Jo‘raev Ilhom G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli xildagi to‘mtoq mexanik travmalarda jabrlangan shaxslarda bo‘g‘imlar tuzilmalari zararlanishining sud-tibbiy tavsifi», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2873.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Muxarrama Almaredanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Quziev Otabek Juraqulovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘l-oyoq yirik bo‘g‘imlar tuzilmalari jaroxatlarining etkazilish mexanizmini asoslash va og‘irlik darajasi mezonlarini belgilash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizalarni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘mtoq jismlar ta’siri bilan bog‘liq turli xil tafsilotlarda yuzaga keladigan oyoq-qo‘l yirik bo‘g‘imlari yumshoq, tog‘ay va suyak tuzilmalari jarohatlanishlarining shakllanish mexanizmlari asoslangan;
jaroxatlangan shaxslar sog‘lig‘ining buzilishi davomiyligi va umumiy mehnat qobiliyatining turg‘un yo‘qotilish miqdoriga ta’sir qiluvchi, bo‘g‘im tuzilmalari shikastlanishlarining uzoq muddatli oqibatlari ko‘rinishlari aniqlangan;
oyoq-qo‘llar yirik bo‘g‘imlari yumshoq va suyak-tog‘ay tuzilmalarining asoratlangan va asoratlanmagan shikastlanishlarida jarohatlar og‘irlik darajasini sud-tibbiy jixatdan baholash mezonlari takomillashtirilgan;
yirik bo‘g‘imlar tuzilmalarining turli xildagi shikastlanishlari shakllanish mexanizmini asoslash va og‘irlik darajasini aniqlashga doir sud-tibbiy ekspertizalarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yildagi 2 iyundagi 26-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 21 iyundagi 8357-sonli xati taqdim etilgan):
to‘mtoq jismlar ta’siri bilan bog‘liq turli xil tafsilotlarda yuzaga keladigan oyoq-qo‘l yirik bo‘g‘imlari yumshoq, tog‘ay va suyak tuzilmalari jarohatlanishlarining shakllanish mexanizmlari asoslanganligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (16.06.2023 y.; № 047/AF/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan algoritm va uslublardan foydalanishda bo‘g‘im tuzilmalari shikastlanishlariga doir ekspertiza xulosalarining sifatini oshirgan, ularning ishonchliligini, asoslanganligini va ob’ektivligini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan sud tibbiy algoritm va uslublarda jarohatlanishlarining shakllanish mexanizmini baholashni amalga oshirishda boshqa qo‘shimcha tekshiruv va mutaxassislar maslahatlari talab etilmasligi natijasida ekspertiza vaqti 4-5 kundan 2,2-2,3 kungacha qisqarishi hisobiga 275 000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining preyskurantiga ko‘ra bir holatni an’anaviy usulda tekshirish 525 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: ushbu algoritm ekspert amaliyotini o‘tkazish vaqtini 2-2,5 barobarga kamaytirib, har bir holat hisobiga byudjet mablag‘larini 275 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
jaroxatlangan shaxslar sog‘lig‘ining buzilishi davomiyligi va umumiy mehnat qobiliyatining turg‘un yo‘qotilish miqdoriga ta’sir qiluvchi, bo‘g‘im tuzilmalari shikastlanishlarining uzoq muddatli oqibatlari ko‘rinishlari aniqlangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (16.06.2023 y.; № 047/AF/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘g‘im tuzilmalari shikastlarining asoratlangan va asoratlanmagan jarohatlanishlarida uzoq oqibatlar ko‘rinishi, kechuv jihati va asoratlari aniqlanib, qaysi bir jarohatda uzoq oqibatni kutish yoki kutmaslikni belgilab berilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan sud tibbiy algoritm va uslublarda shikastning uzoq oqibatini aniqlash masalasida boshqa qo‘shimcha tekshiruv va mutaxassislar maslahatlari talab etilmasligi natijasida ekspertiza vaqti 4-5 kundan 2,3 kungacha qisqarishi hisobiga 245 000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining preyskurantiga ko‘ra bir holatni an’anaviy usulda tekshirish 475 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: turli xildagi to‘mtoq mexanik travmalardan jabrlangan shaxslarda bo‘g‘imlar chiqishlar va sinib-chiqish holatlarida tavsiya etilgan usuldan foydalanib, har bir holat hisobiga byudjet mablag‘larini 245 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
oyoq-qo‘llar yirik bo‘g‘imlari yumshoq va suyak-tog‘ay tuzilmalarining asoratlangan va asoratlanmagan shikastlanishlarida jarohatlar og‘irlik darajasini sud-tibbiy jixatdan baholash me’zonlari takomillashtirilgani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (16.06.2023 y.; № 047/AF/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘g‘im tuzilmalari shikastlarining asoratlangan va asoratlanmagan jarohatlanishlarida shikast og‘irlik darajasini baholashda aynan qaysi mezondan foydalanish va foydalangan mezonning aniq ko‘rsatgichi belgilab berilib, ekspertiza xulosalarining sifati, ularning ishonchliligi va asoslanishini hamda qisqa muddatda bajarilishini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan sud tibbiy algoritm va uslublarda shikastning uzoq oqibatini aniqlash masalasida boshqa qo‘shimcha tekshiruv va mutaxassislar maslahatlari talab etilmasligi natijasida ekspertiza vaqti 3-4 kundan 1,5 kungacha qisqarishi hisobiga 237 500 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining preyskurantiga ko‘ra bir holatni an’anaviy usulda tekshirish 475 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: yirik bo‘g‘imlar shikastlanishlarining og‘irlik darajasini aniqlashda tavsiya etilgan usul yordamida ekspert tadqiqotlari o‘tkazilib, har bir holat hisobiga byudjet mablag‘larini 237 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
yirik bo‘g‘imlar tuzilmalarining turli xildagi shikastlanishlari shakllanish mexanizmini asoslash va og‘irlik darajasini aniqlashga doir sud-tibbiy ekspertizalarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (16.06.2023 y.; № 047/AF/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalardan foydalanish ekspertiza xulosalarining ob’ektivligi va ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan, sud-tergov jarayoni ishtirokchilarining e’tirozlarini bartaraf etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan sud tibbiy algoritm va uslublarda jabrlanuvchilarnini qo‘shimcha tekshirish va mutaxassislar maslahatlari talab etilmasligi natijasida ekspertiza vaqti 3-4 kundan 1,5 kungacha qisqarishi hisobiga 240 000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining preyskurantiga ko‘ra bir holatni an’anaviy usulda tekshirish 475 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: tavsiya etilgan usul yordamida ekspert tadqiqotlari o‘tkazilib, har bir holat hisobiga byudjet mablag‘larini 240 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish