Tolipova Ziyoda Boxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi vositaning oqsil energetik etishmovchilikdagi metabolik gomeostazning asosiy bo‘g‘inlariga ta’siri», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1719.
Ilmiy rahbar: Karimov Hamid Yoqubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Azimova Sevara Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aleynik Vladimir Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oqsil-energetik tanqislikda (oqsilli, energetik almashinuv, HIF-1α gipoksiya-indusibel omili, lipidlarning periksli oksidlanishi, antioksidant tizim) metabolik gomeostaz ko‘rsatkichlariga aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning ta’sirini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonning umumiy tahlili, oqsil-energetik almashinuv, lipidlarning periksli oksidlanishi va antioksidant tizimlar, jigar va buyraklar morfologiyasi ko‘rsatkichlarining holati bo‘yicha metabolik gomeostazning asosiy bo‘g‘inlarini kompleks baholash asosida oqsil-energetik etishmaslikni patofiziologik mexanizmlari asoslangan;
tajribadagi oqsil-energetik tanqislikda oqsil-energetik almashinuv, HIF-1α gipoksiya-indusibel omili, lipidlarning periksli oksidlanishi va antioksidant tizim ko‘rsatkichlarining holatiga yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning ta’siri asoslangan;
tajribadagi oqsil-energetik tanqislikda jigar va buyraklarning to‘qima tuzilmasidagi morfologik o‘zgarishlarga yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning ko‘rsatadigan korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan;
tajribadagi oqsil-energetik tanqislikda jigar va buyraklar morfologiyasi, gomeostazning asosiy bo‘g‘in ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarni baholash yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning yuqori samarasini va uni infuzol 40 ta’siriga nisbatan  qiyosiy natijalarning afzalligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtissolashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 5 maydagi 01-4/255-A-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy  etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtissolashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 5 maydagi 01-4/255-A-sonli xati taqdim etilgan):
qonning umumiy tahlili, oqsil-energetik almashinuv, lipidlarning periksli oksidlanishi va antioksidant tizimlar, jigar va buyraklar morfologiyasi ko‘rsatkichlarining holati bo‘yicha metabolik gomeostazning asosiy bo‘g‘inlarini kompleks baholash asosida oqsil-energetik etishmaslikni patofiziologik mexanizmlari asoslangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (15.10.2021 y.; №431) hamda Toshkent farmansevtika instituti toksikologiya kimyo kafedra labaratoriyasi bo‘yicha (20.11.2021 y.; №231) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi vositaning oqsil energetik etishmovchilikdagi metabolik gomeostazning asosiy bo‘g‘inlariga ta’siri baholash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi vositasidan foydalanish natijasida qimmat xorijiy anolog dori vositalar talab etilmasligi hisobiga 41 752 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (xorijiiy dori vositasi infezol narhi o‘rtacha 234 100 so‘mni, yangi aminyantar qon o‘rnini bosuvchi vositasi narhi 216 200 so‘mni tashkil qiladi). Agar 10 kunda bo‘lsa, (shifoxonada 1 kun bo‘lishi 110000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: taklif etilgan davolash tartibidan foydalanib, 1 nafar bemor hisobiga kuniga byudjet mablag‘larini 41 752 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
tajribadagi oqsil-energetik tanqislikda oqsil-energetik almashinuv, HIF-1α gipoksiya-indusibel omili, lipidlarning periksli oksidlanishi va antioksidant tizim ko‘rsatkichlarining holatiga yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning ta’siri asoslangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (15.10.2021 y.; №431) hamda Toshkent farmansevtika instituti toksikologiya kimyo kafedra labaratoriyasi bo‘yicha (20.11.2021 y.; №231) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi oqsil-energetik etishmovchilik kuzatilganda oqsil-energetik almashinuv, HIF-1α gipoksiya-indusibel omili, lipidlarning periksli oksidlanishi va antioksidant tizim ko‘rsatkichlarining holatiga yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning ta’sirining yuqoriligi ochib berilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning samarali ta’siri natijasida qimmat xorijiy dori vostalar talab etilmasligi hisobiga 440 million so‘m miqdorida iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: taklif etilgan yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantardan foydalanib, 1 nafar bemor hisobiga oyiga byudjet mablag‘larini 1 252 560 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
tajribadagi oqsil-energetik tanqislikda jigar va buyraklarning to‘qima tuzilmasidagi morfologik o‘zgarishlarga yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning ko‘rsatadigan korreksiyalovchi ta’siri isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (15.10.2021 y.; №431) hamda Toshkent farmansevtika instituti toksikologiya kimyo kafedra labaratoriyasi bo‘yicha (20.11.2021 y.; №231) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati tajribadagi oqsil-energetik tanqislikda jigar va buyraklarning to‘qima tuzilmasidagi morfologik o‘zgarishlarga yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning ko‘rsatadigan korreksiyalovchi ta’siri erta tashxislash va samarali davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning ko‘rsatadigan korreksiyalovchi ta’siri oqibatida bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 1 nafar bemor uchun 1 252 560 so‘mga kamaytirgan. Xulosa: oqsil-energetik tanqislikda jigar va buyraklarning to‘qima tuzilmasidagi morfologik o‘zgarishlarga yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning ko‘rsatadigan korreksiyalovchi ta’sirida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 252 560 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
tajribadagi oqsil-energetik tanqislikda jigar va buyraklar morfologiyasi, gomeostazning asosiy bo‘g‘in ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarni baholash yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning yuqori samarasini va uni infezol 40 ta’siriga nisbatan  qiyosiy natijalarning afzalligi isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (15.10.2021 y.; №431) hamda Toshkent farmansevtika instituti toksikologiya kimyo kafedra labaratoriyasi bo‘yicha (20.11.2021 y.; №231) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribadagi oqsil-energetik tanqislikda jigar va buyraklar morfologiyasi, gomeostazning asosiy bo‘g‘in ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarni baholash yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning yuqori samarasini va uni infuzol 40 ta’siriga nisbatan  qiyosiy natijalarning samarasi orqali xastalikni davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning yuqori samarasini va uni infuzol 40 ta’siriga nisbatan qiyosiy natijasida bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini 2 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 210 000 so‘mga kamaytirgan. Xulosa: taklif etilgan yangi aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantardan foydalanish natijasida kasallikni og‘ir shakllariga o‘tishi va asoratlar oldi olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 252 560 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish