Sagdullaeva Barno Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo va Sirdaryo daryolari suvi tarkibining gigienik o‘ziga xosligi, aholi salomatligiga xavfini baholash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib535.
Ilmiy rahbar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning yirik daryolari suvining kimyoviy, mikrobiologik va parazitologik tarkibining aholi salomatligiga xavfni baholash asosida suvdan xavfsiz foydalanishni ta’minlash va suv etiologiyali kasalliklarining oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rganilgan daryolar suvining kimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlari O‘zDSt 951:2011 bo‘yicha er usti suv manbalarining III sinfga kirishi va suvni ifloslantiruvchi asosiy manbalar - qishloq xo‘jaligi erlari va maishiy oqava suvlarning daryoga intensiv oqizilishi asoslangan;
suvga koagulyant qo‘shish orqali xosil bo‘lgan cho‘kmani tahlil qilish natijasida er usti va er osti suv havzalari, ichimlik va idishlarda qadoqlangan suv namunalarining sanitar-parazitologik ko‘rsatkichlarini (Giardia spp., Cryptosporidium spp. va gel`mint tuxumlarini) baholashning adsorbsiya usuli ishlab chiqilgan;
daryo suvidan rekreatsion maqsadlarda foydalanishda III darajali mikrobial va yuqori epidemik xavfi mavjudligini hisobga olgan holda azid saqlovchi va Endo ozuqa muhitlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish natijasida suv havzalarining suv namunalarida Enterococcus spp. aniqlashning soddalashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
indol sinamasidan foydalanishni istisno qilish natijasida bor kislotali laktoza oziqa muhitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish orqali ananaviy usuldan farqli o‘laroq Sirdaryo va Qashqadaryo daryolarining suv namunalarida E.coli ko‘rsatkichini aniqlashning soddalashtirilgan usuli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 9 iyundagi 5-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 22 maydagi 216/01-05-sonli xati taqdim etilgan):
o‘rganilgan daryolar suvining kimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlari O‘zDSt 951:2011 bo‘yicha er usti suv manbalarining III sinfga kirishi va suvni ifloslantiruvchi asosiy manbalar - qishloq xo‘jaligi erlari va maishiy oqava suvlarning daryoga intensiv oqizilishi asoslangani O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishlatik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha (06.06.2023 y.; №24) hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishlatik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi bo‘yicha (09.06.2023 y.; №19) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Sirdaryo va Qashqadaryo daryolarini ifloslantiruvchi asosiy manbalar aniqlangan, daryolar suvi ifloslanishini oldini olish choralarini ishlab chiqilgan, o‘rganilayotgan daryolar suvidan istiqbolda ichimlik suvi manbai maqsadida foydalanish mumkinligi, bu esa aholini sifatli ichimlik suvi bilan qamrovini oshirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Sirdaryo viloyati aholisining 25%, Qashqadaryo viloyati aholisining esa - 50% ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan uy xo‘jaliklarini markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minotiga ulanish natijasida har oyda o‘rtacha 4 500 – 5 500 so‘m iqtisod qilinadi (O‘zsuvta’minot tarifiga ko‘ra markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minotiga ulangan 1 ta uy xo‘jaligi uchun bir oyda o‘rtacha 8 000 so‘m, ulanmagan 1 ta uy xo‘jaligi uchun 12 500 – 13 500 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: Qashqadaryo va Sirdaryo daryolarining ifloslanishini oldini olish va daryolar suvidan markazlashtirilgan ichimlik suvi manbai sifatida foydalanish ichimlik suviga ulangan 1 ta uy xo‘jaligi hisobiga yillik 54 000 – 66 000 so‘mga byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
