Almardanova Salomat Bobonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalar kasbiy shakllanishida koping strategiyani rivojlantirishning nazariy va amaliy tadqiqi», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya.Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P219.
Ilmiy rahbar: Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamitdinova, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqo‘ziev Doniyorbek Baxtiyorovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar kasbiy shakllanishida koping-strategiyani rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kasbiy-pedagogik yo‘nalgalikni ifodalanganligiga ko‘ra o‘quv qiziqishlarining “shaxsiy kasbiy sifatlar”, o‘quv-kasbiy faoliyatga bo‘lgan munosabatning “muammoni chetlab o‘tish” jihatiga integrativ rivojlanishi tufayli shaxslararo munosabatlarda koping-strategiyaning differensial namoyon bo‘lishi dalillangan;
talabalarda koping stretegiyalarni namoyon bo‘lishining dinamik xususiyatlariga ko‘ra shaxsning o‘zini kasbiy sifatlarini shakllanganlik darajasini baholashidagi hissiy komponentning intensiv rivojlanishi tufayli “muammoni hal etish” va “ijtimoiy yordam qidirish” uslublarining ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan;
talabalarning kasbiy o‘z- o‘ziga beradigan bahosi “muammoni hal etish”, “ijtimoiy yordam qidirish”, “muammoni chetlab o‘tish” strategiyalari kasbiy sifatlarni refleksiv differensiallashuviga undaganligi sababli shaxslararo munosabatlardagi koping strategiyalari bilan identiv namoyon bo‘lishi isbotlangan;
talabalarning kasbiy shakllanishida kopping strategiyalarni faollashtirish kasbiy o‘z- o‘zini anglash, kasbiy qiyinchiliklarni engish ko‘nikmasi praksik hislarga bog‘liq ravishda faoliyatga ijobiy emotsional munosabatni shakllanishiga olib kelganligi tufayli shaxsning motivatsion, emotsional, kognitiv rivojlanishini ta’minlashi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar kasbiy shakllanishida koping strategiyani rivojlantirishning nazariy va amaliy tadqiqi oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
talabalarda kasbiy-pedagogik yo‘nalgalikni ifodalanganligiga ko‘ra o‘quv qiziqishlarining “shaxsiy kasbiy sifatlar”, o‘quv-kasbiy faoliyatga bo‘lgan munosabatning “muammoni chetlab o‘tish” jihatiga integrativ rivojlanishi tufayli shaxslararo munosabatlarda koping-strategiyaning differensial namoyon bo‘lishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-30 son buyrug‘i asosida «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-30-M son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kasbiy shakllanishning muhim ahamiyatli xususiyatlari ya’ni kasbiy-pedagogik yo‘nalgalikni ifodalanganligiga ko‘ra psixogiagnostik tadqiqotlar asosida o‘rganish va psixokorreksion dasturni qo‘llab kasbiy shakllanishda koping-strategiyani rivojlantirishning imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarda koping stretegiyalarni namoyon bo‘lishining dinamik xususiyatlariga ko‘ra shaxsning o‘zini kasbiy sifatlarini shakllanganlik darajasini baholashidagi hissiy komponentning intensiv rivojlanishi tufayli “muammoni hal etish” va “ijtimoiy yordam qidirish” uslublarining ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-30 son buyrug‘i asosida «Sotsial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-30-M son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kasbiy shakllanishda koping-strategiyani rivojlantirish tamoyiliga muvofiq «talabalarni kasbiy shakllantirishning strategik modeli»ni kiritish hamda ularda faol xulq atvor rivojlanishini samarali yo‘llari taklif etilgan;
talabalarning kasbiy o‘z- o‘ziga beradigan bahosi “muammoni hal etish”, “ijtimoiy yordam qidirish”, “muammoni chetlab o‘tish” strategiyalari kasbiy sifatlarni refleksiv differensiallashuviga undaganligi sababli shaxslararo munosabatlardagi koping strategiyalari bilan identiv namoyon bo‘lishi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-30 son buyrug‘i asosida «Psixologik xizmat nazariyasi va amaliyoti» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-30-M son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kasbiy shakllanishda koping-strategiyani rivojlantirishni ta’lim tarbiya jarayonida psixokorreksion dasturni qo‘llash koping-strategiya to‘gri tasavvur qilish, anglashi, ijobiy fazilatlarni shakllantirish va ma’naviy-psixologik jihatdan etuk kadr bo‘lishiga xizmat qiluvchi «Talabalarda koping-strategiyani rivojlantirish» dasturi taklif etilgan;
talabalarning kasbiy shakllanishida kopping strategiyalarni faollashtirish kasbiy o‘z- o‘zini anglash, kasbiy qiyinchiliklarni engish ko‘nikmasi praksik hislarga bog‘liq ravishda faoliyatga ijobiy emotsional munosabatni shakllanishiga olib kelganligi tufayli shaxsning motivatsion, emotsional, kognitiv rivojlanishini ta’minlashi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-30 son buyrug‘i asosida «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-30-M son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kasbiy shakllanishda koping-strategiyani rivojlantirishning emotsional, motivatsion, kognitiv komponentlarning ustuvorligi asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.