Yangiboev Abdimalik Eshmurodovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublikamizda yaratilgan O‘zbekiston -83 navli xashaki lavlagini sigirlar sut mahsuldorligiga ta’siri”, 06.02.03-Xususiy zootexniya: Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx778
Ilmiy rahbar: Kuchchiev Oxunjon Razzoqovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar universitetining Toshkent filiali, PhD.06/09.07.2020.Qx/V.117.01.
Rasmiy opponentlar: Shokirov Qaxramon Jo‘raboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Madraximov Shodlik Nazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xashaki lavlagining “O‘zbekiston-83” navi ildizmevasi bilan oziqlantirish orqali sog‘in sigirlar ratsionlarida kuz-qish davrida kuzatiladigan oqsil-qand nisbatining buzilishini oldini olish va sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish, ularning sut berishida kechadigan moddalar almashinuvi buzilishlarini oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ushbu tadqiqotlarda ilk bor “O‘zbekiston-83” navli lavlagining ildizmevasini golshtinlashtirilgan qora-ola zotli sigirlar oziqasiga bir kunda 12 kg qo‘shib berilganda sut mahsuldorligini 1,4 kg yoki 8,1% ga oshganligi isbotlangan;
“O‘zbekiston-83” navli lavlagining sog‘in sig‘irlar bir kunlik ratsioniga meyor asosida 12 kg qo‘llash texnologiyasi natijasida sog‘in sig‘irlar pushtdorlik faoliyati 5,3 % ga oshganligi aniqlangan;
“O‘zbekiston-83” navli lavlagini 6,7% ozuqa birligini sog‘in sigirlar oziqasiga qo‘shib berish texnologiyasini qo‘llash natijasida sigirlar sutining bazis yog‘liligi 11,5 %, o‘rtacha yog‘ miqdori 10,1%, oqsil 7,3% va qand 41,4%, karotin 121,6%, oqsil 0,4%, kalsiy 6.1 % va qand miqdori 21,9 % ga oshganligi isbotlangan;
I va II guruh tajribadagi sigirlarining sutdorlik koeffitsienti nazorat guruh sigirlardan tegishli ravishda 112,5 kg yoki 15,3% ga va 42,3 kg yoki 5,7% ga yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
I tajriba guruhiga nisbatan II tajriba guruhi har bir bosh sigirlarning laktatsiya mobaynida nazorat guruhidagi bir bosh sigirga nisbatan 201000,00 so‘m xarajat qilingan bo‘lib, iqtisodiy samaradorlik darajasi I guruhda 27,4 % va II tajriba guruhda 21,0% ni , nazorat guruhiga nisbatan 6,8 va 0,4% ga oshganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xashaki lavlagi “O‘zbekiston-83” navi ildizmevasi sigirlar sut mahsuldorligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Golishtinlashtirilgan qora-ola zotli sigirlar podasi Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi “Saman Samo” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 08.06 dagi 02/23-147-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yngilikning natijada, 2 laktatsiyada sigirlarning sut mahsuldorligi 4225,4 kg ga har bir bosh sigirdan 5937300 so‘m sof foyda olingan.
Golishtinlashtirilgan qora-ola zotli sigirlar podasi Yangiyo‘l tumani “Jamol ota chorva nasl” fermer xo‘jaligida ikkinchi laktatsiyadagi sigirlarning sut mahsuldorligi amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 08.06 dagi 02/23-147-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, golishtinlashtirilgan qora-ola zotli har bir sigirdan 5828300 so‘m miqdorida sof foyda olingan.
Golishtinlashtirilgan qora-ola zotli sigirlar podasi Yangiyo‘l tumani “Muxtor ota nabiralari” fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 08.06 dagi 02/23-147-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishda har bir bosh sigirdan 5819400 so‘mgacha sof foyda olingan.