltiruvchi individual-psixologik xususiyatlarning imkoniyatini yoritish samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish