Bekmurodova Hafiza Nomoz qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘smirlar kasb tanlashiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik omillar”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. (psixologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2022.2.PhD/P371.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Bahrom, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jumaev Ulug‘bek Sattorovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarning kasb tanlashiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash hamda kasb tanlashda “shaxsiy qaror” omili ahamiyatining o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davrida kasb tanlashga ijtimoiy-psixologik omillarning ta’siri natijasida o‘g‘il bolalarda tadbirkor, konvensial, realistik, qiz bolalarda ijtimoiy, konvensial, artistik tipning qiziqishlar doirasida ustunligi tufayli yoshga oid gender farqlarning mavjudligi dalillangan;
kasb tanlashga ijtimoiy-psixologik omillarning ta’siri natijasida “moddiy qiziqish”, “shaxsiy qaror qabul qilish”, “oilaviy qadriyatlar” kabi ijtimoiy omillarning shaxsni o‘ziga yo‘nalganlik darajasi bilan bog‘liqligi tufayli o‘smirlarda kasbiy o‘z-o‘zini anglashni ustuvor shakllanishi isbotlangan;
o‘smirlarning kasbiy faoliyatni tanlashida shaxs xarakter xususiyatlarining irodaviy komponentlaridan barqarorlik va chidamlilik sifatlarni ijtimoiy-etnik omillarga bog‘liq ravishda darajaviy ifodalanishi tufayli differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
o‘smirlarni anglangan holda kasb tanlashida o‘quvchilarning shaxs tiplariga muvofiq kasbiy “Men” obrazini shakllanishi oilaviy qadriyatlarga bog‘liq reprezentatsiyalanishi tufayli shaxs yo‘nalganligining (faoliyatga, muloqotga va o‘ziga) ustuvor rivojlanganligi muhim ijtimoiy omil ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlar kasb tanlashiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik omillarni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlik davrida kasb tanlashga ijtimoiy-psixologik omillarning ta’siri natijasida o‘g‘il bolalarda tadbirkor, konvensial, realistik, qiz bolalarda ijtimoiy, konvensial, artistik tipning qiziqishlar doirasida ustunligi tufayli yoshga oid gender farqlarning mavjudligi dalillanganligiga doir ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-27-son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-27-M son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarda kasb tanlash xususiyatlari shakllanishining imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
kasb tanlashga ijtimoiy-psixologik omillarning ta’siri natijasida “moddiy qiziqish”, “shaxsiy qaror qabul qilish”, “oilaviy qadriyatlar” kabi ijtimoiy omillarning shaxsni o‘ziga yo‘nalganlik darajasi bilan bog‘liqligi tufayli o‘smirlarda kasbiy o‘z o‘zini anglashni ustuvor shakllanishi isbotlanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-27-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-27-M son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlar kasb tanlashiga sabab bo‘luvchi omillarning amaliy psixologik xizmat sifatini oshirishga xizmat qilgan;
o‘smirlarning kasbiy faoliyatni tanlashida shaxs xarakter xususiyatlarining irodaviy komponentlaridan barqarorlik va chidamlilik sifatlarni ijtimoiy-etnik omillarga bog‘liq ravishda darajaviy ifodalanishi tufayli differensial farqlarning mavjudligi dalillanganligi bo‘yicha taklif Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-27-son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-27-M son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarning kasbiy faoliyatni tanlashida shaxs xarakter xususiyatlari irodaviy komponentlar orqali oshirishga xizmat qilgan;
O‘smirlarni anglangan holda kasb tanlashida o‘quvchilarning shaxs tiplariga muvofiq kasbiy “Men” obrazini shakllanishi oilaviy qadriyatlarga bog‘liq reprezentatsiyalanishi tufayli shaxs yo‘nalganligining (faoliyatga, muloqotga va o‘ziga) ustuvor rivojlanganligi muhim ijtimoiy omil ekanligi dalillanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-27-son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-27-M son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’lim muassasalari tizimidagi psixologlar, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarning kasb tanlash samaradorligini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.