suvga koagulyant qo‘shish orqali xosil bo‘lgan cho‘kmani tahlil qilish natijasida er usti va er osti suv havzalari, ichimlik va idishlarda qadoqlangan suv namunalarining sanitar-parazitologik ko‘rsatkichlarini (Giardia spp., Cryptosporidium spp. va gel`mint tuxumlarini) baholashning adsorbsiya usuli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishlatik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha (06.06.2023 y.; №24) hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishlatik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi bo‘yicha (09.06.2023 y.; №19) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: daryolar suvining monitoringini samaradorligini oshirgan, suv sifatini o‘zgarishining qisqa muddatli bashorat qilishga yordam bergan, suv namunalarida sanitar-parazitologik ko‘rsatkichlarni aniqlash sifati yaxshilangan, sanitar-parazitologik laboratoriya xodimlarining ishi engillashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan adsorbsiya usuli bo‘yicha tahlil qilishda: transport va kimyoviy reaktivlar xarajatlarini qisqartirish natijasida 1 ta suv namunasi tahlilining xarajati 18 400 so‘mga kamaytirgan (O‘zR Sanepidqo‘mning preyskurantiga ko‘ra 1 ta suv namunasi tahlilining narxi 43 800 so‘m tashkil qiladi). Xulosa: ichimlik va idishlarda qadoqlangan suv, er usti va er osti suv havzalari suv namunalaridagi Giardia spp., Cryptosporidium spp. va gel`mint tuxumlari ko‘rsatkichlarini aniqlashda adsorbsiya usuli qo‘llanilib, 50 ta suv namunasi hisobiga byudjet mablag‘larini 920 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablarg‘larni 331 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
daryo suvidan rekreatsion maqsadlarda foydalanishda III darajali mikrobial va yuqori epidemik xavfi mavjudligini hisobga olgan holda azid saqlovchi va Endo ozuqa muhitlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish natijasida suv havzalarining suv namunalarida Enterococcus spp. aniqlashning soddalashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishlatik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha (06.06.2023 y.; №24) hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishlatik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi bo‘yicha (09.06.2023 y.; №19) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rganilayotgan daryolar suvining mikrobiologik holatini monitoringi samaradoligi oshirgan, rekreatsiya suv havzalarining suv namunalarida Enterococcus spp. ko‘rsatkichini aniqlash sifatini yaxshilagan, laboratoriya xodimlari ishi engillashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan soddalashtirishlagan tekshirish usuli bo‘yicha tahlil qilishda kimyoviy reaktivlar xarajatlarini qisqartirish natijasida 1 ta suv namunasi tahlilining xarajati 4 748 so‘mga kamaytirishga erishilgan (O‘zR Sanepidqo‘mning preyskurantiga ko‘ra 1 ta suv namunasi tahlilining narhi 25 068 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: daryolar va suv havzalari suv namunalarida Enterococcus spp. ko‘rsatkichini aniqlashda soddalashtirishlagan usuli qo‘llanilib, 40 ta suv namunasi hisobiga byudjet mablag‘larini 189 920 so‘mga va byudjetdan tashqari mablarg‘larni 47 480 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
indol sinamasidan foydalanishni istisno qilish natijasida bor kislotali laktoza oziqa muhitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish orqali ananaviy usuldan farqli o‘laroq Sirdaryo va Qashqadaryo daryolarining suv namunalarida E.coli ko‘rsatkichini aniqlashning soddalashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishlatik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha (06.06.2023 y.; №24) hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishlatik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi bo‘yicha (09.06.2023 y.; №19) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: daryolar va suv havzalari suvi namunalarida E.coli ko‘rsatkichini aniqlash sifat yaxshilangan, mikrobiologik laboratoriya xodimlari ishi engillashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: suv namunalarida  E.coli ko‘rsatkichini aniqlashning soddalashtirishlagan usuli bo‘yicha tahlil qilishda kimyoviy reaktivlar xarajatlarini qisqartirish natijasida 1 ta suv namunasi tahlilining xarajati 11 906 so‘mga kamaytirgan (O‘zR Sanepidqo‘mning preyskurantiga ko‘ra 1 ta suv namunasi tahlilining narxi 40 479 so‘m tashkil qiladi). Xulosa: daryolar va suv havzalari suv namunalarida E.coli ko‘rsatkichini aniqlashda soddalashtirishlagan usuli qo‘llanilib, 80 ta suv namunasi hisobiga byudjet mablag‘larini 476 240 so‘mga va byudjetdan tashqari mablarg‘larni 119 060 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. B.O.Sagdullaevaning «Qashqadaryo va Sirdaryo daryolari suvi tarkibining gigienik o‘ziga xosligi, aholi salomatligiga xavfini baholash» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 22 maydagi 216/01-05-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish