Safarov Xurshid Urinqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD.Yu986.
Ilmiy rahbar: Qulmatov Sharof Asadovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor, Abdulxakov Yaxyojon Artikboevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muxofaza qilish Akademiyasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat-prosessual qonunchilikka jinoyatlarni tergov qilishda isbotlash imkoniyatlarini kengaytirish va dalillar maqbulligini ta’minlash maqsadida tekshirilgan va baholangandan keyin tezkor-qidiruv tadbirlari natijalarini dalil turlari qatoriga kiritish zarurati asoslantirilgan;
sud-tergov organlari tomonidan davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlar yuzasidan samarali tergov o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida davlat xaridlarini amalga oshirishda hujjatlarning matnini o‘zgartirish, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklaydigan qonunga xilof talablarni kiritish, narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida ishtirokchilarning oldindan til biriktirishini taqiqlash zarurligi asoslantirilgan;
davlat xaridlari sohasidagi qonun buzilishi holatlarini oldini olish maqsadida davlat xaridlari jarayonida yolg‘on yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida ma’lumotlarni ochib bermagan ishtirokchilarni kelgusida davlat xaridlari jarayonida ishtirok etishini cheklash zarurati asoslantirilgan;
zamon shiddat bilan o‘zgarib va rivojlanib borayotgan, ayniqsa axborot texnologiyalari va raqamlashtirish davrida iqtisodiy sohada ham sodir etiladigan jinoyatlarning turlari va usullari ko‘payib borishini inobatga olgan holda mutaxassislar uchun muntazam maqsadli malaka kurslarini tashkil etib borish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan bo‘lsa, JPK normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirlarida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud bo‘lganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkinligi haqidagi taklif, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda jinoyat-prosessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-sonli Qonuni 2-moddasiga asosan, JPK 81-moddasi uchinchi qismini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiya va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 7 apreldagi 04/2-10/1385-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif tezkor-qidiruv natijalaridan dalil sifatida foydalanishga huquqiy asos yaratgan;
davlat xaridlarini amalga oshirishda hujjatlarning matnini o‘zgartirish, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklaydigan qonunga xilof talablarni kiritish, narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida ishtirokchilarning oldindan til biriktirishini taqiqlash haqidagi taklif 2021 yil 22 apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi 684-sonli Qonunning 46-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2023 yil 30 martdagi 04/1-13-6-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif davlat xaridlarini o‘tkazish jarayonida oldindan til biriktirishni taqiqlashga huquqiy asos yaratgan;
davlat xaridlari jarayonida yolg‘on yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida ma’lumotlarni ochib bermagan ishtirokchilarni kelgusida davlat xaridlari jarayonida ishtirok etishini cheklash haqidagi taklif 2021 yil 22 apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi 684-sonli Qonunning 48-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2023 yil 30 martdagi 04/1-13-6-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif davlat xaridlarini o‘tkazish jarayonida noqonuniy harakatlar sodir etgan shaxslarni davlat xaridlari jarayonidan chetlatishga huquqiy asos yaratgan;
davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlarni har xil malakalanishini oldini olish hamda ushbu sohadagi jinoyatlar uchun alohida jinoiy javobgarlikni belgilash maqsadida berilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi loyihasining yangi tahrirda qabul qilinishida yangi modda sifatida 129-modda ya’ni, “Davlat xaridlarini o‘tkazish tartib-taomilini qasddan buzish” uchun jinoiy javobgarlikni belgilashda va ushbu moddani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 28 dekabrdagi 27/2-367-22-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlarni har xil kvalifikatsiya qilinishini oldini oladi va ushbu sohadagi jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish